Get Mystery Box with random crypto!

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti

Telegram kanalining logotibi avloniyuz — A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti A
Telegram kanalining logotibi avloniyuz — A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti
Kanal manzili: @avloniyuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 116.49K
Kanalning ta’rifi

Facebook
https://www.facebook.com/avloniy.uz
Website
http://avloniy.uz/
YouTube
https://www.youtube.com/channel/UCf6MGrax28HsY9DCBo3eeTA
Қайта тайёрлов:
https://t.me/avloniy_qayta_tayyorlov
LMS йўриқнома 👉 @lms_video_bot

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2024-04-08 09:21:54
#TALIS_2024

TALIS 2024 xalqaro tadqiqoti davom etmoqda.


Tasdiqlangan rejaga muvofiq, tadqiqotning birinchi kuni 4-aprel sanasida respublikamiz bo‘ylab 36 ta maktablarda faoliyat olib boruvchi direktor va o‘qituvchilar ishtiroki ta'minlandi.

Bugun ham respublikamiz bo‘ylab maktablarda mazkur TALIS 2024 tadqiqoti o‘tkazilmoqda.

Jumladan, Qoraqalpog'iston Respublikasi bo‘yicha ham 16 ta maktab direktorlari va ularda faoliyat yuritayotgan 343 nafar oʻqituvchilar ishtirok etmoqda.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook
YouTube |  Instagram
19.5K views06:21
Ochish/sharhlash
2024-04-05 21:05:55
#TALIS_2024

TALIS 2024 xalqaro tadqiqoti davom etmoqda.

TALIS 2024 xalqaro tadqiqotida Toshkent shahar umumtaʼlim maktablari direktor va o‘qituvchilarining ishtiroki jarayonlari.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook
YouTube |  Instagram
18.1K views18:05
Ochish/sharhlash
2024-04-05 14:31:40
DIQQAT!

ILMIY-NAZARIY VA O‘QUV-USLUBIY JURNALGA MAQOLA YUBORING!


A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti “Xalq ta’limi: muammolar, izlanishlar, yechimlar” Ilmiy-nazariy va o‘quv-uslubiy jurnal jurnalining 2024-yil 1-soniga maqolalar qabul qilishni boshladi!

MAQOLALARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:

BATAFSIL

https://avloniy.uz/uz/press-center/elonlar/45

Maqola chop etish istagidagi talabgorlar 2024-yil 25-aprelga qadar +998998763987 raqamiga telegram orqali yuborishlari so‘raladi.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook
YouTube |  Instagram
20.9K viewsedited  11:31
Ochish/sharhlash
2024-04-04 16:38:34
#Nocomment
#TALIS

Xalqaro TALIS 2024 tadqiqotining asosiy so’rovnoma jarayonlari

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin
19.4K views13:38
Ochish/sharhlash
2024-04-04 11:09:11
#TALIS_2024

O‘zbekiston ilk bor ishtirok etayotgan TALIS 2024 xalqaro tadqiqotiga start berildi.

Bugun 4-aprel sanasidan respublika bo‘ylab saralangan umumtaʼlim maktablarida maktab direktorlari va o‘qituvchilari tadqiqotda ishtirok etmoqda.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook
YouTube |  Instagram
16.7K views08:09
Ochish/sharhlash
2024-04-04 11:02:25
“TALIS 2024” tadqiqotini o'tkazish bo'yicha trening tashkil etildi

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi bilan hamkorlikda “O‘qitish va taʼlim olishni o‘rganish xalqaro TALIS 2024 tadqiqotining asosiy so‘rovnoma jarayonlarini tashkil etish” mavzusida trening o'tkazildi.

Mazkur treningda TALIS 2024 tadqiqotida milliy va xalqaro sifat nazoratchilari hamda maktab koordinatorlarining asosiy vazifalari, tadqiqot talablariga muvofiq so‘rovnoma jarayonlarini tashkil etish masalalari boʻyicha ma’lumorlar berildi hamda amaliy mashg‘ulotlar oʻtkazildi.

Treningda A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti, Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari hamda hududiy pedagogika markazlaridan mas’ul xodimlar hududiy koordinatorlar sifatida maxsus tayyorgarlikdan oʻtdilar.

Endilikda ular o'z hududlarida tadqiqotlarni muvofiqlashtirishda mas'ul xodim sifatida faoliyat yuritadi.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook
YouTube |  Instagram
16.8K viewsedited  08:02
Ochish/sharhlash
2024-04-03 17:14:18
Президент Юнусобод туманидаги 5-мактабда яратилган шароитлар билан танишди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
16.2K views14:14
Ochish/sharhlash
2024-04-03 11:58:26 QAYSI PEDAGOG KADRLAR QAYTA TAYYORLASH KURSLARIDA TAHSIL OLISHLARI MUMKIN?

DIQQAT!

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti informatika fani o‘qituvchisi huquqini berish bo'yicha pedagogik va kasbiy qayta tayyorlash kurslarini e’lon qiladi

Bunda quyidagi oliy ma’lumotli mutaxassislar qayta tayyorlash kurslarida o‘qishlari mumkin:

Boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemalari (5 yillik)
Matematik-injener (5 yillik)
Fizika va elektronika (5 yillik)
Kompyuter texnologiyalari va informatika ta’lim sohasi
Elektronika va mikroelektronika
Telekommunikatsiya
Axborot xavfsizligi
Aloqa boshqarish

Murojaat uchun telefon: (55) 508-06-67(2)

Savol va takliflaringizni telegram orqali https://t.me/avloniyqaytatayyorlovqabul telegram guruhiga yo‘llashingiz mumkin.

Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha navbatdagi postlarimizda.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook
YouTube |  Instagram
23.6K viewsedited  08:58
Ochish/sharhlash
2024-04-02 21:23:39
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash o'z faoliyatini boshladi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining tegishli qaroriga muvofiq, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti huzuridagi PhD.28/30.12.2019.Ped.68.01 raqamli ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash va ilmiy seminar tarkibi sohadagi fan doktorlari va professorlardan iborat holda yangidan shakllantirilib, qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan holda tasdiqlangan edi.

Kuni kecha Ilmiy darajalar beruvchi
mazkur ilmiy kengashning 1-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi hamda ilmiy kengash va ilmiy seminar faoliyatini ochiq, shaffof tashkil etish hamda boshqa dolzarb masalalar ko'rib chiqildi.

OAK rayosati qarori bilan Ilmiy kengashga quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha dissertatsiyalar himoyasiga ruxsat berildi:

13.00.02-Ta‘lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktab ta‘limi yo‘nalishi);

13.00.07-Ta‘limda menejment (maktab ta‘limi yo‘nalishi);

bir martalik ilmiy kengash tuzish asosida 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta‘limotlar tarixi (maktab ta‘limi yo‘nalishi).

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook
YouTube |  Instagram
23.3K views18:23
Ochish/sharhlash
2024-04-02 15:22:14
4-18-aprel kunlari O‘zbekistonda xalqaro TALIS 2024 tadqiqotining asosiy so’rovnoma jarayonlari oʻtkaziladi

Joriy yilda Oʻzbekistonda xalqaro TALIS 2024 (The Teaching and Learning International Survey) tadqiqoti oʻtkaziladi.

Tadqiqotda ishtirok etish uchun mamlakatimizdagi umumtaʼlim maktablari orasidan tasodifiy reprezentativlik tamoyili asosida 210 ta maktab tanlab olingan. Joriy yilning 4-18-aprel kunlari oʻtkazilayotgan tadqiqot jarayonlarida mazkur maktablar direktorlari va ularda faoliyat yuritayotgan 4507 nafar oʻqituvchi ishtirok etadi.

TALIS - Oʻqitish va taʼlim olish muhitini oʻrganish xalqaro tadqiqoti boʻlib, unda maktab direktorlari va oʻqituvchilar soʻrovnoma toʻldirish orqali ishtirok etadi.

Tadqiqotda dunyo boʻylab 52 ta (shundan tayanch oʻrta taʼlim (ISCED level 2) moduli ishtirokchilari 33 ta) mamlakat qatnashmoqda. Oʻzbekiston, Albaniya, Ozarbayjon, Bahrayn, Kosta Rika, Germaniya, Montonegro, Marokash, Shimoliy Makedoniya, Serbiya davlatlari qatorida yangi ishtirokchi sifatida qatnashmoqda.

Maʼlumot uchun: Ertaga “Dolzarb mavzu” loyihasi orqali vazirlik mutaxassislari bilan shu mavzu doirasida muloqot tashkil etiladi. Unda TALIS 2024 tadqiqotining asosiy maqsadi, oʻtkazilish tartibi, soʻrovnoma orqali qanday maʼlumotlar toʻplanishi xususida batafsil maʼlumot beriladi.

Muloqot vazirlikning rasmiy kanallari orqali eʼlon qilinadi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin
20.8K views12:22
Ochish/sharhlash