Get Mystery Box with random crypto!

OTMlarga 2022/2023 o‘quv yili kirish imtihonlari uchun 94 ta k | Abituriyent

OTMlarga 2022/2023 o‘quv yili kirish imtihonlari uchun 94 ta katta sig‘imli pavilyon hamda 53 ta stadion va xiyobon tanlangan

AOKAda Davlat test markazi rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Markaz tomonidan 2021 yilda amalga oshirilgan ishlar, topshiriqlar ijrosi va 2022 yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar haqida maʼlumot berildi:

O‘tayogan o‘quv yili uchun kirish imtihonlarida 1 mln 792 ming 40 nafar nomzod onlayn ro‘yxatdan o‘tgan.

Imtiyozli
qabul ko‘rsatkichlari bo‘yicha jami 13 080 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi.

2022 yilda belgilangan ustuvor vazifalarga ko‘ra, test sinovlari natijalarini eʼlon qilish muddati 3 haftadan 1 haftagacha qisqartirildi;

Chet tillaridan test sinovlariga xalqaro standartlar asosida ko‘p darajali (multilevel) test tizimi joriy etiladi va 5000 nafardan ortiq talabgorga sinovlarni onlayn topshirish imkoniyati yaratiladi.

Imtihonda telefon yoki shpargalka bilan qo‘lga tushgan abituriyentlar birdaniga 5-7 yilgacha chetlashtirilishi mumkin.

DTM Adliya vazirligi va Bosh prokuratura bilan hamkorlikda taqiqlangan vositalardan foydalangan abituriyentlar uchun qonuniy choralar ko‘rish yo‘llari ustida ishlamoqda.


Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube