Get Mystery Box with random crypto!

​​ Bilasizmi? IELTS 5.0 sertifikati o‘qishga kirishda imtiyoz | Abituriyent

​​ Bilasizmi? IELTS 5.0 sertifikati o‘qishga kirishda imtiyoz beradimi?

JAVOB: ​​"Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tatbiq qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №395 qarori qabul qilingan.

Qarorga ko‘ra, 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab chet tili fani nechinchi blok bo‘lishidan qat’iy nazar maksimal ball olishni istasangiz, sizdan IELTS sertifikat uchun kamida 5.5 daraja talab etiladi. Toshkent davlat yuridik universiteti uchun ham umumiy IELTS 5.5 (bunda writing qismi ham 5.5 bo‘lishi kerak) talabi qo‘yilgan.

Demak, IELTS 5.0 ballga ega abituriyent davlat OTMlariga kirishda alohida imtiyozga ega emas. Kamida 5.5 bo‘lishi kerak!

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube