Get Mystery Box with random crypto!

Davlat Test Markazi

Telegram kanalining logotibi abituriyent_uz_dtmuzb — Davlat Test Markazi D
Telegram kanalining logotibi abituriyent_uz_dtmuzb — Davlat Test Markazi
Kanal manzili: @abituriyent_uz_dtmuzb
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 54.38K
Kanalning ta’rifi

Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!
Yangiliklarni norasmiy sahifamizda sodda hamda barcha tushunadigan tilda o‘qib borishingiz mumkin.
Reklama uchun: @Dtmuzadmin

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2022-06-07 10:03:45 Qabul boshlanishiga 8 kun qoldi, ammo kvotalar hali tasdiqlanmadi

Qoidaga ko'ra, har yili OTMlarga hujjat topshirish 15 iyundan boshlanishi kerak. Bunga atigi 8 kun vaqt qoldi. Lekin kvotalar hali yo'q.

9 kun ichida nafaqat umumiy, balki tillar kesimida kvotalar tasdiqlanishiga ulguriladimi yoki avvalgi yillarda bo'lganidek faqat nomiga onlayn ro'yxatdan o'tish ochib qo'yilib, lekin abiturientlarga yo'nalishlar tanlash imkoniyati berilmaydimi? Qani, ko'ramiz, kuzatamiz va kutamiz.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/cj5U_u0G8FJkOGFi
1.6K views07:03
Ochish/sharhlash
2022-06-06 19:29:12
#Diqqat #Rasman

2022/2023 oʻquv yilidan magistraturaga hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga kirish uchun xorijiy tillarni bilish boʻyicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʻlish talab qilinadi.

Filologiya yoʻnalishlari boʻyicha kamida C1 darajadagi sertifikat, nofilologik yoʻnalishlar boʻyicha esa B2 darajadagi sertifikat talab etiladi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/cj5U_u0G8FJkOGFi
1.1K viewsedited  16:29
Ochish/sharhlash
2022-06-06 18:06:47
Guruh nazoratchisi sifatida jalb etiladigan nomzodlar saralandi

Davlat test markazi tomonidan 2022-2023-o‘quv yili uchun ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarini sifatli va adolatli tashkil etish, shaffof va xolis o‘tkazish maqsadida jarayonga guruh nazoratchisi sifatida jalb etiladigan nomzodlarni saralashning so‘nggi – suhbat bosqichi o‘tkazildi.

Ma’lumki, bunga qadar nomzodlar uchun o‘quv-seminar mashg‘ulotlari hamda test sinovi bosqichlari bo‘lib o‘tgan edi.

Joriy yilning 1-3-iyun kunlari o‘tkazilgan suhbat jarayoniga oldingi bosqichlarda yaxshi natijalarga erishgan 4 ming nafardan ziyod nomzod jalb etildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida uch kun davom etgan jarayon davomida jami 3 284 nafar nomzod saralab olindi hamda ular bilan shartnoma tuzish ishlari boshlab yuborildi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/cj5U_u0G8FJkOGFi
1.2K views15:06
Ochish/sharhlash
2022-06-06 18:03:52 6-11-sinflar asosida

Fan: Tarix
Testlar soni: 30 ta
Testlar darajasi: qiyin, o'rta, oson
Testning maqsadi: Bilimlarimizni sinash

Test bilimingiz og'irligini o'lchovchi tarozidir!


Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/cj5U_u0G8FJkOGFi
1.1K views15:03
Ochish/sharhlash
2022-06-06 15:16:17 Test sinovida abituriyent o'z javoblar varaqasiga xato yozib qo‘ygan yoki bo'yoq doiradan o'tib ketgan bo‘lsa unga yangi javoblar varaqasi beriladimi

Javob: Yo'q, berilmaydi. Javoblar varaqasi to‘g‘ri to‘ldirilishi uchun abituriyent shaxsan javobgardir. Javoblar varaqasidagi tegishli doirachalarni noto‘g‘ri belgilagan yoki bo'yoqi doiradan chiqib ketgan abituriyentlarning e’tirozi ko‘rib chiqilmaydi.

Abituriyentlar ehtiyotkor bo'lamiz !

Abituriyentlarga yetkazib qo‘ying.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/cj5U_u0G8FJkOGFi
1.4K views12:16
Ochish/sharhlash
2022-06-04 12:29:42 Akademik litseylarda o‘tkazilgan chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2022-yil 28-29-aprel (yozma) va 17-25-may (gapirish) kunlari o‘tkazilgan akademik litseylar bitiruvchi bosqich o‘quvchilarining chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari maxsus platforma orqali akademik litseylarga taqdim etilgan bo‘lib, test sinovida ishtirok etgan talabgorlar test natijalarini o‘zlari tahsil olayotgan akademik litsey ma’muriyatidan bilishlari mumkin.

Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilarning sertifikatlari elektron shaklda maxsus platformaga joylashtirilgan bo‘lib, akademik litsey ma’muriyati tomonidan o‘quvchilarga yetkaziladi.

Mazkur sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilarga oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirishda chet tili fanidan (fanlar majmuasida chet tili mavjud bo‘lsa) imtihonlarsiz maksimal ball beriladi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/cj5U_u0G8FJkOGFi
1.1K views09:29
Ochish/sharhlash
2022-06-02 17:42:36 Malaka oshirish kurslariga qabul davom etmoqda

Ma’lumki, Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan bir qator malaka oshirish kurslari tashkil etilib, o‘tkazib kelinmoqda.

Ayni vaqtda chet tili mutaxassislari uchun mo‘ljallangan 3 turdagi malaka oshirish kurslariga talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish davom etmoqda:

Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha malaka oshirish kursi;

Arab tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha malaka oshirish kursi;

Chet tilini bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi bo‘yicha malaka oshirish kursi.

Malaka oshirish kurslari 24 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, darslar nazariy va amaliy mashg‘ulotlar asosida o‘zbek tilida olib boriladi.

Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan talabgorlar Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlariga shartnoma asosida ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.

Malaka oshirish kurslari bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar bilan Ilmiy-o‘quv amaliy markazining rasmiy telegram kanalida tanishish mumkin: @dtmilmiymarkaz.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/cj5U_u0G8FJkOGFi
906 views14:42
Ochish/sharhlash
2022-06-01 14:19:17
#bilasizmi #qabul2022

Maqsadli qabul qanday amalga oshirilishini bilasizmi?

Maqsadli qabulni tanlagan abituriyent mazkur taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha ham maqsadli (abituriyentning doimiy yashash hududi uchun maqsadli qabul parametrlari ajratilgan bo‘lsa), ham umumiy tanlovda ishtirok etadi.

Maqsadli qabulni tanlamagan abituriyent esa mazkur taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha umumiy tanlovda ishtirok etadi.

Eslatma: maqsadli qabul asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasini tamomlagandan so‘ng tegishli hududda 5 yil ishlab berish majburiyati yuklanadi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/cj5U_u0G8FJkOGFi
1.0K views11:19
Ochish/sharhlash
2022-06-01 07:32:58
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

1925-yil
Jenevada bolalar farovonligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan Butunjahon konferensiyasida 1-iyun bolalarni himoya qilish kuni sifatida belgilangan bo‘lib, 1950-yildan boshlab bayram sifatida nishonlab kelinadi.

Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Binobarin, ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir.

O‘zbekistonda ham farzandlarimiz ana shunday mehr-muhabbat, ulkan g‘amxo‘rliklar og‘ushida voyaga yetmoqda.

Davlat test markazi bugungi bayram munosabati bilan barcha bolajonlarimizni, ularning ota-onalarini, murabbiy va ustozlarini, qo‘yingki, butun xalqimizni samimiy tabriklaydi!

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/cj5U_u0G8FJkOGFi
1.3K views04:32
Ochish/sharhlash
2022-05-31 16:18:20
Rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuritish darajasini aniqlash test sinovlari o‘tkazildi

2022-yil 31-may kuni rahbar kadrlar va mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari rahbar kadrlar va mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda talabgorlarning publitsistik, ilmiy-ommabop va rasmiy matnlarni o‘qib tushunish, imlo qoidalarini to‘g‘ri qo‘llay olish, so‘z va qo‘shimchalardan to‘g‘ri foydalana bilish, tinish belgilarini o‘z o‘rnida ishlata olish, fikrlarini yozma bayon qilish hamda topshiriqqa ko‘ra mos rasmiy hujjat matnini tayyorlash kabi ko‘nikmalari tekshirildi.

Test sinovi natijalari 15 ish kuni ichida Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/cj5U_u0G8FJkOGFi
1.0K views13:18
Ochish/sharhlash