Get Mystery Box with random crypto!

Davlat Test Markazi

Telegram kanalining logotibi abituriyent_uz_dtmuzb — Davlat Test Markazi D
Telegram kanalining logotibi abituriyent_uz_dtmuzb — Davlat Test Markazi
Kanal manzili: @abituriyent_uz_dtmuzb
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 54.38K
Kanalning ta’rifi

Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!
Yangiliklarni norasmiy sahifamizda sodda hamda barcha tushunadigan tilda o‘qib borishingiz mumkin.
Reklama uchun: @Dtmuzadmin

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2022-05-17 17:00:32
#SavollargaJavoblar #qabul2022

Savol: Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari nima uchun o‘tkazilmayapti?

Javob: Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qarori asosida tashkil etiladi va o‘tkaziladi.

Mazkur qarorda test sinovlarini tashkil etish Davlat test markazi yoki qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etilgan ta’lim sifatini baholash bo‘yicha tashkilot tomonidan amalga oshirilishi qayd etilgan.

Shuningdek, qarorda milliy sertifikat imtihonlari uchun test topshiriqlari Xalq ta’limi vazirligi va Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqilishi belgilangan.

Hozirga qadar Davlat test markaziga milliy sertifikat uchun umumta’lim fanlaridan test topshiriqlari taqdim etilmaganligi sababli imtihonlar tashkil etilmayapti.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/cj5U_u0G8FJkOGFi
1.0K views14:00
Ochish/sharhlash
2022-05-17 16:29:07
Test topshiriqlari aprobatsiyadan o‘tkazildi

2022-yil 17-may kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida qo‘llaniladigan test topshiriqlarining navbatdagi aprobatsiyasi bo‘lib o‘tdi.

Test topshiriqlari aprobatsiyasi Davlat test markazi tomonidan Farg‘ona, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan hamda matematika, fizika va kimyo fanlari bo‘yicha test topshiriqlari aprobatsiyadan o‘tkazildi.

Aprobatsiyada akademik litsey, ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktablari va umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ming nafarga yaqin bitiruvchilari ishtirok etdi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/cj5U_u0G8FJkOGFi
1.1K views13:29
Ochish/sharhlash
2022-05-16 20:05:58 ​​#SavollargaJavoblar #qabul2022

Savol: 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida umumiy qancha vaqt ajratiladi?

Javob: Davlat komissiyasining 13-son bayoniga muvofiq joriy yilgi test sinovlarida abituriyentlarga 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fandan jami 90 ta test topshirig‘i beriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat vaqt ajratilishi belgilangan.

Shundan kelib chiqqan holda 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida 90 ta test topshirig‘i uchun 3 soat vaqt beriladi.

Agar abituriyentda mutaxassislik fanining bittasidan sertifikat mavjud bo‘lsa yoki bitta fandan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirsa, unga 1 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan uchun 2 soat vaqt ajratiladi.

Agar abituriyent faqat majburiy fanlar bo‘yicha test sinovida ishtirok etsa, unga 3 ta majburiy fan bo‘yicha 30 ta test topshirig‘i uchun 1 soat vaqt beriladi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/cj5U_u0G8FJkOGFi
881 views17:05
Ochish/sharhlash
2022-05-14 07:02:32 Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun beriladigan imtiyozlar

Davlat test markaziga fuqarolardan eng ko‘p kelib tushadigan murojaatlardan biri imtiyozlar bilan bog‘liq.

Shu sababli oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirishdagi imtiyozlar va ularning qo‘llanishi bo‘yicha ma’lumotnoma tayyorlandi.

Unda imtiyozlar shartli toifalarga ajratilgan hamda imtiyozlarning qo‘llanishi, huquqiy asoslari va mas’ul vakolatli davlat organlari keltirilgan.

Abituriyentlarga imtiyozlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida beriladi.

Qayd etish kerakki, Davlat test markazi kimgadir imtiyoz berish vakolatiga ega emas. DTM ijrochi tashkilot bo‘lib, qonunchilik hujjatlari asosida imtiyozlarning qo‘llanishini ta’minlaydi.

Qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda imtiyozlarning qo‘llanishi o‘zgarishi mumkin.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/cj5U_u0G8FJkOGFi
290 views04:02
Ochish/sharhlash
2022-05-11 16:42:16 Biometrik pasportga ega abituriyentlar ID-karta olishlari shart emas

Aprel oyida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari o‘z vaqtida fuqarolik pasporti, ya’ni ID-karta olishlari lozimligi haqida e’lon berilgan edi.

Shundan so‘ng mazkur xabar ko‘plab ommaviy axborot vositalari va telegram kanallarda ham e’lon qilindi.

Lekin ayrim telegram kanallarda oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarda ID-karta bo‘lishi shart, degan mazmunda xabarlar tarqalmoqda.

Buning natijasida Davlat test markaziga abituriyentlar tomonidan pasportimiz bo‘lsa ham ID-karta olishimiz shartmi, degan mazmunda ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.

Bu bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz:

joriy yilda ham oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi;

ro‘yxatga olishda abituriyentlarning rasmi va pasport ma’lumotlari Davlat personallashtirish markazidan onlayn rejimda olinadi;

buning uchun abituriyentda biometrik pasport yoki ID-karta bo‘lishi lozim;

bunda biometrik pasportga ega bo‘lgan abituriyentlar ID-karta olishlari shart emas;

abituriyentlar biometrik pasport bilan ham my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/cj5U_u0G8FJkOGFi
1.8K views13:42
Ochish/sharhlash
2022-05-08 15:54:01
#Ogohlantirish #tarqating

Imtihonda telefon yoki shpargalka bilan qoʻlga tushgan abituriyentlar birdaniga 5-7 yilgacha chetlashtirilishi mumkin.

DTM Adliya vazirligi va Bosh prokuratura bilan hamkorlikda taqiqlangan vositalardan foydalangan abituriyentlar uchun qonuniy choralar koʻrish yoʻllari ustida ishlamoqda.

Tarqatib yuboring, imtihonga oz qolmoqda, abituriyentlar bilib olishsin!

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/cj5U_u0G8FJkOGFi
3.2K views12:54
Ochish/sharhlash
2022-05-08 15:20:30 ​​​​​​​​​ " BUXORO QORAKO'L "
OʻQUV MARKAZI
10 SINFLARGA QABUL BOSHLANDI

AKSIYA 50% CHEGIRMA 3 KUN
"Buxoro Qorako'l" o‘qitish tizimi asosida sizni:
TARIX
IELTS 7+
ONA TILI va ADABIYOT
MATEMATIKA


TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI!!!
va barcha OTM ga chuqurlashtirilgan tayyorlov kursi

To'lov ichida biz sizga:
5 ta fandan ko'chaytirilgan ta'lim,
Ishonchli yotoq joy, (kvartera)
Haftalik va oylik blok test,
Sinovdan o'tganizdan keyin,
O'qishga kirish kafolatini
beramiz.
Bizning darslarimiz qattiq
rejimda o'tiladi ,
4-5 soatdan davom etadi.
Darslar har kuni boʻladi.
. Ertalab soat 8:00 da. 18:00 gacha

Tanlov sizning qoʻlingizda vaqt esa kam qolgan.

Farzandizga munosib investrlik qiling! Kantrak to'lab, super qilib yurmang. Farzandizni malakali kadr bo'lishi sizning qo'lingizda!!!_

Qabul muddati: 15.05.2022-yil
Qabul soni cheklangan: 3 ta

Batafsil ma’lumotlar:
TEL: +998990097849
Telegramm manzili:
@fedel4860\_instagram
MANZIL: Toshkent shahar, Yashnobod tumani. Uysozlar ko'chasi 206- maktab binosi

Bekorchilar bezovta qilmasin iltimos!
!
2.6K views12:20
Ochish/sharhlash
2022-05-03 16:22:03
Rasman! Bu yilgi kirish imtihonlarning 15% testlari murakkab darajadagi testlar boʻladi!

DTM boshqarma boshligʻi Zafarbek Olimbekovning qayd etishicha, kirish imtihonlarida tushadigan testlar sodda, oʻrta va murakkab darajalarga boʻlinadi.

Test variantidagi savollar soni 100 foiz deb olsak, 15 foizi oson darajada, 70 foizi oʻrta qiyinlik darajada, qolgan 15 foizi esa murakkab darajada boʻladi.

Mutaxassislik fanlar blokidagi birinchi va ikkinchi fanlardan tuzilgan testlar qiyinlik darajasiga koʻra bir-biridan farq qilmaydi. Lekin majburiy fanlar blokidagi: ona tili, matematika hamda Oʻzbekiston tarixi fanlaridan beriladigan test savollari mutaxassislik fanlariga qaraganda soddaroq boʻladi. 

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/cj5U_u0G8FJkOGFi
2.5K views13:22
Ochish/sharhlash
2022-05-02 15:04:53 Oʻqishga kirishda beriladigan imtiyozlar xatlovdan oʻtkaziladi!

Oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun berilgan imtiyozlarni xatlovdan oʻtkazib, ularni qayta koʻrib chiqqan holda yagona hujjatda qatʼiy roʻyxatini shakllantirish hamda ushbu imtiyozlarni umumiy kvotaga kiritmaslik toʻgʻrisidagi qoidani belgilash rejalashtirilmoqda.

Bunda:

oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda imtiyozlar berishni toʻliq raqamlashtirish hamda elektron platforma orqali amalga oshirilishini yoʻlga qoʻyish;
oʻqishga kirishda imtiyozlar berishning shaffof tartibini belgilash amalga oshiriladi.

Xulosa: Imtiyozlar aslo bekor qilinmaydi. Shunchaki, umumiy kvotadan chiqarilishi va tizim raqamlashtirishi kutilmoqda xolos.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/cj5U_u0G8FJkOGFi
2.2K views12:04
Ochish/sharhlash
2022-05-02 04:49:57
Qadrli yurtdoshlar!

Davlat test markazi barchani dillarimizga quvonch, dasturxonlarimizga qut-baraka, oilamizga tinchlik ne’matlarini olib keluvchi, mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ramzi bo‘lgan Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) bilan samimiy muborakbod etadi!

Xalqimizni marhamatli Alloh ezgulik va shukronalik, Haq yo‘lida sobitqadamlik bilan siylasin! Orzularingiz ijobatini ziyodasi bilan tuhfa etsin! Ramazon oyining muqaddas kunlarida qilingan savob ishlaringiz, pok niyatlaringiz, ibodatlaringiz va ezgu duolaringiz ro‘yobi nasib etsin!

Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin!


https://t.me/joinchat/cj5U_u0G8FJkOGFi
2.2K views01:49
Ochish/sharhlash