Get Mystery Box with random crypto!

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti

Telegram kanalining logotibi avloniyuz — A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti A
Telegram kanalining logotibi avloniyuz — A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti
Kanal manzili: @avloniyuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 116.49K
Kanalning ta’rifi

Facebook
https://www.facebook.com/avloniy.uz
Website
http://avloniy.uz/
YouTube
https://www.youtube.com/channel/UCf6MGrax28HsY9DCBo3eeTA
Қайта тайёрлов:
https://t.me/avloniy_qayta_tayyorlov
LMS йўриқнома 👉 @lms_video_bot

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2024-02-23 17:30:10
Kuni kecha A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori A.Ismailov qayta tayyorlash kursi tinglovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan yig‘ilishda institut masʼullari, professor-o‘qituvchilar hamda guruhlarning 71 nafar tinglovchilari ishtirok etdi.

Uchrashuvda institut rektori malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimiga qo‘yilayotgan talablar, tinglovchilar va professor-o‘qituvchilardan kutilayotgan natijalar, tinglovchilarning o‘quv mashg‘ulotlaridagi ishtiroki, oraliq nazoratlarini o‘z vaqtida, belgilangan talablar asosida topshirishlari hamda bitiruv ishlarini nizom talablari asosida tayyorlanmayotganligi kabi holatlar yuzasidan tanqidiy fikr bildirdi.

Qayta tayyorlash o‘quv kurslari bitiruvchilarining kelgusidagi faoliyati davomida maktablarda kelajak avlodning munosib taʼlim olishidagi masʼuliyati haqida eslatib o‘tildi.

Shaffoflikni taʼminlash bo‘yicha qatʼiy nazorat va talablar o‘rnatilganligi, endilikda tinglovchilar soniga emas balki, taʼlim sifatiga eʼtibor qaratilishi haqida axborot berildi.

Shuningdek, institutning masʼullari tomonidan bitiruv ishni bajarishga qo‘yilgan talablarni tushuntirish bo‘yicha taqdimot qilindi.

Uchrashuv so‘ngida tinglovchilarning savollariga masʼullar tomonidan javob berildi.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram
39.4K views14:30
Ochish/sharhlash
2024-02-23 16:38:27
A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori A.Ismailov rahbarligida "Rektor soati" yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda institut rektori A.Ismailov Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri H.Umarova boshchiligida o‘tkazilgan "Vazir soati" yig‘ilishidagi berilgan vazifalarni xodimlar e'tiboriga yetkazdi.

Xususan, «edo.ijro.uz» tizimidagi topshiriqlarning o'z vaqtida va sifatli taʼminlanish holati tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Menejerlik o‘quv kurslarining tashkil etilishi, kurs tinglovchilarining davomati, amaliyotning olib borilish holati, shuningdek, institutdagi va hududlardagi malaka oshirish, qayta tayyorlash, magistratura va doktorantura o‘quv mashg‘ulotlarining olib borilishi bo‘yicha masʼullarning axboroti eshitilib, muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro PISA tadqiqotining natijalarini tahlil qilish, undan malaka oshirishdagi ta'lim sifatini yaxshilashda foydalanish, tajriba-sinovini o'tkazish va kelgusidagi davriylikka tayyorgarlik ko'rish bo'yicha vazifalar belgilandi.

Institutdagi asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy zaxiralarni va Axborot-resurs markazidagi barcha asosiy vositalarni inventarizatsiyadan o‘tkazish holati tanqidiy ko‘rib chiqilib, amalga oshirilishi bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Institutning 2024-yilga mo‘ljallangan ish rejasini qayta ko‘rib chiqish, innovatsiyalarni kiritish, xorijiy ilg'or tajribalar asosida takomillashtirish va malaka oshirish tizimini transformatsiya qilishga doir takliflar kiritish bo‘yicha bo‘lim rahbarlariga vazifalar berildi.

Bundan tashqari, xodimlarning faoliyati samaradorligini oshirish hamda natijalarini baholash bo‘yicha ishchi guruh tarkibi shakllantirildi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan axborotlar tinglanib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram
29.3K views13:38
Ochish/sharhlash
2024-02-23 12:51:00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” Farmoni qabul qilindi.

Davlat dasturiga ko‘ra, 2024-yilda:

7,5 ming nafar yoshlar zamonaviy kasblarga o‘qitiladi, xalqaro imtihon tizimlarida chet tillari bo‘yicha yuqori ball olgan 6 ming nafar yoshlarning imtihon xarajatlari qoplab beriladi.

2024-2025-o‘quv yilidan boshlab:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 1 tadan tumanida (shahrida) sinov tariqasida “Mening maktabim” loyihasi amalga oshiriladi.

Bunda, Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan maktablarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobarida mablag‘ ajratilib, ushbu mablag‘ 5–11-sinf o‘quvchilari tanloviga ko‘ra, elektron doska, kompyuter, sport jihozlari, kitoblar kabi maktablar uchun zarur tovarlarga sarflanadi;

umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlarini menejerlik bo‘yicha sertifikatsiyalash tizimi joriy etiladi. Bunda, direktorlarga malakaviy talablar aniq belgilanib, ular har besh yilda bir marotaba attestatsiyadan o‘tkaziladi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan va ushbu fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanishi belgilanadi;

2024-yil 1-sentabrdan boshlab:

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida umumiy o‘rta ta’lim maktablariga olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun autsorsing asosida bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek:

2024-yil 1-martdan boshlab:

Mahalla, ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar tizimida mukofot jamg‘armasi 600 million so‘m miqdorida xorijiy tillar (“Ibrat farzandlari”) bo‘yicha tanlovlar, kibersport musobaqalari va “Zakovat” intellektual o‘yinlari yuqori saviyada tashkil etiladi;

“Har bir mahalladan ikki nafar dasturchi” dasturi joriy etiladi.
34.9K views09:51
Ochish/sharhlash
2024-02-22 18:59:04
O'rmon hududi

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda PISA 2022 tadqiqotida foydalanilgan va ochiq eʼlon qilingan "O'rmon hududi" topshirig‘ining bajarilishi bo‘yicha tayyorlangan videodars.

Videodarslar orqali oʻquvchilar va ota-onalarning xabardorligini oshirish, o‘quvchilarning tasavvurini boyitish, yoshlarda hayot bilan bogʻlangan masalalar yechish koʻnikmasini shakllantirish maqsad qilingan.

Topshiriqda qiyinligi boʻyicha 1- va 2-savollar 5-darajali, 3- va 4-savollar 6-darajali hisoblanib, PISA 2022da eng yuqori natija qayd etgan mamlakatning 35% oʻquvchilargina 6-darajali 4-savolni toʻgʻri bajara olgan.

Ushbu
havola orqali topshiriqni bajarib koʻring: https://bit.ly/42MbXyg

Shundan soʻng videodarsni koʻrib uni qay darajada toʻgʻri bajarganingizni tekshirib koʻrishingiz tavsiya etiladi.


Youtube (HD)da ko'rish:



Kanalga ulanish:
https://t.me/trm_metodika
30.7K views15:59
Ochish/sharhlash
2024-02-22 11:00:46
Menejerlik o‘quv kurs tinglovchilari tajriba o‘rganish va kasbiy mahoratlarini oshirish maqsadida “Yangi O‘zbekiston” universitetida bo‘ldi.

Universitetda A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektorining xorijiy maslahatchisi Islam Elhadary "Maktab rahbarida zamonaviy lider xususiyatlari" mavzusida seminar olib bordi.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram
33.2K views08:00
Ochish/sharhlash
2024-02-22 09:43:36
#Mehnat_faxriysi

Kuni kecha Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligida sohada uzoq yillar davomida mehnat qilib kelgan pedagoglar "Mehnat faxriysi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutidan ham ko‘p yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan, o‘zining boy hayotiy mehnat tajribasi bilan mamlakatimizning taʼlim sohasidagi islohotlariga munosib hissa qo‘shib kelayotgan institutning quyidagi:

"Aniq va amaliy fanlarni o‘qitish  metodikalarini takomillashtirish" ilmiy-tadqiqot bo‘limi mudiri Baxramov Anvar Axrarovich O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Vasiylik kengashining 2023-yil 27-maydagi 23-sonli qaroriga asosan II darajali “Mehnat faxriysi”;

Uzluksiz kasbiy taʼlim kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi Abdullayeva Maxprat Nurmatovna I darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Ustozlarimizni faxriy ko‘krak nishonlari bilan samimiy qutlab, kelgusidagi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram
37.1K views06:43
Ochish/sharhlash
2024-02-20 11:59:02
#Ustoz_shogird

Ustoz va shogird maktablarda Milliy gvardiya bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar haqida.

Ta’limga barchamiz birdek mas’ulmiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
40.5K views08:59
Ochish/sharhlash
2024-02-18 13:42:12
#InstaLoyiha
#Maktab

Biz hammamiz har xilmiz, lekin bizni bir narsa birlashtiradi.
Bu - odamiylik!

Telegram
50.3K views10:42
Ochish/sharhlash
2024-02-17 11:44:55
A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining xorijiy maslahatchisi Islam Elhadary tomonidan professor-oʻqituvchilar uchun o'quv kurslarini samarali tashkil etish boʻyicha seminar tashkil etildi.

Seminarda: Video - Virtual Fon; Breakout xonalarini yaratish kabi mavzularga oid ma'lumotlar berib o‘tildi.

Seminar yakunida ishtirokchilar onlayn shaklda tashkil etiladigan malaka oshirish kurslarida sifat va samaradorlikni ta’minlash boʻyicha savol-javoblar boʻlib oʻtdi.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram
56.6K views08:44
Ochish/sharhlash
2024-02-16 18:19:47
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan atoqli shoir va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligiga bag‘ishlangan “Ajdodlarga munosib voris bo‘laylik” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

Adiblar xiyobonidagi shoir haykali poyida o‘tkazilgan tadbirda ulug‘ bobokalonimizning mashaqqatli hayot yo‘li, ijodi xotirlandi. 

Institut masʼullari, doktorantlari, magistrlari va jamoatchilik ishtirokida Zahiriddin Muhammad Bobur haykali poyiga gulchambar qo‘yildi.  

Shuningdek, doktorantlar, magistrantlar hamda Respublika sanʼat va musiqa  kolleji talabalari hamda Toshkent tumani 30-son umumtaʼlim maktab o‘quvchilari tomonidan adibning boy adabiy merosi, ruboiylari yod etildi.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram
49.6K views15:19
Ochish/sharhlash