Get Mystery Box with random crypto!

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti

Telegram kanalining logotibi avloniyuz — A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti A
Telegram kanalining logotibi avloniyuz — A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti
Kanal manzili: @avloniyuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 116.49K
Kanalning ta’rifi

Facebook
https://www.facebook.com/avloniy.uz
Website
http://avloniy.uz/
YouTube
https://www.youtube.com/channel/UCf6MGrax28HsY9DCBo3eeTA
Қайта тайёрлов:
https://t.me/avloniy_qayta_tayyorlov
LMS йўриқнома 👉 @lms_video_bot

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2024-03-14 08:19:47
#yangiliklar

Diqqat!

XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA!

SIRDARYO VILOYATI PEDAGOGLARNI YANGI METODIKALARGA O‘RGATISH MILLIY MARKAZIDA XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA o‘tkaziladi.

MAVZU: “RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA FANLARARO INTEGRATSIYANI QOʻLLASHNING TA’LIM SAMARADORLIGIGA TA’SIRI: XALQARO TAJRIBALAR VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI ”

Sizni mazkur konferensiyada ishtirok etishga taklif etamiz!

O‘tkazish sanasi: 2024-yil 15-16-mart

Boshlanish vaqti: soat 10:00

Konferensiya havolasi:
https://us06web.zoom.us/j/87953376629?pwd=L0VUd2tLYXFZR0QrejIyZEJZY3JGdz09

Konferensiya identifikatori
879 5337 6629

Kodi:2024

Konferensiya o‘zbek va rus tillarida olib boriladi.

Dastur batafsil Sirdaryomoi.uz

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram
26.4K views05:19
Ochish/sharhlash
2024-03-13 14:40:54 Qanday qilib konfliktli o‘quvchilarni bir-biriga do‘st qilish mumkin?

O‘quvchilarning jamoaviy ishlashlari muhimdir. Guruhlarga bo‘lib o‘qitishning maqsadi ham kelajakda turli mehnat jamoalarida birgalikda ishlash uchun ko‘nikma hosil qilishga xizmat qiladi.

Ba’zan, turlicha temperamentli bolalar bir-birlari bilan tortishib, sinfda ziddiyatli vaziyatlar vujudga kelishi mumkin.

Bunday holatda pedagog o‘quvchilarni tezda yarashtirish choralarini ko‘rishi maqsadga muvofiqdir.

Ularni muzokaraga chaqirish befoyda, to‘g’ridan-to‘g’ri yarashtiruv taklifi esa miyyadagi hushyorlikni kuchaytirib, tajovuzni qayta keltirib chiqarishi mumkin.

Shuning uchun vaziyatdagi eng neytral pozitsiyadagi inson sifatida foydali bo‘lgan, bajarish juda oddiy bo‘lgan amaliyotni qo‘llash samaraliroqdir.

Ya’ni, ta’sir klassikasi. Bu iltimoslar yordamida dushmanlarni do‘st qilish qobiliyatidir.

Masalan, konfliktli bir tomondan ikkinchi tomonning kitobini olib kelib berishini so‘rang, manzilini so‘rang, qutini xonaga olib borishda ikkala tomondan teng yordam so‘rang.

Bunday kichik usullar raqobat yoki yoqtirmaslik dasturini yo‘q qilishga yordam berar ekan.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram
19.9K views11:40
Ochish/sharhlash
2024-03-13 10:59:55
#OAVda_biz

Maktab ta`limida axborot texnologiyalardan keng foydalanish


Pedagoglarning Axborot-kommunikatsion texnologiyalari (AKT) savodxonligi bo‘yicha malakasini oshirish tartibi qanday amalga oshirilmoqda?

Bu haqidagi axborotlar bilan O‘zbekiston 24 telekanalida A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi G‘olibjon Otamurodov.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram
21.4K views07:59
Ochish/sharhlash
2024-03-12 19:00:36
Ochkolar

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda PISA 2022 tadqiqotida foydalanilgan va ochiq eʼlon qilingan navbatdagi "Ochkolar" nomli topshiriqning bajarilishi bo‘yicha tayyorlangan videodars.

Videodarslar (1, 2, 3) orqali oʻquvchilar, o‘qituvchilar va ota-onalarning tasavvurlarini boyitish, ularning xabardorligini oshirish, yoshlarda hayot bilan bogʻlangan masalalarni yechish koʻnikmalarini shakllantirish maqsad qilingan.

Topshiriqni bajarib koʻring
: https://bit.ly/3TyLEZF

Soʻng videodarsni koʻrib uni qay darajada toʻgʻri bajarganingizni tekshirib koʻrishingiz mumkin bo‘ladi.


Youtube (HD)da ko'rish:



Kanalga ulanish:
https://t.me/trm_metodika
22.6K views16:00
Ochish/sharhlash
2024-03-12 11:44:42
Menejerlik o‘quv kurs tinglovchilarining yakuniy sinovlari o‘tkazildi

Umumiy o‘rta taʼlim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni tayyorlash maqsadida tashkil etilgan mazkur kurs tinglovchilari maktabda o‘quv-tarbiya jarayonini boshqarish, taʼlim menejmenti, o‘zini va o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirish, inson resurslarini boshqarish, ish yuritish va hisobot, jamoatchilik va ota-onalar bilan ishlash modullari bo‘yicha yakuniy sinovlari (test, keys hamda amaliy topshiriqlar)ni topshirdilar.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram
38.8K views08:44
Ochish/sharhlash
2024-03-08 13:58:00
A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti jamoasi yigitlarining 8-mart xalqaro xotin qizlar kuniga bayram tabrigi.
17.2K viewsedited  10:58
Ochish/sharhlash
2024-03-07 21:36:57
Bugun 8-mart — “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami arafasida Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 3-darajali “Namunali xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Vazirimiz Hilola O‘ktamovnani sharafli ko‘krak nishoni va kirib kelayotgan 8-mart xalqaro xotin qizlar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!

Mamlakat taʼlimi taraqqiyoti yo‘lida olib borayotgan masʼuliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilab qolamiz!

Hurmat bilan,
A.Avloniy nomidagi
milliy-tadqiqot instituti jamoasi
23.8K views18:36
Ochish/sharhlash
2024-03-07 18:52:14
Bugun 8-mart — “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami arafasida O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 3-darajali “Namunali xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandim.

O‘zim harbiy oilada tug‘ilganman. Bu sohaning naqadar mashaqqatli ekanini, Vatan uchun jonini tikib yashash nimaligini juda yaxshi bilaman.

Men dadam bilan, uning sharafli kasbi bilan hamisha faxrlanganman. Bolaligimdan dadam kabi Vatanimga sadoqat bilan xizmat qilishni orzu qilganman.

Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda maktablarimizda ko‘plab loyihalarni amalga oshiryapmiz. Kelgusida ham rejalarimiz aniq.

Yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda amaliy ko‘mak berib kelayotgan Mudofaa vazirligi rahbariyatiga bugungi e’tirof uchun samimiy minnatdorlik bildiraman.
19.6K views15:52
Ochish/sharhlash
2024-03-07 16:24:53
A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbiri jamoaning ayol-qizlariga ko'tarinki ruh baxsh etdi!

Mo'tabar onaxonlar, aziz opa-singillar!
Barchangizga 8-mart xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo‘lsin!
21.6K views13:24
Ochish/sharhlash
2024-03-07 15:53:12
#bayram

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi


Bugun A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida jamoa ayol-qizlari uchun 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirni institut rektori A.Ismailov tabrik soʻzi bilan ochib berdi. Institut rektorining xorijiy maslahatchisi Islam Elhadary ham ayol-qizlarni bayram bilan qutladi.

Bayram tadbirida ayollar uchun tayyorlangan tabrik videoroligi namoyish etildi.

Jamoaning faol ayol-qizlari tashakkurnoma bilan taqdirlanib, barcha xotin-qizlar uchun bayram sovg‘alari ulashildi hamda ajoyib kuy-taronalar yangradi.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram
23.3K views12:53
Ochish/sharhlash