Get Mystery Box with random crypto!

Test sinovi uchun to‘lov undirilmaydigan abituriyentlar toifas | Davlat Test Markazi

Test sinovi uchun to‘lov undirilmaydigan abituriyentlar toifasi kengaydi

Ma’lumki, Prezidentning 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son qaroriga muvofiq test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

Bunda quyidagi toifadagi abituriyentlardan to‘lov undirilmaydi:

test sinovlari tashkil etilayotgan yilda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar;
nogironligi bo‘lgan shaxslar;
to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar (“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari).

Prezidentning 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmoni bilan quyidagi 2 toifadagi abituriyentlar ham test sinovi uchun to‘lovdan ozod etildi:

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.

Demak 2022-yil 1-iyundan boshlab mazkur 2 toifadagi abituriyentlardan ham test sinovi uchun to‘lov undirilmaydi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/cj5U_u0G8FJkOGFi