Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyent

Telegram kanalining logotibi abituriyent_dtmuzb_dtm_uz — Abituriyent A
Telegram kanalining logotibi abituriyent_dtmuzb_dtm_uz — Abituriyent
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24
Kanalning ta’rifi

@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
- Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.
📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot
📬 Reklama: https://t.me/ SwAo-YikrkZzu9el

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2022-04-21 15:00:06 ​​​​ Talaba farzandli bo'lganida OTM tomonidan unga 490.000 so'm nafaqa puli beriladi

"Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida" nizomga asosan quyidagi qoidalar belgilangan:

Ishlayotgan ayollarga, hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida, magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturada tahsil olayotgan ayollarga bola tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa tegishlicha ish yoki oʻqish joyidan toʻlanadi.

Talaba OTMga arizani bola tug'ilgan kunidan boshlab olti oydan kechiktirmay taqdim etadi va unga rahbariyat tomonidan belgilangan nafaqa pulini 10 kundan kechiktirmay to'lab berish majburiy hisoblanadi. Hozirgi kunda nafaqa puli miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarini (490.000 so'mni) tashkil etadi.

Nafaqani olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

OTM rektori nomiga ariza;
• Pasport nusxasi;
• Tug'ilganlik haqida guvohnoma nusxasi.


Agar bolaning onasi ishlamaydigan va o‘qimaydigan hollarda nafaqa bolaning ishlaydigan yoki ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiydigan otasi yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarga to‘lanadi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
25.3K views12:00
Ochish/sharhlash
2022-04-21 12:47:18
#Tezkor #Rasman

MAKTAB IMTIHONLARI BEKOR QILINDI-MI ?


5-6-7-8 hamda 10-sinflarning bosqichli imtihonlari bo‘lmaydi — XTV.

O‘zbekiston maktablarida 9- va 11-sinf o‘quvchilarini yakuniy nazorat imtihonlari 26-maydan 15-iyunga qadar o‘tkaziladi.

Xalq ta’limi vazirligi

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
24.3K viewsedited  09:47
Ochish/sharhlash
2022-04-19 11:31:04
Bu yil test topshirish uchun abituriyentlarda faqat ID karta bo'lishi kerakmi?

JAVOB: Yo'q, biometrik pasport ham bo'laveradi.

Xalq talimi vazirligining endigina 16 yoshga to'lgan bitiruvchi o'quvchilarga ID karta olish kerakligi xaqida tarqatgan malumotidan so'ng, ko'pchilik buni noto'g'ri talkin qilibdi.

Ya'ni ayrimlar boshqa abituriyentlar ham ID karta olish shart, biometrik yashil pasport bilan bu yil testga kirib bo'lmas ekan, degan gaplarni tarqatishmoqda. Ammo bu xabalar mutlaqo noto'g'ri.

Testga kirish uchun shahsni tasdiqlovchi xujjatdan biri - yoki biometrik pasport, yoki ID karta bo'lishi kerak. Biometrik pasport borlarga ID karta shart emas.

Shunchaki, 2022 yilda 16 yoshga to'lgan maktab o'quvchilari faqat ID karta olishlari mumkin, chunki hozir biometrik pasport berilmayapti. Shu tufayli mana shunday noto'g'ri gap tarqalib ketgan bo'lsa kerak.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
25.6K views08:31
Ochish/sharhlash
2022-04-19 10:11:32
Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

Joriy yilda maktabni tamomlab, oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirishni rejalashtirgan 16 yoshga toʻlgan maktab bitiruvchilari oʻz vaqtida fuqarolik pasporti, yaʼni ID karta olishlari shart.

XTV maʼlumotiga koʻra, ayni paytda 16 yoshga toʻlgan 122 mingdan ortiq bitiruvchilar ID karta olmagan.

OTMlarga abituriyentlarning hujjatlari Davlat test markazining dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi. Onlayn hujjat topshirishda abituriyentlar yoki biometrik pasport, yoki ID karta maʼlumotlarini kiritish talab etiladi.

Shu bois, 16 yoshga toʻlgan (oʻquv yili oxiriga qadar toʻladigan) bitiruvchilar oʻz vaqtida, yana ham aniqrogʻi OTMga qabul jarayonlari boshlangunga qadar ID karta olish harakatida (hozir biometrik pasport bermayapti, faqat ID karta beriladi) boʻlishlarini tavsiya etamiz.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
24.7K viewsedited  07:11
Ochish/sharhlash
2022-04-17 12:30:40
Rasman: “Perevod” imtihoni 5 ta fandan boʻladi. Maksimal ball – 189.0

Bu yilgi oʻqishni koʻchirish imtihonlari 5 ta fandan boʻlib oʻtadi. 3 ta majburiy va 2 ta mutaxassislik fanlari.

Jumladan:
Mutaxassislik fanlari: 20 tadan savol 3,15 ball
Majburiy bloklar: 10 tadan savol 2,1 ball (ona-tili, Oʻzbekiston tarixi, matematika)

Umumiy 70 ta savol. Maksimal toʻplash mumkin boʻlgan ball - 189 ballni tashkil etadi.

Perevodchilarga tarqating!

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
26.3K views09:30
Ochish/sharhlash
2022-04-08 08:59:59
Oʻqishni koʻchirish boʻyicha oʻtish ballari tasdiqlandi !

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining tegishli buyrugʻi bilan 2022/2023 oʻquv yilida xorijiy davlatlardagi oliy taʼlim muassasalari, respublikamizda faoliyat yuritayotgan nodavlat va xorijiy (filiallar) oliy taʼlim muassasalaridan davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishni koʻchirish uchun oʻtish ballari tasdiqlandi.

Joriy yil tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralarning takliflari umumlashtirilib, taʼlim sohalari kesimida oʻtish ballari belgilandi.

Oʻtish ballarini yoʻnalishlar kesimida bilish uchun maxsus platforma:
@infoeduuz_bot
info.edu.uz

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
29.1K views05:59
Ochish/sharhlash
2022-04-07 13:31:18 Diplomlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadigan xorijiy OTMlar ro‘yxati tasdiqlandi

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 14-fevraldagi 01/qq- va 6-q/q -sonli qo‘shma qarori bilan xalqaro tan olingan Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities tashkilotlari tomonidan e’lon qilingan oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatiga kiritilgan oliy ta’lim muassasalarining 2022-yil uchun ro‘yxati tasdiqlandi.

Qayd etish lozim, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyundagi “Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibini takomillashtirish haqida”gi 620-son qarorga muvofiq, ushbu ro‘yxatga kiritilgan, ya’ni xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning (QS, THE, ARWU) reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatidan joy olgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarida olingan diplomlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
26.5K viewsedited  10:31
Ochish/sharhlash
2022-04-05 09:00:35 ​​ Bilasizmi? IELTS 5.0 sertifikati o‘qishga kirishda imtiyoz beradimi?

JAVOB: ​​"Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tatbiq qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №395 qarori qabul qilingan.

Qarorga ko‘ra, 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab chet tili fani nechinchi blok bo‘lishidan qat’iy nazar maksimal ball olishni istasangiz, sizdan IELTS sertifikat uchun kamida 5.5 daraja talab etiladi. Toshkent davlat yuridik universiteti uchun ham umumiy IELTS 5.5 (bunda writing qismi ham 5.5 bo‘lishi kerak) talabi qo‘yilgan.

Demak, IELTS 5.0 ballga ega abituriyent davlat OTMlariga kirishda alohida imtiyozga ega emas. Kamida 5.5 bo‘lishi kerak!

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
27.0K viewsedited  06:00
Ochish/sharhlash
2022-04-03 08:40:15 OTMlarga 2022/2023 o‘quv yili kirish imtihonlari uchun 94 ta katta sig‘imli pavilyon hamda 53 ta stadion va xiyobon tanlangan

AOKAda Davlat test markazi rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Markaz tomonidan 2021 yilda amalga oshirilgan ishlar, topshiriqlar ijrosi va 2022 yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar haqida maʼlumot berildi:

O‘tayogan o‘quv yili uchun kirish imtihonlarida 1 mln 792 ming 40 nafar nomzod onlayn ro‘yxatdan o‘tgan.

Imtiyozli
qabul ko‘rsatkichlari bo‘yicha jami 13 080 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi.

2022 yilda belgilangan ustuvor vazifalarga ko‘ra, test sinovlari natijalarini eʼlon qilish muddati 3 haftadan 1 haftagacha qisqartirildi;

Chet tillaridan test sinovlariga xalqaro standartlar asosida ko‘p darajali (multilevel) test tizimi joriy etiladi va 5000 nafardan ortiq talabgorga sinovlarni onlayn topshirish imkoniyati yaratiladi.

Imtihonda telefon yoki shpargalka bilan qo‘lga tushgan abituriyentlar birdaniga 5-7 yilgacha chetlashtirilishi mumkin.

DTM Adliya vazirligi va Bosh prokuratura bilan hamkorlikda taqiqlangan vositalardan foydalangan abituriyentlar uchun qonuniy choralar ko‘rish yo‘llari ustida ishlamoqda.


Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
27.4K viewsedited  05:40
Ochish/sharhlash
2022-03-29 16:32:37
Bu yilgi test sinovlari bo‘yicha ham 2 xil ssenariy tayyorlanmoqda !

Bu haqda DTM direktori Majit Karimov ma’lum qildi.

Joriy yilda 1 mln nafardan ko‘proq abituriyent OTMlarga kirish uchun hujjat topshirishi kutilmoqda.

Ayni paytda DTM tomonidan testlarni o‘tkazish bo‘yicha 2 xil ssenariy ustida ish olib borilmoqda:

Test sinovlarini an’anaviy shaklda 94 ta katta sig‘imli binolarda o‘tkazish;

Agar mabodo karantin qoidalari kuchaytirilsa, test sinovlarini 2020 va 2021-yildagi kabi 53 ta ochiq maydonlar (stadion va xiyobonlar)da o‘tkazish.


Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
27.2K views13:32
Ochish/sharhlash