Get Mystery Box with random crypto!

Davlat Test Markazi

Telegram kanalining logotibi abituriyent_uz_dtmuzb — Davlat Test Markazi D
Telegram kanalining logotibi abituriyent_uz_dtmuzb — Davlat Test Markazi
Kanal manzili: @abituriyent_uz_dtmuzb
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 54.38K
Kanalning ta’rifi

Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!
Yangiliklarni norasmiy sahifamizda sodda hamda barcha tushunadigan tilda o‘qib borishingiz mumkin.
Reklama uchun: @Dtmuzadmin

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2022-06-08 17:29:43
2022-yilning 2-yarmi uchun chet tili imtihonlariga talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi

2022-yil oktabr, noyabr va dekabr oylarida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qaroriga muvofiq my.gov.uz sayti orqali amalga oshiriladi (my.gov.uz/oz/service/559).

Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida talabgorlar imtihon topshirish hududi sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan birini tanlab, o‘zlari tanlagan hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, onlayn ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
1.0K views14:29
Ochish/sharhlash
2022-06-08 13:54:30
#SavollargaJavoblar #qabul2022

Savol: 2021-yildagi o‘tish ballarini qayerdan bilish mumkin?

Javob: 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari bo‘yicha o‘tish ballari bilan Davlat test markazining mandat.dtm.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha o‘tish ballari: https://mandat.dtm.uz/BallVuz/Index

Imtiyozlar doirasida o‘tish ballari: https://mandat.dtm.uz/Imtiyoz/Index

Shuningdek, mazkur saytda hududlar kesimida talabalikka tavsiya etilish ko‘rsatkichlari, davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilganlar soni, o‘rtacha ballar, quyi chegara ballar kabi ko‘plab ma’lumotlar keltirilgan.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
1.4K views10:54
Ochish/sharhlash
2022-06-08 10:14:00
Vazir A.Toshqulovning o'qishni ko'chirish masalasidagi nutqi

Barcha talabalarga yetkazing. Ichki perevod tugatilmoqda.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
853 views07:14
Ochish/sharhlash
2022-06-07 20:52:25 2022-2023-oʻquv yili uchun OTMga qabul kvotalari soni eʼlon qilindi

Prezidentning “2022/2023-oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokamaga eʼlon qilindi.

Qayd etilishicha, 2022-2023-oʻquv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlari:

bakalavrlar tayyorlash boʻyicha:

• kunduzgi taʼlim shakliga —76 728 nafar;
• sirtqi taʼlim shakliga — 27 365 nafar;
• kechki taʼlim shakliga — 2 575 nafar;
• masofaviy taʼlim shakliga — 3 610 nafar;

magistrlar tayyorlash boʻyicha — 11 082 nafar.

Kvotalar OTMlar kesimida: https://regulation.gov.uz/uz/d/61078

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
1.9K views17:52
Ochish/sharhlash
2022-06-07 20:51:06
Abituriyentlar diqqatiga!

Davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat bosqichiga qabul 15-iyundan boshlanadi va 1 oy mobaynida 15-iyulga qadar davom etadi.

Eng qizigʻi, har yilgidek qabul kvotalari hamon tasdiqlangani yoʻq. Abituriyentlarga tarqatib yuboring!

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
1.5K views17:51
Ochish/sharhlash
2022-06-07 20:48:07 Oliygoxga kirish uchun ball toʻplash endi maktabdan boshlanadi.

Abituriyentlarning maktabdagi baholari OTMga kirishda hisobga olinadi.


Hukumatning 19.11.2021 yil kungi qarori bilan tasdiqlangan nizomga koʻra,
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab maktab bitiruvchilarining shahodatnomasidagi 11 yillik taʼlimning soʻnggi 6 yillik baholari OTMga kirishdagi balga qoʻshiladi. Baholar elektron platformalar orqali hisoblanadi va DTMning “ABITUR” dasturiga yuboriladi.

Maksimal ball 100 foiz deb olinadi va ballar baho tizimiga quyidagicha oʻtkaziladi:

86-100% uchun – 5 baho;

71-85% – 4 baho;

56-70% – 3 baho;

56%gacha – 2 baho.

Bu tartib 2022/2023 oʻquv yili yaʼni, shu yil sentyabr oyidan boshlanadi. Bundan keyin farzandingizni maktabda olayotgan baholariga eʼtiborli boʻlsangiz farzandingizni oliy taʼlimga oʻqishga kirishi uchun zamin yaratgan boʻlasiz.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
1.8K views17:48
Ochish/sharhlash
2022-06-07 17:20:21
#yalpi_majlis

Magistraturaga ikki marotaba qabul boʻlishi kutilmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida oʻtkazilgan yalpi majlisda magistraturaga chet tili sertifikatiga ega boʻlish talabi yuzasidan bildirilayotgan turli xil fikrlarga izoh berildi

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/cj5U_u0G8FJkOGFi
1.6K views14:20
Ochish/sharhlash
2022-06-07 14:19:31 Oliy ta’lim tizimida qariyb 11,4 mlrd so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlandi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi 73 ta muassasada o‘tkazilgan profilaktik tadbirda qariyb 11,5 milliard so‘mlik moliyaviy xato va kamchilik aniqlandi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda vazirlik Ichki audit xizmati boshlig‘i Salohiddin Toshmatov ma’lum qildi.

Salohiddin Toshmatovning so‘zlariga ko‘ra, 2022-yilning 1-choragida vazirlik tizimidagi 73 ta muassasada profilaktika tadbirlar o‘tkazilgan. Jumladan, “Davlat auditi" dasturiga kiritilgan rejaga muvofiq vazirlik huzuridagi 3 ta tashkilot, 27 ta kasbiy ta’lim muassasada ichki audit xizmatlari tomonidan hamda 43 ta oliy ta’lim muassasalarida bosh auditorlar tomonidan profilaktika tadbirlari o‘tkazilgan.

Natijada jami
...

Batafsil maʼlumot olish uchun: https://abt.uz/blog/oliy-talim-tizimida-qariyb-114-mlrd-somlik-moliyaviy-xato-va-kamchiliklar-aniqlandi

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/cj5U_u0G8FJkOGFi
1.5K views11:19
Ochish/sharhlash
2022-06-07 11:35:27 «Endi o‘qishni ko‘chirishga faqat 2 toifadagi talabalarga ruxsat beriladi: turmush qursa va davlat xizmatchisining ishi boshqa joyga o‘tsagina o‘qishini ko‘chira oladi» — Abduqodir Toshqulov.

Abduqodir Toshqulovning qayd etishicha, o‘qishni ko‘chirishda vazir xati talab etiladi. Boshqa toifalardagi talabalarga hech qaysi holatda o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berilmaydi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/cj5U_u0G8FJkOGFi
1.7K views08:35
Ochish/sharhlash
2022-06-07 11:29:42 Diagnostik test materiallariga buyurtma bergan talabgorlar diqqatiga!

Davlat test markazi tomonidan diagnostik test materiallariga buyurtmalarni qabul qilish 30-may kuni to‘xtatilishi haqida xabar bergan edik.

Ma’lumki, diagnostik test topshiriqlarini ishlagan talabgorlar o‘z natijalarini bilish uchun belgilagan javoblarini Davlat test markaziga taqdim etishlari lozim.

Shu sababli diagnostik test materiallariga buyurtma berib, uni olgan talabgorlardan javoblar varaqalarini 2022-yil 15-iyunga qadar taqdim etishlarini so‘raymiz.

Bunda javoblar varaqalarini Davlat test markazi yoki uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo‘limlaridan biriga olib kelib topshirish mumkin.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/cj5U_u0G8FJkOGFi
1.4K views08:29
Ochish/sharhlash