Get Mystery Box with random crypto!

Davlat Test Markazi

Telegram kanalining logotibi abituriyent_uz_dtmuzb — Davlat Test Markazi D
Telegram kanalining logotibi abituriyent_uz_dtmuzb — Davlat Test Markazi
Kanal manzili: @abituriyent_uz_dtmuzb
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 54.38K
Kanalning ta’rifi

Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!
Yangiliklarni norasmiy sahifamizda sodda hamda barcha tushunadigan tilda o‘qib borishingiz mumkin.
Reklama uchun: @Dtmuzadmin

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2022-06-11 19:30:52 Oʻqishni koʻchirish hamda magistratura qabuliga oid ovozli chatning toʻliq audiosi

Ushbu audiofaylda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov bilan boʻlgan suhbatimizni tinglashingiz mumkin.

xushnudbek

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
833 views16:30
Ochish/sharhlash
2022-06-11 16:43:14 #Ovozli_chat #Audio
Davlat test markazi faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha ovozli chat audiosi

2022-yil 10-iyun kuni Davlat test markazi faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha ovozli chat o‘tkazildi.

Ochiq muloqot davomida OTMlarga kirish test sinovlari, chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazish, yuridik universitetga kirishda huquqshunoslik fanidan test topshirilishi, xotin-qizlar uchun berilgan imtiyoz, maqsadli qabul, talabalar o‘qishini xorijdan O‘zbekistonga ko‘chirish uchun o‘tkaziladigan test sinovlari va boshqa ko‘plab masalalar bo‘yicha savollarga Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Radjabov va tegishli boshqarma boshliqlari tomonidan aniq va batafsil javob berildi.

Ovozli chatda ishtirok eta olmaganlar uchun ovozli chatning audio yozuvi telegram kanalimizga joylanmoqda.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
1.1K views13:43
Ochish/sharhlash
2022-06-11 13:01:11
#TANISHUV

Prezident topshirigʻi ijrosi amalda

Kuni kecha Prezident tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida ayni damda poytaxtimizdagi barcha oliy taʼlim muassasalari rektorlari va masʼullar Toshkent shahridagi “D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi filiali kampusini vazir boshchiligida koʻzdan kechirishmoqda.

Ular quyoshdan quvvat oluvchi tizim faoliyati bilan yaqindan tanishishmoqda. Maqsad barcha oliy taʼlim muassasalarida mavjud energiya resurslarini bosqichma-bosqich muqobil energiya resurslari bilan almashtirish borasida oʻzaro tajriba va fikr almashish.

Birozdan soʻng esa, vazir A. Toshqulov rahbarligida bu boradagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan kengaytirilgan Hayʼat kengashi majlisi boʻlib oʻtadi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
1.1K views10:01
Ochish/sharhlash
2022-06-11 12:33:28
​​​​#Perevod #Qabul
Abituriyentlar uchun ajoyib taklif.
Endilikda siz imtixonlarsiz TALABA boʻlishingiz mumkin.

O'rta Osiyodagi unversitetlarning birinchi hamkori
Grand Study Service Consulting

Qabul boshlandi
Turkiya
Koreya

O’zbekistonga PEREVOD

50dan ortiq yo’nalishlar


Ta'lim turi: kunduzgi va sirtqi

Bakalavr darajasi

Litsenziya/Akkreditatsiyaga ega

O'zbekistonda tan olinadigan Diplom

Sentabrdan Xoxlovchilar uchun O’zbekiston davlat o’qishlariga ko’chirish imkoniyati IMTIXONLARIZ Kompaniya bunga sizga yordam beradi.

Firma To’lovi: 6.000.000 dan 10.000.000 so’mgacha Universitetga qarab! Chegirma asosida .

Shoshilib qoling joylar soni chegaralangan.

Xujjatlar 2 tomonlama yuridik shartnoma asosida qabul qilinadi.

Murojaat uchun:
+998971901200
| @GrandStudy1
+998971901300 | @Grandstudy2
+998971901400 | @GrandStudy3
+998950941500 | @Operator_Grand
Manzil: Toshkent sh, Chilonzor 12-kvartal
Orientir:Farxod bozor

Telegram kanal @gss_uz
1.1K views09:33
Ochish/sharhlash
2022-06-10 17:05:45
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

2022-yil 26-27-28-may kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.

Test sinovlarining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 1-10-iyun (4-5-iyundan tashqari) kunlari gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari tashkil etildi.

Imtihonlar barcha hududlarda Davlat test markazi tomonidan maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron tarzda o‘tkazildi.

Unda ingliz, nemis, xitoy, koreys, yapon, turk, fors, urdu, dariy, pushtu, ispan va italyan tillari bo‘yicha 4 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi.

Talabgorlarning gapirish ko‘nikmasini baholash uchun autsorsing asosida respublikamizning turli hududlarida faoliyat olib borayotgan malakali mutaxassislar jalb etildi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
1.0K views14:05
Ochish/sharhlash
2022-06-10 15:51:12
#Diqqat #Tezkor

Umumtaʼlim maktablarida 2023 yildan yakuniy davlat imtihonlarini davlat test markazi oladi.

Yakuniy davlat imtihonlaridan oʻta olmagan oʻquvchilar attestat ham ololmay qolishi mumkin.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
1.3K views12:51
Ochish/sharhlash
2022-06-10 13:59:22
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov ijtimoiy tarmoqlarda o‘qishni ko‘chirish bilan bog‘liq turli xil talqin qilinayotgan fikrlarga munosabat bildiribdi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
1.3K views10:59
Ochish/sharhlash
2022-06-09 16:36:47
#Bilasizmi #Qabul2022

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda qanday imtiyozlar berilishini bilasizmi?!

I, II va III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda nogiron bolalar test sinovi uchun to‘lovdan ozod etiladi.

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda nogiron bolalar uchun alohida ikki foizli davlat granti kvotalari ajratiladi.

Ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun oliy ta’lim muassasalari tomonidan maxsus imtihon tashkil etiladi.

Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan ko‘zi ojiz abituriyentlar Davlat komissiyasi qarori asosida tanlovsiz, alohida ajratilgan o‘rinlarga davlat granti asosida qabul qilinadi.

Batafsil yuqoridagi rasmda

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
1.2K views13:36
Ochish/sharhlash
2022-06-09 15:55:27 O'QISHNI KO'CHIRISHDA SUPER KONTRAKT MIQDORI QANCHA

Imtihonlardan yetarli ball ololmay qolgan talabalar o'z xoxishlariga ko'ra, super-kontrakt asosida o'qishlari mumkin. Uning miqdorini quyidagicha hisoblashingiz mumkin.

Agar 0.1 balldan — 1.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 1.5 barobarini to'laydi;
Agar 1,1 baldan — 2,0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2 barobarini to'laydi;
Agar 2,1 baldan — 3.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2.5 barobarini to'laydi;
Agar 3,1 balldan — 4.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 3 barobarini to'laydi;

Agar 4,0 balldan ortiq ball yetmasa va u 56.7 ball ballni to'plagan bo'lsa tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktning minimal miqdorini to'laydi. Bu miqdor yo'nalishlarga qarab 8 barobardan 20 barobargacha tashkil etadi

Agar talaba 56.6 va undan kam ball to'plaganlar tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktining minimal miqdorining 2 barobarini to'laydi. Ya'ni super kontrakt 10 barobar bo'lsa, 56.6dan kam to'plaganlar 20 barobar to'laydi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
1.1K views12:55
Ochish/sharhlash
2022-06-09 15:21:43
#Nodavlat_tashkilotlar

Yaqin kunlarda 2022-2023 oʻquv yili uchun qabul jarayonlari boshlanadi.

Bunda abituriyentlar soxta nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga aldanib qolmasligi uchun qaysi jihatlarga eʼtibor berishlari kerak?

Nodavlat oliy taʼlim muassasasining haqiqiyligini qanday aniqlash mumkin?

“Yoshlar” telekanalining “Yangi davr” informatsion dasturi ijodkorlari tomonidan tayyorlangan lavhani tomosha qilib, yuqoridagi kabi savollarga javob olishingiz mumkin.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
1.2K views12:21
Ochish/sharhlash