Get Mystery Box with random crypto!

Davlat Test Markazi

Telegram kanalining logotibi abituriyent_uz_dtmuzb — Davlat Test Markazi D
Telegram kanalining logotibi abituriyent_uz_dtmuzb — Davlat Test Markazi
Kanal manzili: @abituriyent_uz_dtmuzb
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 54.38K
Kanalning ta’rifi

Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!
Yangiliklarni norasmiy sahifamizda sodda hamda barcha tushunadigan tilda o‘qib borishingiz mumkin.
Reklama uchun: @Dtmuzadmin

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2022-06-15 16:39:23 ​​#Bilasizmi #Qabul2022

Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarga oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda qanday imtiyoz berilishini bilasizmi?!

“Mehribonlik” uyi
va Bolalar shaharchalarining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar, SOS – bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, yigirma besh yoshgacha bo‘lgan vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalarga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun qo‘shimcha ravishda bir foizgacha davlat granti asosida qabul kvotalari ajratiladi.

Qo‘shimcha kvotalar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimida taqsimlanadi va abituriyent o‘zi tanlagan barcha oliy ta’lim muassasalarida (abituriyent tanlagan ta’lim shakli doirasida OTMga mazkur imtiyoz uchun qo‘shimcha kvota ajratilgan bo‘lsa) imtiyoz doirasida tanlovda ishtirok etadi.

Alohida ajratilgan kvotalar doirasida tanlovda qatnashib, talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar to‘plagan ballari bilan o‘zlari tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida umumiy tartibda ham tanlovda ishtirok etadilar.

Shuningdek, to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar test sinovlarida ishtirok etish uchun undiriladigan to‘lovdan ozod etiladi.

Huquqiy asoslar:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-apreldagi PQ-4296-son qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi PQ-5216-son qarori.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
1.5K views13:39
Ochish/sharhlash
2022-06-15 16:10:52 Davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha test sinovi natijalari e’lon qilindi

2022-yil 31-may kuni rahbar kadrlar va mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini dt.dtm.uz sayti orqali bilishlari va o‘z sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin.

Buning uchun “Natijani ko‘rish” bo‘limiga talabgorning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish lozim.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
1.3K views13:10
Ochish/sharhlash
2022-06-15 15:06:31 Yoshlarning bandligini ta’minlash muhim vazifa

“O‘quv yili deyarli yakunlandi. Oldimizda 404 ming nafar o‘rta ta’lim, 151 ming nafar kasb-hunar ta’lim, 125 ming nafar oliygoh bitiruvchilari, jami 680 ming nafar yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha muhim vazifa turibdi”, dedi Prezident.

Shu maqsadda barcha hokimlar:

- bitiruvchilar bilan shaxsan uchrashadi;

- ijtimoiy tarmoqlar va OAV orqali uchrashuvlarning aniq vaqti, joyi va telefonlarini e’lon qiladi;

- uchrashuvlarda rektorlar, yirik ish beruvchilar, korxona va klasterlar, mutasaddi idoralar rahbarlari ham ishtirok etadi;

- bitiruvchilarning ishga ehtiyoji, qiziqishi va ko‘nikmalarini o‘rganib, ularning balansini shakllantiradi;

- ish beruvchilarning ehtiyojidan kelib chiqib, monomarkazlarda kasbga tayyorlashni tashkil etadi.

Bu ishlarni amalga oshirish uchun joylarda doimiy ishlaydigan shtablar tuzilishi, ular ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlar va ularning ota-onasi bilan tizimli muloqotni yo‘lga qo‘yishi, kelib tushadigan har bir murojaat tezkor ko‘rib chiqilishi shartligi belgilandi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
1.3K views12:06
Ochish/sharhlash
2022-06-15 13:51:33
Kelgusi yildan texnikumdan oliygohga imtihonsiz kirish mexanizmi bekor qilinadi

“Umuman, texnikumlarga boʻlgan yondashuvlarni oʻzgartirish kerak. Ular oliygohga kirishning oson yoʻli emas, murakkab kasb beradigan, mehnat bozorida raqobat qiladigan tizim boʻlishi kerak”, dedi davlat rahbari.

Moliya vazirligiga oliygoh talabalari uchun joriy etilgan imtiyozli taʼlim kreditini yangi oʻquv yilidan texnikum va kollej oʻquvchilari uchun ham joriy etish topshirildi.

Shuningdek, kollej va texnikumlarda oʻqish uchun davlat grantlari va ehtiyojmand oila aʼzolari uchun subsidiyalar koʻpaytiriladi.

Oliy taʼlim vazirligiga ikki oy muddatda 207 ta texnikum faoliyatini oʻrganib, samarasiz ishlayotgan 70 ta texnikumni tugatishga topshiriq berildi.

Ularning 25 tasi monomarkazlar tashkil etish uchun Bandlik vazirligiga oʻtkaziladi, qolgan 45 tasi negizida kasb-hunar maktablari tashkil etiladi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
1.5K views10:51
Ochish/sharhlash
2022-06-14 18:14:51
#XUShXABAR

Xitoy Xalq Rеspublikasining mamlakatimizdagi elchixonasi ko'magida yurtimiz oliy o'quv yurtlari talabalari o'rtasida “Xitoy tili ko'prigi-2022” xitoy tili bo'yicha 21-notiqlik san'ati tanlovi bo'lib o'tdi.

Unda Toshkеnt davlat sharqshunoslik, O'zbеkiston davlat jahon tillari hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya univеrsitеtlari, Samarqand davlat chеt tillar instituti, TDShU va SamDChTI qoshidagi Konfusiy instituti kabi qator еtakchi oliy o'quv yurtlaridan 12 nafar talaba ishtirok etdi.

Tanlov yakuniga ko'ra TDShU talabasi Abduvohidov Abdulfayz gran-pri sohibi bo'ldi. Talabamiz endilikda tanlovning Xitoyda bo'lib o'tadigan yakuniy bosqichida rеspublikamiz sharafini himoya qiladi.

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi A. Abduvohidovni samimiy qutlab, unga xalqaro bosqichda yurtimiz sharafini munosib himoya qilishiga ishonch bildiradi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
958 views15:14
Ochish/sharhlash
2022-06-14 17:55:42
#Bilasizmi

Qonunchilikka koʻra, pedagogika taʼlim sohasining 6 ta taʼlim yoʻnalishida oʻqish muddati uch yil etib belgilangan

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
953 views14:55
Ochish/sharhlash
2022-06-14 16:49:22
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi o‘tkaziladigan joylar

Ma’lumki, 2022-yil 16-17-18-iyun kunlari barcha hududlarda chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

Test topshiruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida test sinovi o‘tkaziladigan joylar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va ularning geolokatsiyalari shakllantirildi.

Talabgorlar mazkur ma’lumotlar bilan quyidagi havola orqali tanishishlari mumkin: https://telegra.ph/Chet-tili-06-14.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
1.1K views13:49
Ochish/sharhlash
2022-06-14 13:15:39
Imtiyozlar guldastasi – OTMlarga o‘qishga kirishda kimda qanday imtiyoz bor?

Mard o‘g‘lon", “Nihol" va Zulfiya nomidagi mukofotlar egalari, turli-tuman tanlovlar g‘oliblari, organ xodimlari va o‘rmonchilarning farzandlari, hokim yordamchilari va muayyan hudud yoshlari uchun uchun eksklyuziv imtiyozlar. Oliy ta’limga kirishda beriladigan imtiyozlarning turi ham, ularning berilish shakllari ham har xil: ba’zilari grant uchun, ba’zilari kontraktga, ba’zilari sirtqi ta’limga, ba’zilari istalgan ta’lim shaklida o‘qishga beriladi.

Prezident qarori bilan korrupsiyaga moyil munosabatlarni bartaraf etish bo‘yicha choralar dasturi tasdiqlandi.

Dasturga ko‘ra, OTMlarga o‘qishga kirish uchun beriladigan ...


Barcha abituriyentlarga tarqating

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
1.2K views10:15
Ochish/sharhlash
2022-06-14 11:15:00 Mavsum boshlandi: o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qiladigan firibgarlar ham ko‘paydi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXX tomonidan o‘tkazilayotgan tezkor tadbirlarda:

Bag‘dod tumanida fuqaro M.Y. boshqa bir fuqaro N.ning ishonchiga kirib, uni 5 000 AQSH dollari evaziga Qo‘qon davlat pedagogika institutining jismoniy tarbiya fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, shundan 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Nurafshon shahrida fuqaro M.U. boshqa bir fuqaro Sh’ni Rossiya Federatsiyasi Texnika universitetiga imtihonlarsiz o‘qishga kiritib, keyinchalik o‘qishini Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ishlovchi tanishlari orqali ushbu universitetning 2-kursiga ko‘chirib qo‘yishni va’da qilib, evaziga 3 200 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Fuqaro O.T. fuqarolar F. va M’ni tanishlari yordamida Qarshi davlat universitetining “Tarix” va “Boshlang‘ich ta’lim” fakultetlariga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga jami 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Sariosiyo tuman Pedagogika kolleji direktori o‘rinbosari Sh.Q. fuqaro N’ni 5 million so‘m evaziga ushbu kollejga o‘qishga kiritib qo‘yishga yordam berishni va’da qilib, shundan 100 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
1.3K views08:15
Ochish/sharhlash
2022-06-13 19:11:18 ​​ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash uchun o‘tkaziladigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, test sinovining yozma qismi 16-17-18-iyun kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 20-28-iyun (26-iyundan tashqari) kunlari o‘tkaziladi.

Test sinovlari barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz sayti orqali “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so‘raladi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
921 views16:11
Ochish/sharhlash