Get Mystery Box with random crypto!

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti

Telegram kanalining logotibi avloniyuz — A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti A
Telegram kanalining logotibi avloniyuz — A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti
Kanal manzili: @avloniyuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 116.49K
Kanalning ta’rifi

Facebook
https://www.facebook.com/avloniy.uz
Website
http://avloniy.uz/
YouTube
https://www.youtube.com/channel/UCf6MGrax28HsY9DCBo3eeTA
Қайта тайёрлов:
https://t.me/avloniy_qayta_tayyorlov
LMS йўриқнома 👉 @lms_video_bot

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2024-02-10 11:43:57
#Pedagog_maqomi
#Tаълим_ислоҳоти

Ustoz va shogird “Pedagogning maqomi to’g’risida”gi Qonun haqida


Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi.

Ushbu videolavhada mazkur Qonunning mazmun-mohiyati haqida ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin.

Unda Qonun bilan ustozlar uchun kafolatlangan huquqlar haqida so’z boradi.

Yangi O’zbekiston - ta’limda yangi marralar sari!


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
15.7K views08:43
Ochish/sharhlash
2024-02-08 19:57:21
#menejerlik_kurslari

Menejerlik o‘quv kurslarida tinglovchilar qanday bilim, ko‘nikmalarga ega bo'lmoqda?

Kurs jarayonlari va ishtirokchilar fikr-mulohazalarini ulashib boramiz. Yuqoridagi lavhada kuzatishingiz mumkin.

Eslatib o'tamiz, mazkur kurslar davomida nomzodlar ta’lim menejmenti, ta’lim muassasasini rivojlantirish va o‘quv-tarbiya jarayonini boshqarish, o‘zini-o‘zi va o‘qituvchilarni kasbiy rivojlantirish, inson resurslarini boshqarish, ish yuritish va hisobot, jamoatchilik va ota-onalar bilan o‘zaro munosabat/hamkorlik modullari asosida o‘qitiladi.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram
28.4K viewsedited  16:57
Ochish/sharhlash
2024-02-07 11:31:17
Diqqat!

MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA qabul davom etmoqda!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan "Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq mustaqil izlanuvchilikka qabul eʼlon qilinadi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA qabul 2024-yil 15-yanvardan boshlandi.

Milliy-tadqiqot institutida 13.00.02-Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi hamda 13.00.07-Taʼlimda menjement ixtisosliklari bo‘yicha mustaqil izlanuvchilikka suhbatda ishtirok etish uchun hujjatlar https://phd.mininnovation.uz/ elektron manzili orqali taqdim qilinadi.

Qabul joriy yilning 15-fevral sanasiga qadar davom etadi.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram
24.1K viewsedited  08:31
Ochish/sharhlash
2024-02-05 09:29:45 Йиғилишдан

Жорий йилда мактаблар ва мактаб таълимига 46 триллион сўмдан зиёд маблағ ажратиш режалаштирилган.

Лекин, математика, ўқиш ва табиий фанлар бўйича ўтказилган 2022 йилги PISA халқаро дастури натижалари соҳада қилинадиган ишлар ҳали кўплигини аниқ кўрсатди.

Ёки, 500 та мактабда янги баҳолаш тизими жорий қилиниб, ҳақиқий билим қай даражада экани аниқланди.

Ҳозирда 1-11-синфларда хорижий тилга ажратилган 984 соат доирасида ўқувчиларни ярми ҳам “B1” даражага эга бўла олмаяпти.

Шунингдек, айрим ҳудудлардаги малака ошириш марказларининг фаолияти кўринмаяпти.
24.2K viewsedited  06:29
Ochish/sharhlash
2024-02-05 07:49:37
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида 2024 йилда таълим, соғлиқни сақлаш, рақамлаштириш, маданият ва спорт соҳаларида амалга оширилиши лозим бўлган устувор вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.
25.4K viewsedited  04:49
Ochish/sharhlash
2024-02-04 09:46:16 #OAVda_biz

"Menejerlik o‘quv kurslari"ning dastlabki mashg'ulotlariga START berildi.

O‘zbekiston 24| Axborot 24

Madaniyat va ma'rifat

Ma'rifat tahririyat


Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram
29.3K viewsedited  06:46
Ochish/sharhlash
2024-02-01 19:10:41
“Menejerlik o‘quv kurslari” o‘quv jarayonini boshlashga bag‘ishlangan ochilish tadbiridan fotolavhalar.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram
26.0K views16:10
Ochish/sharhlash
2024-02-01 18:25:19
MENEJERLIK O‘QUV KURSLARIGA START BERILDI

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan Toshkent xalqaro Universitetida "Menejerlik o‘quv kurslari"ning boshlanishi doirasida ochilish tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri Hilola Umarova, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori Abduvali Ismailov, vazirlik mutasaddilari, o‘quv jarayonlariga jalb etilgan nomzodlar va trenerlar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida so‘zga chiqqan vazir Hilola Umarova ushbu o‘quv dasturlarining ahamiyati, uning soha rivoji hamda maktablar faoliyatini yana-da rivojlantirish borasidagi ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori A.Ismailov ushbu kursning maqsadi va mazmuniga to‘xtalib, zamonaviy rahbarlarning nafaqat bilim darajasi, ularning jamoatchilik, mahalla va ota-onalar bilan ishlash ko‘nikmasi yuqori bo‘lishi lozimligini taʼkidladi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur o‘quv kurslarining dastlabki bosqichi tajriba-sinov tariqasida 2023-yilning 5-27-iyun kunlari A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida o‘tkazildi hamda belgilangan o‘quv dasturlarini muvaffaqiyatli tugatgan 50 nafar bitiruvchilarga menejerlik sertifikati berildi.

Joriy yilning 17-19-yanvar kunlari menejerlik o‘quv kurslarida dars mashg‘ulotlarini olib boradigan trenerlar uchun seminar treninglar ham tashkil etildi.

Bugun, 1-fevraldan poytaxtimizda joylashgan Toshkent xalqaro universiteti o‘quv binosida umumta‘lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni tayyorlaydigan menejerlik o‘quv kurslariga start berildi.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram
24.6K views15:25
Ochish/sharhlash
2024-02-01 18:06:06 #qonunchilikda_yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bugun, 1-fevral kuni «Pedagogning maqomi toʻgʻrisida»gi Qonunni imzoladi.

Qonun bilan pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari, faoliyatining asosiy kafolatlari, mehnatiga yarasha haq toʻlash, ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish tamoyillari belgilandi.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram
17.0K views15:06
Ochish/sharhlash
2024-02-01 18:00:26
PREZIDENTNING NODAVLAT UMUMIY O‘RTA TA’LIM TASHKILOTLARI TARMOG‘INI KENGAYTIRISHGA DOIR QARORI E’LON QILINDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish va ushbu jarayonga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish imkoniyatlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-son qarori e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab:

Nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun tijorat banklarining o‘z mablag‘lari hisobidan bozor foiz stavkalarida milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 20 milliard so‘mgacha bo‘lgan kreditlar bo‘yicha, foiz stavkasining Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan, lekin uning 1,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun Davlat budjeti hisobidan kompensatsiya taqdim etiladi;

nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari uchun binolarni yangidan qurgan yoki o‘zining bino va inshootlarida umumiy o‘rta ta’lim faoliyatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlik subyektlariga 5 yil muddatga ushbu ta’lim tashkilotlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan kommunal xarajatlarining 50 foizi Davlat budjetidan qoplab beriladi.

2030-yil 1-yanvarga qadar yuridik shaxslarga o‘z mablag‘lari hisobidan nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari binolarini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning foyda solig‘ini hisoblashda ikki yil davomida teng ulushlarda chegirib tashlash huquqi beriladi.

Bunda, nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlarini bepul o‘qishga qabul qilish bo‘yicha litsenziya talablari bajarilmagan taqdirda, mazkur bandda nazarda tutilgan imtiyoz va kompensatsiyalar summasi ushbu tashkilot tomonidan Davlat budjetiga qaytariladi.
21.1K views15:00
Ochish/sharhlash