Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyent

Telegram kanalining logotibi abituriyent_dtmuzb_dtm_uz — Abituriyent A
Telegram kanalining logotibi abituriyent_dtmuzb_dtm_uz — Abituriyent
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24
Kanalning ta’rifi

@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
- Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.
📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot
📬 Reklama: https://t.me/ SwAo-YikrkZzu9el

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2022-01-18 14:43:40
Samarqand - Koreya Xalqaro universiteti va Joonbu Unversiteti Hamkorligida qabulni boshladi.


Universitet bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zbek, koreys va ingliz tillarida, shuningdek, kunduzgi va sirtqi ta’lim yo‘nalishlarini taklif etadi.

Fakultetlar:
Iqtisodiyot;
Moliya;
IT va informatika;
Ingliz tili filologiyasi;
Koreys tili filologiyasi;
Boshlang’ich ta’lim;
Maktabgacha bo’lgan ta’lim.

Kerakli hujjatlar:
Pasport nusxasi;
Diplom yoki attestat asl nusxasi ilovasi bilan;
12 ta 3/4 formatdagi rasm.

Qabul 26 yanvargacha davom etadi.
Imtihonlar suhbat asosida bo’lib o’tadi.

Qo’shimcha ma’lumotlarni quyidagi raqam orqali bilib olishingiz mumkin:

+998 94 135 44 45
+998 99 126 44 45
+998 90 826 44 45

Hujjatlar shu yerdan qabul qilinadi.

Telegram | Instagram | Facebook | Saytimiz
32.1K viewsedited  11:43
Ochish/sharhlash
2022-01-18 12:40:02 Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan
talabgorlar diqqatiga !


Ma’lumki, chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra, test sinovining yozma qismi 20-yanvar kuni, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 21-22- va 24-yanvar kunlari o‘tkazilishi e’lon qilingan edi.

Keyingi kunlarda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlarining ortib borayotganligi, shuningdek, Respublika maxsus komissiyasining 2022-yil 15-yanvardagi qarori asosida turli ommaviy tadbirlar tashkil etish taqiqlanganligi va karantin cheklovlari sharoitida aholi salomatligini saqlash ustuvor maqsad ekanligini hisobga olib, 2022-yil 20-24-yanvar kunlari chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovini o‘tkazish vaqtincha qoldirildi.

Pandemiya sharoitini hisobga olgan holda mazkur imtihonlarni o‘tkazish rejasi ishlab chiqilgach, Davlat test markazining rasmiy veb-sayti, telegram kanali, talabgorlarning shaxsiy kabineti hamda SMS xabarnoma orqali imtihon sanalari haqida ma’lum qilinadi.


Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
32.2K views09:40
Ochish/sharhlash
2022-01-18 12:10:28
Abiturientlarning diqqatiga

Britaniya Menejment universiteti O'zbekistondagi barcha o'quv markazlari va maktab bitiruvchilari uchun Jonli muloqotda abiturientlarni qiziqtirgan barcha savollarga javob beradi

Telegramdagi jonli muloqotimiz 19-yanvar, 2022. Soat 19:00 da boshlanadi

Siz tomoningizdan beriladigan savollarga javob berishdan xursand bo'lamiz

Kimlar qatnashsa bo'ladi?

Bo'lajak talabalar, ota-onalar, maktab bitiruvchilari, o'quv markazilari tinglovchilari.

Barchangizni taklif qilamiz

Jonli muloqot mavzulari:

-Universitetga qabul (talablar va jarayon)
-O'quv dasturlari (Bakalavriat va Pre-Foundation dasturi)
-Grand yutish va stipendiya imkoniyatlari
-Savollar va ularga javoblar

Meeting'ga havola: https://t.me/bmuedu?livestream=6cf7f7237e8b227794

Qo'shimcha va boshqa ma'lumotlar uchun:

Website: www.bmu-edu.uz
Phone: +998 95-511-9999
Instagram: @bmuedu
Telegram Channel: t.me/bmuedu
32.2K views09:10
Ochish/sharhlash
2022-01-15 08:10:03
Chet tili imtihoni sanalari belgilandi !

Unga ko‘ra, test sinovining yozma qismi 20-yanvar kuni, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 21-22- va 24-yanvar kunlari o‘tkaziladi.

Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va vaqtini my.dtm.uz sayti orqali “Milliy sertifikatlar” bo‘limining “Mening arizalarim” qismida bilishlari mumkin.


Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so‘raladi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
32.8K views05:10
Ochish/sharhlash
2022-01-12 11:42:57 Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar OTMga suhbat asosida oʻqishga qabul qilinishi mumkin !

Hukumat qarori (17-son, 11.01.2022) bilan Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga suhbat asosida oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Mazkur Nizom bilan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali oliy taʼlim muassasalarining 2-bosqichidan oʻqishini davom ettirish uchun qabul qilish tartibi belgilandi.


Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar toifasiga texnikumdagi butun oʻqish davrida oʻquv semestrlari yakuniga koʻra oʻzlashtirish baholari “5 (aʼlo)” va “4 (yaxshi)”, biroq oʻzlashtirish baholarining kamida 50 foizi (tibbiyot OTM uchun kamida 85 foizi) “5 (aʼlo)” boʻlgan bitiruvchilar kiradi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
33.2K views08:42
Ochish/sharhlash
2022-01-10 15:21:34
Oliy taʼlim muassasalarida 24-yanvardan keyin o‘qish onlayn ta’limga o‘tishi mumkinmi?

Sessiya jarayonlari qay tarzda boʻladi?

Ushbu savollar yuzasidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov AOKAda o'tkazilayotgan matbuot anjumanida javob berdi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
32.8K views12:21
Ochish/sharhlash
2022-01-09 08:40:02
Talabalarning Avia hamda temir yo‘l chiptalarini muddatini uzaytirish qanday boʻladi ?

Talaba-oʻquvchilarga oʻz uylaridan ta’lim muassasalariga qaytishlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia hamda temir yoʻl chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 2022-yilning 24-yanvariga qadar uzaytirildi.

2022-yilning 11-yanvarigacha boʻlgan muddatga xarid qilingan avia va temir yoʻl chiptalari bepul tarzda tegishli muddatga almashtirib beriladi, shuningdek yangi biletlarini 23- yanvargacha sotib olish mumkin.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
32.6K views05:40
Ochish/sharhlash
2022-01-09 08:10:05
Japan Digital Universityga 2022-2023-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda

Bizda siz uchun maxsus qulaylik - kontraktlar 12.600.000 boshlanadi.
O'qish davomida $5-$15 maoshli ish (co-working) ga ega bo'lish imkoniyati.
O'qishni tamomlagandan so'ng Yaponiya kompaniyalarida ish bilan ta'minlanadi.
Diplomi Yaponiya hamda O'zbekistonda tan olinadi.

Murojaat uchun:
71-200-05-95

Qabul: https://www.jdu.uz/enrollee

Website | Telegram | Instagram
32.7K views05:10
Ochish/sharhlash
2022-01-06 11:26:51 ​​#Tezkor

2021/2022-oʻquv yilining ikkinchi yarmini toʻliq va puxta tayyorgarlik koʻrgan holda boshlash maqsadida oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litsey talaba-oʻquvchilari uchun qishki ta’til muddati 2022-yil 24-yanvarga qadar uzaytirildi.

2022-yil yanvar oyidan boshlab respublikadagi eng salohiyatli 35 ta oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berilishi – bu boradagi vazifalarni sifatli tarzda amalga oshirish va hozirdanoq mustahkam poydevor yaratishni talab etadi.

Bu oʻz navbatida, oliy ta’lim muassasalari boshqaruvida yangicha tizim asosida yondashuvni talab etadi.

Shu maqsadda, oliy ta’lim tizimi tarixida ilk marotaba – rektorlar, prorektorlar, dekanlar va moliya masalalariga mas’ullar uchun oʻz kasbiy mahoratini oshirish, yangicha tartibda ishlashni boshlash maqsadida joriy yil 10-24-yanvar kunlari amaliy seminar-treninglar tashkil etiladi.

Shu bilan birga, oliy ta’lim muassasalari kredit-modul tizimiga toʻliq oʻtganligi sababli kafedra mudirlari va professor-oʻqituvchilari uchun asosiy ishdan ajralgan holda oʻquvlar barcha oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladi
.

Talaba-oʻquvchilarga oʻz uylaridan ta’lim muassasalariga qaytishlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia hamda temir yoʻl chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 2022-yilning 24-yanvariga qadar uzaytirildi.

Va asosiysi – 2022-yilning 11-yanvarigacha boʻlgan muddatga xarid qilingan avia va temir yoʻl chiptalari bepul tarzda tegishli muddatga almashtirib beriladi.


Mazkur masalalarni muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlikda Maxsus shtab tashkil etilgan boʻlib, barcha tashkiliy masalalar yuzasidan quyidagi ishonch telefonlariga (10-06, 71-246-97-45, 71-246-28-63) murojaat qilishingiz mumkin!

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
33.6K views08:26
Ochish/sharhlash
2022-01-06 08:10:03 2021/2022-oʻquv yilida uzrli sabablarga koʻra oʻqishini koʻchirish istagida boʻlgan fuqarolar diqqatiga !

Bahorgi semestrda uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilish bo‘yicha hududiy ishchi guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Hududiy ishchi guruhlari 2022-yilning 20-yanvar kuniga qadar (shu kuni ham) soat 9:00 dan 17:00 gacha (yakshanba va bayram munosabati bilan belgilangan sanalar – dam olish kuni; shanba - soat 9:00 dan 15:00 gacha) faoliyat ko‘rsatadi.

Qayd etilgan nizomga muvofiq fuqarolar bahorgi semestrda quyidagi uzrli sabablarga ko‘ra hududiy ishchi guruhlariga ariza topshirishlari mumkin.

2021/2022-oʻquv yili mobaynida:

Respublikaning bir hududidan ikkinchi hududiga doimiy yashash uchun yoki turmushga chiqish munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan (doimiy ro‘yxatdan o‘tgan) hududga ko‘chib o‘tganda;

Turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi harbiy xizmat o‘tash joyini o‘zgartirganda;

Ota-onasi (turmush o‘rtog‘i) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda.

Ushbu sabablardan boshqa holatlarda fuqarolar o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha umumiy tartibda har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

O‘qishni qayta tiklash bo‘yicha (ko‘chirib tiklash bundan mustasno) arizalar talabaning chetlatilganligiga necha yil bo‘lganligidan qat’i nazar bevosita muayyan OTMga taqdim etiladi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
33.3K views05:10
Ochish/sharhlash