Get Mystery Box with random crypto!

Akademik litseylar bitiruvchilari uchun chet tili imtihonlari | Davlat Test Markazi

Akademik litseylar bitiruvchilari uchun chet tili imtihonlari

28-29-aprel kunlari akademik litseylar bitiruvchi bosqich o‘quvchilarining chet tilini bilish darajasini aniqlash uchun malaka imtihoni bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910 qaroriga asosan bepul tarzda tashkil etilgan malaka imtihonining tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish qismi yakunlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan test sinovida jami 4 604 nafar talabgordan 4 049 nafari (87,9%) ishtirok etdi, 555 nafari (12,1%) test sinovlarida qatnashmadi. Shuningdek, amaldagi tartibni buzganligi uchun 9 nafar test topshiruvchi jarayondan chetlashtirildi.

Mazkur jarayonning gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 17-20- va 23-25-may kunlari o‘tkazilishi belgilangan.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/cj5U_u0G8FJkOGFi