Get Mystery Box with random crypto!

Davlat Test Markazi

Telegram kanalining logotibi abituriyent_uz_dtmuzb — Davlat Test Markazi D
Telegram kanalining logotibi abituriyent_uz_dtmuzb — Davlat Test Markazi
Kanal manzili: @abituriyent_uz_dtmuzb
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 54.38K
Kanalning ta’rifi

Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!
Yangiliklarni norasmiy sahifamizda sodda hamda barcha tushunadigan tilda o‘qib borishingiz mumkin.
Reklama uchun: @Dtmuzadmin

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2022-05-29 07:49:21 Diagnostik test materiallariga buyurtmalarni qabul qilish to‘xtatiladi

Davlat test markazi tomonidan joriy yil boshida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari formatidagi diagnostik test xizmati yo‘lga qo‘yilgan edi.

Mazkur xizmat doirasida talabgorlarning bilimi sinovdan o‘tkazilmoqda va ular test materiallari bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lmoqdalar.

Lekin Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan ko‘plab test sinovlariga qisqa vaqt qolgani sababli Davlat test markazi ish faoliyatidan kelib chiqqan holda diagnostik test xizmatini to‘xtatish zarurati yuzaga kelmoqda.

Shu sababli my.dtm.uz sayti orqali diagnostik test materiallariga buyurtmalarni qabul qilish 30-may kuni 10:00 da yakunlanishini ma’lum qilamiz.

Bunda e-DTM tizimi ishlashda davom etadi va talabgorlar @e_dtm_bot telegram boti orqali test materiallariga onlayn buyurtma berishlari mumkin bo‘ladi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/cj5U_u0G8FJkOGFi
1.6K views04:49
Ochish/sharhlash
2022-05-26 17:58:14 Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon formati va test namunalari

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 34-son qarori bilan 6 ta oliy ta’lim muassasasiga kirishda chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkazilishi belgilangan.

Unga ko‘ra 2022-2023-o‘quv yili qabulidan boshlab xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
Samarqand davlat chet tillar instituti;
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining

fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda

Toshkent davlat pedagogika universiteti;
Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
Nukus davlat pedagogika institutining

xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida chet tili fanidan tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.

Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga kasbiy (ijodiy) imtihon formati (barcha tillar uchun) va test namunalari (ingliz tilidan) joylashtirilgan bo‘lib, ular bilan quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:

https://dtm.uz/page/format_kasbiy
https://dtm.uz/page/test_namunalari_kasbiy

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/cj5U_u0G8FJkOGFi
843 views14:58
Ochish/sharhlash
2022-05-24 17:34:55 #SavollargaJavoblar #qabul2022

Savol: Aptis for teachers sertifikati oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirishda maksimal ball berish uchun asos bo‘ladimi?

Javob: Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda chet tilidan sertifikatlarni inobatga olish Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 395-son qarori asosida amalga oshiriladi.

Unga ko‘ra test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili fani kiritilgan barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan va milliy yoki xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori bo‘lgan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.

Maksimal ball berish uchun asos bo‘luvchi sertifikatlar:

ingliz tili – milliy sertifikat, IELTS (IELTS 5,5), TOEFL (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE, Cambridge Assessment English Linguaskill;
yapon tili – milliy sertifikat, JLPT № 2;
˗ nemis tili – milliy sertifikat, Goethe-Zertifikat, DSD, Test DAF;
fransuz tili – milliy sertifikat, DELF, TCF4;
boshqa tillar – milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari.

Mazkur qarorda maksimal ball berish uchun asos bo‘luvchi sertifikatlar qatorida “O‘qituvchilar uchun Aptis” (Aptis for teachers) keltirilmagan. O‘z nomidan ham ma’lumki, mazkur imtihon o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan va oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirishda maksimal ball berish uchun asos bo‘lmaydi.

Eslatma: Toshkent davlat yuridik universiteti uchun IELTS sertifikatiga ega abituriyentlarda writing moduli 5,5 ball yoki undan yuqori bo‘lishi lozim.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/cj5U_u0G8FJkOGFi
938 views14:34
Ochish/sharhlash
2022-05-23 15:43:28 ​​ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash uchun o‘tkaziladigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, test sinovining yozma qismi 26-27-28-may kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 1-10-iyun (4-5-iyundan tashqari) kunlari o‘tkaziladi.

Test sinovlari barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz sayti orqali “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so‘raladi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/cj5U_u0G8FJkOGFi
1.0K views12:43
Ochish/sharhlash
2022-05-20 06:12:19
#MatbuotAnjumani #SavollargaJavoblar

2023-yildan Toshkent davlat yuridik universitetiga kirishda huquq fanidan test sinovi topshirilar ekan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining xalqaro huquq yo‘nalishiga kirishda ham huquq fanidan test topshiriladimi?

Mazkur savolga Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Zafarbek Olimbekov javob berdi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/cj5U_u0G8FJkOGFi
185 views03:12
Ochish/sharhlash
2022-05-20 04:43:35
#MatbuotAnjumani #SavollargaJavoblar

2022-yil 18-may kuni Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Radjabov test sinovining maqsadi va savollar nima asosida tuzilishi haqida ma’lumot berdi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/cj5U_u0G8FJkOGFi
507 views01:43
Ochish/sharhlash
2022-05-18 17:26:46 #SavollargaJavoblar #qabul2022

Savol: 2022-2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha qabul parametrlari kamaydimi?

Javob: Qayd etish lozimki, qabul parametrlarini ishlab chiqish va tasdiqlashda Davlat test markazi ishtirok etmaydi. Bu masala Davlat test markazi vakolatiga kirmasada, ko‘pchilikda tushunmovchilik bo‘layotgani sababli quyidagilarni ma’lum qilmoqchimiz:

Ma’lumki, 2022-yil 17-may kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida qaror loyihasi e’lon qilindi.

Mazkur qaror loyihasiga e’tibor qaratilsa, uning 2-bandida 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarining to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari oliy ta’lim muassasalari Kuzatuv kengashlari tomonidan mustaqil belgilanishi qayd etilgan.

Shuningdek, qaror loyihasining ilovalaridan ko‘rish mumkinki, moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarida faqatgina davlat granti asosidagi qabul parametrlari ko‘rsatilgan. To‘lov-kontrakt asosida qabul parametrlari esa ko‘rsatilmagan.

Qaror loyihasida mazkur oliy ta’lim muassasalari uchun to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining keltirilmagani qabul parametrlari kamaytirilibdi degan yanglish fikrga olib kelmasligi lozim.

Albatta, qabul parametrlari qanchalik o‘zgarganini barcha oliy ta’lim muassasalari uchun qabul parametrlari tasdiqlanganidan so‘ng bilish mumkin.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/cj5U_u0G8FJkOGFi
913 views14:26
Ochish/sharhlash
2022-05-18 10:19:05 Abituriyentlarga ta’lim yo‘nalishlarini turli ta’lim shakllari doirasida tanlash imkoniyati yaratilishi mumkin

“2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” qaror loyihasida abituriyentlarga bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim shakllarini tanlash imkoniyati yaratish ko‘zda tutilmoqda.

Qaror loyihasida belgilanishicha, 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab:

moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarining to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari oliy ta’lim muassasalari Kuzatuv kengashlari tomonidan mustaqil belgilanadi;

davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura bosqichida tahsil oluvchi xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt pullari to‘liq Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi;

abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish 15-iyunidan 15-iyuliga qadar (15-iyul kuni ham) bo‘lgan muddatda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi;

bunda, chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga onlayn ro‘yxatdan o‘tish 15-iyunidan 5-iyuliga qadar (5-iyul kuni ham) amalga oshiriladi;

test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini hamda bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim shakllarini tanlash imkoniyati yaratiladi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/cj5U_u0G8FJkOGFi
1.5K views07:19
Ochish/sharhlash
2022-05-18 08:39:09 OTMlarga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida qaror loyihasi e’lon qilindi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” qaror loyihasi e’lon qilindi.

Qaror loyihasida O‘zbekistonda ilk marta masofaviy ta’lim shakli uchun ham alohida davlat buyurtmasi parametrlarini ajratish ko‘zda tutilgan.

Unga ko‘ra, 2022-2023-o‘quv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlarini:

bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:

kunduzgi ta’lim shakliga – 76 728 nafar;
sirtqi ta’lim shakliga – 27 365 nafar;
kechki ta’lim shakliga – 2 575 nafar;
masofaviy ta’lim shakliga – 3 610 nafar;

magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 11 082 nafar;

xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha – 100 nafar etib tasdiqlash taklif etilmoqda.

Shuningdek, qaror loyihasida 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab:

barcha davlat oliy ta’lim muassasalariga davlat buyurtmasi parametrlarini faqatgina davlat grantlari bo‘yicha tasdiqlash;

to‘lov-kontrakt asosidagi qabul o‘rinlarini esa oliy ta’lim muassasalari, moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarining Kuzatuv kengashlari, bo‘ysunuviga ko‘ra tegishli vazirlik va idoralar, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda mustaqil tasdiqlash taklif etilmoqda.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/cj5U_u0G8FJkOGFi
1.4K views05:39
Ochish/sharhlash
2022-05-18 07:12:46 #MatbuotAnjumani
Test sinovlariga tayyorgarlik holati bo‘yicha matbuot anjumani

2022-yil 18-may kuni 15:00 da Milliy matbuot markazida Davlat test markazi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Mavzu: Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik holati

Ishtirokchilar:

Sardor Rajabov – Davlat test markazi direktori o‘rinbosari;
Farxod Mirzayev – Davlat test markazi bosh boshqarma boshlig‘i;
Zafarbek Olimbekov – Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i;
Guljahon Madrahimova – Davlat test markazi yuridik byuro boshlig‘i.

OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.

Matbuot anjumani «UzReport TV» telekanali orqali jonli efirga uzatiladi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/cj5U_u0G8FJkOGFi
1.4K views04:12
Ochish/sharhlash