Get Mystery Box with random crypto!

Maktab bitiruvchilarining oliy taʼlimga kirishi bo‘yicha Finly | A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti

Maktab bitiruvchilarining oliy taʼlimga kirishi bo‘yicha Finlyandiya 1-o‘rinda turadi

Finlyandiya taʼlim tizimi, taʼlim reytingi, baholash tartibi, taʼlim o‘quv dasturi, shuningdek, Finlyandiya taʼlim statistikasiga eʼtibor qaratadigan bo‘lsak, o‘quvchilarning 100 foizi davlat maktablariga boradi.

Finlyandiyada xususiy maktab tizimi yo‘q. Mamlakat aholisining 90 foizi maktab taʼlimi darajasiga ijobiy munosabatdadir.

Finlar yalpi ichki mahsulotning 6,84 foizini taʼlimga (dunyoda 17-o‘rin) sarflaydi.

Boshlang‘ich maktabda fin o‘qituvchisiga – 13,7 o‘quvchi, kattalarda esa – 9,5 o‘quvchi to‘g‘ri keladi.

Finlyandiya maktablari bitiruvchilarining 70,4 foizi (dunyoda 1-o‘rin) oliy o‘quv yurtlariga kirishadi.

10 yoshli fin maktab o‘quvchilari yiliga o‘rtacha 684 soat o‘qiydilar. Barcha bolalar teng huquqlidir. Maktabda tijorat bilan shug‘ullanish taʼqiqlangan.

Maktab kitoblari, jihozlari bepul va maktab tushliklari bepul.

O‘quv yili 190 ish kunidan iborat. Maktab taʼlimi faqat kunduzi, yaʼni, 1 smenada olib boriladi, shanba va yakshanba kunlari maktablar ishlamaydi.

O‘qituvchining ish kuni soat 8-00 dan 15-00 gacha davom etadi. Maktabni tugatish imtihonlari ixtiyoriydir. Nazorat va oraliq imtihonlari o‘qituvchining ixtiyorida hisoblanadi.

Finlyandiyada maktab o‘qituvchisining o‘rtacha ish haqi miqdori oyiga 2500 yevrodir (to‘liq kunlik o‘qituvchi). Mobil o‘qituvchilarniki esa taxminan 2 barobar kamroq.

Finlyandiyadadagi 120 ming maktab o‘qituvchilari orasida fan magistri yoki o‘z fanidan professor ilmiy unvoniga ega bo‘lmagan birorta ham pedagog yo‘q.

Finlyandiya o‘quvchilari ko‘proq tillarni o‘rganishadi. Fin tilini maktabdagi birinchi kunidanoq o‘rganadilar. 9 yoshida ular Finlyandiyaning ikkinchi tili bo‘lgan shved tilini, 11 yoshida ular uchinchi tillarini ingliz tilini, ko‘p o‘quvchilar hatto 13 yoshida to‘rtinchi tilni o‘rganishni boshlaydilar. Ular faqat o‘rta maktab oxirida yakuniy imtihonda dastlabki ikki til bo‘yicha sinovdan o‘tadilar.

Maqsadingizga eltuvchi kanal albatta obuna bo‘ling!