Get Mystery Box with random crypto!

Menejerlik o‘quv kursi bitiruvchilariga sertifikatlar topshiri | A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti

Menejerlik o‘quv kursi bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi

Maktab direktorligiga nomzodlar uchun tashkil etilgan "Menejerlik o'quv kursi" ning ilk 64 nafar bitiruvchilariga "Menejerlik sertifikatlari" topshirildi.

Eslatib o'tish joizki, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida joriy yil fevral oyidan boshlab menejerlik o'quv kurslari tashkil etilgan edi.

Unda zamonaviy rahbarlar uchun faoliyati davomida zarur bo'ladigan ko'nikmalar nazariy va amaliy jihatdan uyg'unlashgan holda o'qitildi.

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri H.Umarova boshchiligida Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabida tashkil etilgan taqdqirlash marosimida bitiruvchilarga sertifikatlar topshirildi.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram