Get Mystery Box with random crypto!

Davlat Test Markazi

Telegram kanalining logotibi abituriyent_uz_dtmuzb — Davlat Test Markazi D
Telegram kanalining logotibi abituriyent_uz_dtmuzb — Davlat Test Markazi
Kanal manzili: @abituriyent_uz_dtmuzb
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 54.38K
Kanalning ta’rifi

Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!
Yangiliklarni norasmiy sahifamizda sodda hamda barcha tushunadigan tilda o‘qib borishingiz mumkin.
Reklama uchun: @Dtmuzadmin

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 11

2022-04-30 10:48:28
Akademik litseylar bitiruvchilari uchun chet tili imtihonlari

28-29-aprel kunlari akademik litseylar bitiruvchi bosqich o‘quvchilarining chet tilini bilish darajasini aniqlash uchun malaka imtihoni bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910 qaroriga asosan bepul tarzda tashkil etilgan malaka imtihonining tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish qismi yakunlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan test sinovida jami 4 604 nafar talabgordan 4 049 nafari (87,9%) ishtirok etdi, 555 nafari (12,1%) test sinovlarida qatnashmadi. Shuningdek, amaldagi tartibni buzganligi uchun 9 nafar test topshiruvchi jarayondan chetlashtirildi.

Mazkur jarayonning gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 17-20- va 23-25-may kunlari o‘tkazilishi belgilangan.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/cj5U_u0G8FJkOGFi
2.6K views07:48
Ochish/sharhlash
2022-04-28 09:13:27 DIQQAT! MUHIM

Texnikum bitiruvchilari oliy taʼlim muassasalarining 2-bosqichidan oʻqishni davom ettirishi mumkin boʻlgan oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati tasdiqlandi.

Ushbu roʻyxat orqali texnikum bitiruvchilari oliy taʼlim muassasalarining qaysi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida oʻqishni davom ettirishlari mumkinligini bilish mumkin.

Maʼlumot uchun, 2022/2023 oʻquv yili qabulidan boshlab texnikumlarda oʻrta maxsus professional taʼlim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy taʼlim muassasalarida 2-bosqichdan oʻqishini davom ettirish huquqiga ega.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/cj5U_u0G8FJkOGFi
3.3K views06:13
Ochish/sharhlash
2022-04-23 12:01:58 Test sinovi uchun to‘lov undirilmaydigan abituriyentlar toifasi kengaydi

Ma’lumki, Prezidentning 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son qaroriga muvofiq test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

Bunda quyidagi toifadagi abituriyentlardan to‘lov undirilmaydi:

test sinovlari tashkil etilayotgan yilda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar;
nogironligi bo‘lgan shaxslar;
to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar (“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari).

Prezidentning 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmoni bilan quyidagi 2 toifadagi abituriyentlar ham test sinovi uchun to‘lovdan ozod etildi:

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.

Demak 2022-yil 1-iyundan boshlab mazkur 2 toifadagi abituriyentlardan ham test sinovi uchun to‘lov undirilmaydi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/cj5U_u0G8FJkOGFi
4.2K views09:01
Ochish/sharhlash
2022-04-23 11:01:34
Orzularingiz ro'yobi uchun eshiklar ochildi.

Shoshiling! Uzbekistanda o'qing

Profi university in Tashkent

Al Buxoriy instituti

Toshkent amaliy fanlar unversiteti

Stars unversiteti

Yoʻnalishlar:
- Iqtisod va Moliya
- Ingliz tili va Rus tili
- Pedagogika va Psixalogiya
- Boshlang'ich ta'lim va maktabgacha ta'lim yoʻnalishi boʻyicha va boshqa yoʻnalishlarga qabul davom etmoqda.

Bunday imkoniyatni faqat biz sizga taklif qilamiz. Joylar soni esa chegaralangan

Grand Study Consultinga murojaat qiling va Uzbekistan unversitetlari uchun joy band qilining.

Oliygohlariga kirish uchun imtihonsiz kirishni taklif qiladi

Ro'yhatdan o'tish
+998971901200 | @GrandStudy1
+998971901300 | @Grandstudy2
+998950941500 | @Operator_Grand
Manzil: Toshkent sh, Chilonzor 16-kvartal, 24-uy

Telegram | Instagram
3.2K views08:01
Ochish/sharhlash
2022-04-21 16:52:17
#Xalqaro_hamkorlik
Sankt-Peterburg davlat universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

2021-yil 21-aprel kuni Davlat test markazida Sankt-Peterburg davlat universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda baholash sohasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, ushbu sohada o‘zaro tajriba almashish kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, “Rus tili chet tili sifatida” (TRKI) testlarini Davlat test markazida joriy etish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Uchrashuvda Davlat test markazidan direktor o‘rinbosari Sardor Radjabov va soha mutaxassislari hamda Sankt Peterburg davlat universitetining yoshlar siyosati va qabul bo‘yicha birinchi prorektori Aleksandr Vyacheslavovich Babich, Tillarni baholash markazi direktori Dmitriy Viktorovich Ptyushkin ishtirok etdilar.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/cj5U_u0G8FJkOGFi
3.2K views13:52
Ochish/sharhlash
2022-04-21 16:52:16
#Sayyor_qabul
Sayyor qabullar davom etmoqda

2022-yil 21-aprel kuni Toshkent viloyatida Davlat test markazi direktori Karimov Madjit Malikovich tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Batafsil: https://dtm.uz/post/view/sayyor-qabul-davom-etmoqda

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/cj5U_u0G8FJkOGFi
2.4K views13:52
Ochish/sharhlash