Get Mystery Box with random crypto!

Bu yil test topshirish uchun abituriyentlarda faqat ID karta b | Abituriyent

Bu yil test topshirish uchun abituriyentlarda faqat ID karta bo'lishi kerakmi?

JAVOB: Yo'q, biometrik pasport ham bo'laveradi.

Xalq talimi vazirligining endigina 16 yoshga to'lgan bitiruvchi o'quvchilarga ID karta olish kerakligi xaqida tarqatgan malumotidan so'ng, ko'pchilik buni noto'g'ri talkin qilibdi.

Ya'ni ayrimlar boshqa abituriyentlar ham ID karta olish shart, biometrik yashil pasport bilan bu yil testga kirib bo'lmas ekan, degan gaplarni tarqatishmoqda. Ammo bu xabalar mutlaqo noto'g'ri.

Testga kirish uchun shahsni tasdiqlovchi xujjatdan biri - yoki biometrik pasport, yoki ID karta bo'lishi kerak. Biometrik pasport borlarga ID karta shart emas.

Shunchaki, 2022 yilda 16 yoshga to'lgan maktab o'quvchilari faqat ID karta olishlari mumkin, chunki hozir biometrik pasport berilmayapti. Shu tufayli mana shunday noto'g'ri gap tarqalib ketgan bo'lsa kerak.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube