Get Mystery Box with random crypto!

Hashar - xalqimizning bebaho qadriyatlaridan O‘lkamizga baho | A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti

Hashar - xalqimizning bebaho qadriyatlaridan

O‘lkamizga bahor fasli kirib kelishi xalqimizning urf-odatlari, qadriyatlarida namoyon bo‘ladi.

Umumxalq hasharlarining o‘tkazilishi xalqimiz orasida hamjihatlik, o‘zgalarga ko‘mak qo‘lini uzatish, ahillik kabi fazilatlarning yana-da kuchayishiga, mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Bu yilgi umumxalq hashari ham 16-18 mart kunlari Navro‘z bayrami arafasida hamda ozodalik va poklik oyi bo‘lgan muborak Ramazon oyida ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda.

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida ham "Navro‘z" umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish, binolar, ko‘chalar va hududdagi bog‘larni obodonlashtirish maqsadida “Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Institut hududidagi yerlar yumshatilib, daraxtlarga shakl berilmoqda. Ariqlar, tomorqa va yo‘laklar tozalanib, tartibga keltirilmoqda.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram