Get Mystery Box with random crypto!

Davlat Test Markazi

Telegram kanalining logotibi abituriyent_uz_dtmuzb — Davlat Test Markazi D
Telegram kanalining logotibi abituriyent_uz_dtmuzb — Davlat Test Markazi
Kanal manzili: @abituriyent_uz_dtmuzb
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 54.38K
Kanalning ta’rifi

Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!
Yangiliklarni norasmiy sahifamizda sodda hamda barcha tushunadigan tilda o‘qib borishingiz mumkin.
Reklama uchun: @Dtmuzadmin

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-06-18 19:57:22 #Qabul2022 #Kvota2022

KUNDUZGI ta’lim shakli uchun qabul parametrlari

2022-2023-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlari tasdiqlandi.

Qabul parametrlarining ta’lim tillari bo‘yicha taqsimoti yaqin kunlarda Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Qabul parametrlarining ta’lim tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlanganidan so‘ng qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
883 views16:57
Ochish/sharhlash
2022-06-18 15:54:07
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2022-yil 16-17-18-iyun kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari ingliz tilidan yangi format asosida ko‘p darajali tizimda, boshqa tillardan esa B1, B2 va C1 tilni bilish darajalari bo‘yicha o‘tkazildi.

Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda jami 10 799 nafar talabgordan 10 521 nafari ishtirok etdi. 34 nafar talabgor esa tartib-qoidani buzgani sababli test sinovidan chetlatildi.

Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 20-28-iyun (26-iyundan tashqari) kunlari bo‘lib o‘tadi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
1.2K views12:54
Ochish/sharhlash
2022-06-17 08:49:51 ​​#Bilasizmi #Qabul2022

Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarga oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda qanday imtiyoz berilishini bilasizmi?!

“Mehribonlik” uyi
va Bolalar shaharchalarining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar, SOS – bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, yigirma besh yoshgacha bo‘lgan vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalarga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun qo‘shimcha ravishda bir foizgacha davlat granti asosida qabul kvotalari ajratiladi.

Qo‘shimcha kvotalar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimida taqsimlanadi va abituriyent o‘zi tanlagan barcha oliy ta’lim muassasalarida (abituriyent tanlagan ta’lim shakli doirasida OTMga mazkur imtiyoz uchun qo‘shimcha kvota ajratilgan bo‘lsa) imtiyoz doirasida tanlovda ishtirok etadi.

Alohida ajratilgan kvotalar doirasida tanlovda qatnashib, talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar to‘plagan ballari bilan o‘zlari tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida umumiy tartibda ham tanlovda ishtirok etadilar.

Shuningdek, to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar test sinovlarida ishtirok etish uchun undiriladigan to‘lovdan ozod etiladi.

Huquqiy asoslar:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-apreldagi PQ-4296-son qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi PQ-5216-son qarori.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
1.1K views05:49
Ochish/sharhlash
2022-06-17 08:00:15
Hurmatli abituriyentlar!
Farg'ona shahridagi O'zbekiston-Koreya Xalqaro Universiteti 2022/2023-o'quv yili uchun qabul boshlanganligini ma'lum qiladi hamda barcha yo'nalishlar uchun chegirmalar taqdim etadi.
Ijtimoiy gumanitar fanlar 3000$ 2550$ ;
1. Maktabgacha ta'lim
2. Turizm menejmenti
3. Xalqaro savdo
4. Koreys tili
5. Ingliz filologiyasi
6. Menejmet va kompyuterlashtirilgan buxgalteriya hisobi.
Texnik muhandislik fanlar 3200$ 2720$ ;
7. Avtomobilsozlik muhandisligi
8. Mashinasozlik muhandisligi
9. Arxitektura muhandisligi
10. Qurilish muhandisligi
11. Internet va axborot kommunikatsiyasi.
———————————————————————
12. Elektrotexnika va elektronika 2240$
13. Kimyo muhandisligi 2240$
Hujjatlaringizni
www.applykiuf.uz sayti orqali onlayn tarzda topshirishingiz mumkin.
• Manzil: Farg'ona shahri Alisher Navoiy ko'chasi 55/3- uy
Qabul komissiyasi:
+99895401-94-54, +99895401-94-55, +99895401-94-56
Fаcebook | Instagram | Telegram | YouTube
1.4K views05:00
Ochish/sharhlash
2022-06-16 19:42:48 PDF: 2022/2023 oʻquv yili uchun qabul parametrlari taqsimoti

2022/2023-oʻquv yilida OTM bakalavriatining kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy taʼlim shakllari boʻyicha hamda OTM magistraturasiga davlat buyurtmasi asosida oʻqishga qabul qilish parametrlari:

kunduzgi – yuklab olish;

sirtqi – yuklab olish;

kechki – yuklab olish;

masofaviy – yuklab olish;

magistratura – yuklab olish.

Kanalga ulanish
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
797 views16:42
Ochish/sharhlash
2022-06-16 19:41:06 Magistratura qabul kvotalari

2022/2023 o‘quv yilida OTMlarning magistratura ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlari

Kanalga ulanish
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
775 views16:41
Ochish/sharhlash
2022-06-16 19:40:59 Ilk bor: Masofaviy ta'lim kvotalari

2022/2023 o‘quv yilida masofaviy ta'lim shakli joriy etilgan 12 ta OTM ro'yxati va qabul parametrlari.

1. O'zbekistan milliy universiteti
2, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
3. Toshkent moliya instituti
4. Andijon davlat universiteti
5. Buxoro davlat universiteti
6. Qoraqalpoq davlat universiteti
7. Urganch davlat universiteti
8. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
9. Toshkent arxitektura - qurilish instituti
10. Toshkent davlat yuridik universiteti
11. Toshkent davlat transport universiteti
12. O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Kanalga ulanish
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
790 views16:40
Ochish/sharhlash
2022-06-16 19:40:51 Sirtqi ta'lim kvotalari

2022/2023 o‘quv yilida OTMlar bakalavriatining sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlari

Kanalga ulanish
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
730 views16:40
Ochish/sharhlash
2022-06-16 19:40:39 Kechki ta'lim kvotalari

2022/2023 o‘quv yilida OTMlar bakalavriatining kechki ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlari

Kanalga ulanish
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
782 views16:40
Ochish/sharhlash
2022-06-16 19:40:33 Kunduzgi ta'lim kvotalari

2022/2023 o‘quv yilida OTMlar bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlari

Kanalga ulanish
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
797 views16:40
Ochish/sharhlash