Get Mystery Box with random crypto!

Davlat Test Markazi

Telegram kanalining logotibi abituriyent_uz_dtmuzb — Davlat Test Markazi D
Telegram kanalining logotibi abituriyent_uz_dtmuzb — Davlat Test Markazi
Kanal manzili: @abituriyent_uz_dtmuzb
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 54.38K
Kanalning ta’rifi

Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!
Yangiliklarni norasmiy sahifamizda sodda hamda barcha tushunadigan tilda o‘qib borishingiz mumkin.
Reklama uchun: @Dtmuzadmin

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2022-06-16 19:06:22
Nеga o'qishni ko'chirish ko'payib kеtdi?

Vazir ayrim ota-onalar va abituriеntlarning o'qishni tanlashdagi eskicha qarashlarini qoraladi

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
637 views16:06
Ochish/sharhlash
2022-06-16 16:36:18 Konstitusiyaviy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi

2022-yil 17-iyun kuni, soat 10:00 da O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni oshirish bo‘yicha Konstitusiyaviy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkaziladi.

Mazkur yig‘ilishda Konstitusiyaviy Komissiya a’zolari tomonidan takliflar birma-bir muhokama qilinib, asosli takliflar bo‘yicha a’zolar o‘z xulosasini bildiradi.

Bunday qizg‘in jarayonni Siz to‘g‘ridan-to‘g‘ri “O‘zbekiston”, “UzReport TV”, “MY5”, “RenessansTV” telekanallari, shuningdek Konstitusiyaviy komissiyaning Facebook'dagi (Bu mening konstitutsiyam) rasmiy sahifasi orqali jonli efirda kuzatishingiz mumkin.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
873 views13:36
Ochish/sharhlash
2022-06-16 11:25:23
#Matbuot_anjumani

Qabul jarayonlari kеchikishi sabablariga izoh bеrildi

Qabulga dahldor hujjatlar va qabul kvotalari qarorlari alohida qilib ajratildi hamda muhokamadan o'tkazildi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
1.2K views08:25
Ochish/sharhlash
2022-06-16 11:24:22
#Matbuot_anjumani

Bu yilgi qabul jarayonidagi muhim yangiliklar

— ijodiy imtihon topshiruvchi abituriеntlar ham 3 ta majburiy fanlardan tеst topshirishadi;
— o'qishga kirish imtiyozlarining kvotalari alohida qilinadi;
— xorijiy va nodavlat oliy ta'lim muassasalariga davlat tomonidan 500 ta grant ajratiladi;
— xorijiy OTMlar uchun ajratiladigan kvota bu yil 2 baravarga oshiriladi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
1.2K views08:24
Ochish/sharhlash
2022-06-16 11:23:42
#Matbuot_anjumani

Qabul jarayonidagi o'zgarishlar

— talabalar endi masofaviy ta'lim olishlari mumkin;
— xorijiy OTMlar uchun ajratiladigan kvota bu yil 2 baravarga oshiriladi;
— 5 yillik ish stajiga ega bo'lgan mutaxassis xotin-qizlar uchun 500 ta kvota ajratiladi;
— endilikda mustaqil/xorijiy oliy ta'lim muassasalari har yili o'qishga kirish kvotalarini o'zlari bеlgilaydi;
— 6 ta OTMda chеt tili sеrtifikatiga ega bo'lgan abituriеntlarga maksimal ball qo'shib bеriladi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
1.1K views08:23
Ochish/sharhlash
2022-06-16 08:40:32 Magistraturada oʻqiydigan barcha xotin-qizlarning toʻlov-kontrakt miqdorlari davlat byudjeti hisobidan qoplanadi

Prezidentning tegishli qaroriga koʻra, bundan buyon davlat OTMlari magistraturasiga oʻqishga kirgan barcha xotin-qizlarning toʻlov-kontrakt miqdorlari davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

Bunda 2-bosqichga oʻtgan xotin-qizlarning faqat 2-bosqichi uchun, shuningdek joriy yildan boshlab magistraturaga kiradigan barcha xotin-qizlarning toʻliq oʻqish davriga toʻlov-kontraktlari qoplab beriladi.

Faqat bu yerda oddiy (bazaviy) kontrakt haqida gap ketmoqda. Tabaqalashtirilgan (super) kontrakt bilan kirgan xotin-qizlar super-kontraktini oʻzi toʻlaydi.
1.2K views05:40
Ochish/sharhlash
2022-06-16 08:00:41
Hurmatli abituriyentlar!
Farg'ona shahridagi O'zbekiston-Koreya Xalqaro Universiteti 2022/2023-o'quv yili uchun qabul boshlanganligini ma'lum qiladi hamda barcha yo'nalishlar uchun chegirmalar taqdim etadi.
Ijtimoiy gumanitar fanlar 3000$ 2550$ ;
1. Maktabgacha ta'lim
2. Turizm menejmenti
3. Xalqaro savdo
4. Koreys tili
5. Ingliz filologiyasi
6. Menejmet va kompyuterlashtirilgan buxgalteriya hisobi.
Texnik muhandislik fanlar 3200$ 2720$ ;
7. Avtomobilsozlik muhandisligi
8. Mashinasozlik muhandisligi
9. Arxitektura muhandisligi
10. Qurilish muhandisligi
11. Internet va axborot kommunikatsiyasi.
———————————————————————
12. Elektrotexnika va elektronika 2240$
13. Kimyo muhandisligi 2240$
Hujjatlaringizni
www.applykiuf.uz sayti orqali onlayn tarzda topshirishingiz mumkin.
• Manzil: Farg'ona shahri Alisher Navoiy ko'chasi 55/3- uy
Qabul komissiyasi:
+99895401-94-54, +99895401-94-55, +99895401-94-56
Fаcebook | Instagram | Telegram | YouTube
1.2K views05:00
Ochish/sharhlash
2022-06-16 06:27:40 Joriy yil ham 5 tagacha yoʻnalish tanlash mumkin, faqat endilikda abituriyent turli taʼlim shaklini (kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy) tanlashiga ham ruxsat beriladi.

Prezident qaroriga koʻra, abituriyentlarga:

test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil boʻlgan beshtagacha bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini hamda bir vaqtning oʻzida barcha taʼlim shakllarini tanlash huquqi beriladi;

roʻyxatdan oʻtish jarayonida tanlangan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari ustuvorligiga qarab dastlab davlat granti, keyinchalik toʻlov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etish imkoniyati beriladi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
1.7K views03:27
Ochish/sharhlash
2022-06-16 01:53:51 RASMAN: endi qabul 20 iyundan boshlanadi

Prezidentning tegishli qaroriga asosan, davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali har yili 20 iyundan 20 iyulga qadar (20 iyul kuni ham), chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha esa 10 iyulga qadar (10 iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
1.8K views22:53
Ochish/sharhlash
2022-06-16 01:53:51 Qabul kvotalari tasdiqlandi

Prezidentning tegishli farmoyishiga asosan, 2022/2023 oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari quyidagicha tasdiqlandi:

a) bakalavrlar tayyorlash boʻyicha:

kunduzgi taʼlim shakliga77 477 nafar;

sirtqi taʼlim shakliga 26 095 nafar;

kechki taʼlim shakliga3 725 nafar;

masofaviy taʼlim shakliga3 410 nafar;

b) magistrlar tayyorlash boʻyicha 10 688 nafar.

Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat OTMlarining kuzatuv kengashlariga hamda qabul parametrlarini Vasiylik kengashi qarori bilan tasdiqlash vakolati berilgan oliy taʼlim tashkilotlariga tegishli qabul parametrlarini 2022-yil 20-iyunga qadar tasdiqlash tavsiya etildi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
1.6K views22:53
Ochish/sharhlash