Get Mystery Box with random crypto!

Davlat Test Markazi

Telegram kanalining logotibi abituriyent_uz_dtmuzb — Davlat Test Markazi D
Telegram kanalining logotibi abituriyent_uz_dtmuzb — Davlat Test Markazi
Kanal manzili: @abituriyent_uz_dtmuzb
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 54.38K
Kanalning ta’rifi

Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!
Yangiliklarni norasmiy sahifamizda sodda hamda barcha tushunadigan tilda o‘qib borishingiz mumkin.
Reklama uchun: @Dtmuzadmin

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-06-21 06:49:14
Bu yilgi qabul jarayonidagi muhim yangiliklar

ijodiy imtihon topshiruvchi abituriyentlar ham 3 ta majburiy fanlardan test topshirishadi;

o‘qishga kirish imtiyozlarining kvotalari alohida qilinadi;

xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalariga davlat tomonidan 500 ta grant ajratiladi;

xorijiy OTMlar uchun ajratiladigan kvota bu yil 2 baravarga oshiriladi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
1.5K views03:49
Ochish/sharhlash
2022-06-20 18:17:48
Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2022-yil 26-27-28-may hamda 1-10-iyun (4-5-iyundan tashqari) kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, test sinovida ishtirok etgan talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limida o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Bunda test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
996 views15:17
Ochish/sharhlash
2022-06-20 14:13:46 Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyga talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

2022-yil 20-iyun kuni Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyga o‘qishga kirish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining litsey.dtm.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshirilmoqda.

Ro‘yxatga olish jarayoni “Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyga o‘qishga qabul qilish uchun test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi” nizomga muvofiq 10-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
1.2K views11:13
Ochish/sharhlash
2022-06-20 09:56:27
Bugundan akademik litseylarga qabul boshlanadi

Bugun, 20 iyundan eʼtiboran 2022/2023 oʻquv yili uchun akademik litseylarga umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni litsey.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilish jarayonlari boshlanadi.

Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida tizimga shaxsiy maʼlumotlarni kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:

— joriy yilda 9-sinfni bitirganlik toʻgʻrisidagi shahodatnoma;
— 3,5x4,5 sm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat;
— oʻqishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
1.6K views06:56
Ochish/sharhlash
2022-06-20 09:23:00
#Qabul2022
Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma (rus tilida)

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

- - -

Видеопособие по онлайн-регистрации для поступления в высшие образовательные учреждения (на русском языке)

Просмотр на YouTube (в формате HD)

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
1.4K views06:23
Ochish/sharhlash
2022-06-20 08:36:33
Hurmatli abituriyentlar!
Farg'ona shahridagi O'zbekiston-Koreya Xalqaro Universiteti 2022/2023-o'quv yili uchun qabul boshlanganligini ma'lum qiladi hamda barcha yo'nalishlar uchun chegirmalar taqdim etadi.
Ijtimoiy gumanitar fanlar 3000$ 2550$ ;
1. Maktabgacha ta'lim
2. Turizm menejmenti
3. Xalqaro savdo
4. Koreys tili
5. Ingliz filologiyasi
6. Menejmet va kompyuterlashtirilgan buxgalteriya hisobi.
Texnik muhandislik fanlar 3200$ 2720$ ;
7. Avtomobilsozlik muhandisligi
8. Mashinasozlik muhandisligi
9. Arxitektura muhandisligi
10. Qurilish muhandisligi
11. Internet va axborot kommunikatsiyasi.
———————————————————————
12. Elektrotexnika va elektronika 2240$
13. Kimyo muhandisligi 2240$
Hujjatlaringizni
www.applykiuf.uz sayti orqali onlayn tarzda topshirishingiz mumkin.
• Manzil: Farg'ona shahri Alisher Navoiy ko'chasi 55/3- uy
Qabul komissiyasi:
+99895401-94-54, +99895401-94-55, +99895401-94-56
Fаcebook | Instagram | Telegram | YouTube
1.5K views05:36
Ochish/sharhlash
2022-06-20 05:31:18
#Qabul2022
Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish tartibi

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
1 view02:31
Ochish/sharhlash
2022-06-20 05:30:59
#Qabul2022
Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
20 views02:30
Ochish/sharhlash
2022-06-20 05:30:15 #Qabul2022
Barcha abituriyentlar diqqatiga!

Bugun, 20-iyun kuni 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlanadi.

Bunda abituriyentlar telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazib, pasport ma’lumotlari, doimiy yashash manzili va tugatgan ta’lim muassasasi bo‘yicha ma’lumotlarni kiritishlari, shuningdek, imtiyozlari mavjud bo‘lsa, ularni tekshirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin.

Ta’lim yo‘nalishlarini esa 2022-2023-o‘quv yili uchun qabul parametrlarining ta’lim tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlanganidan so‘ng tanlash mumkin bo‘ladi.

Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn amalga oshiriladi.

Ro‘yxatga olish 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham) davom etadi va abituriyentlar 20-iyulga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin bo‘ladi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga onlayn ro‘yxatga olish esa 10-iyulga qadar (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
30 views02:30
Ochish/sharhlash
2022-06-19 09:39:00 ​​​​​ DTM imtihonlarida tushadigan qiyinlik darajasi eng yuqori test savollari qanday boʻladi?

Maʼlumotlarga koʻra, DTM test topshirigʻi hozirda qiyinlik darajasi asosida tuziladi:

1-qiyinlik daraja – abituriyentning xotirlash qobiliyatini aniqlovchi, fanga oid u qadar murakkab boʻlmagan bir necha atama, hodisa, qoida yoki qonuniyatni bilishni talab qiluvchi daraja;

2-qiyinlik daraja – abituriyentdan tahlil qila olish va mantiqiy fikrlashni, fanga oid ikki-uch atama, hodisa, qoida yoki qonuniyatni bir vaqtda qoʻllay bilishni talab qiluvchi daraja;

3-qiyinlik daraja – abituriyentning toʻgʻri javobni topish uchun zarur boʻlgan uch va undan ortiq atama, hodisa, qoida va qonuniyatlarni bir-biriga bogʻlab ishlata olish qobiliyatini, shuningdek, mantiqiy fikrlashni talab qiluvchi daraja.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
1.7K views06:39
Ochish/sharhlash