Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyent

Telegram kanalining logotibi abituriyent_dtmuzb_dtm_uz — Abituriyent A
Telegram kanalining logotibi abituriyent_dtmuzb_dtm_uz — Abituriyent
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24
Kanalning ta’rifi

@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
- Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.
📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot
📬 Reklama: https://t.me/ SwAo-YikrkZzu9el

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 44

2021-04-27 10:10:01 ​​ SamDU qoshida O‘zbek-fin pedagogika instituti tashkil etiladi !

Samarqand davlat universiteti va Finlyandiyaning Turku universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi. Unga ko‘ra, SamDU qoshida O‘zbek-fin pedagogika instituti tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

2025 yilga qadar Finlyandiya bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ta’lim loyihalarga jalb etiladigan talabalar soni 10 000 nafar yetkazilishi mo‘ljallanmoqda

Imzolangan memorandumga ko‘ra Samarqand davlat universitetida talabalar uchun finlyandiyalik mutaxassislar tomonidan ma’ruzalar, konferentsiyalar o‘quv dasturlari va qisqa ta’lim kurslari bilan bir qatorda o‘qituvchilar malakasini oshirish dasturi ham yo‘lga qo‘yiladi.

Ma’lumot uchun, Turku universiteti Finlyandiyaning eng yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanib, QS 2021-reytingida 287-o‘rinni egallagan. Bugungi kunda universitetda 20 000 nafardan ortiq talaba 8 ta yo‘nalish bo‘yicha tahsil oladi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
26.9K views07:10
Ochish/sharhlash
2021-04-23 16:10:00
Jizzax ijtimoy-iqtisodiy universiteti ochiladi

Jizzax ijtimoy-iqtisodiy universiteti taʼlim berish jarayoni O‘zbekiston Respublikasida qo‘llanayotgan oliy taʼlim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlari asosida tashkil etiladi.

O‘zbekistondagi mutaxassislardan tashqari biz 58 nafardan ziyod ilg‘or Rossiya davlatidagi oliy taʼlim bilim yurtlaridan dars berishi uchun o‘qituvchilarni jalb qilishni rejalashtirilgan.

Qabul psixologiya, boshlang‘ich taʼlim va sport-tarbiyaviy ishlari, maktabgacha taʼlim, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligida menedjment, buxgalteriya hisobi va audit, turizm, mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish yunalishlarida boʻladi.

Universitet o‘z faolyatini 2021-2022 o‘quv yilidan boshlashni rejalashtirgan.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
31.4K views13:10
Ochish/sharhlash
2021-04-22 14:10:00
Chet tili imtihoni sanalari belgilandi

Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash bo‘yicha aprel oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari belgilandi.

Unga ko‘ra, test sinovining yozma qismi 27-28-aprel kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni esa 3-4-5-may kunlari o‘tkaziladi.

Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar test joyi, kuni va vaqtini Davlat test markazining interaktiv xizmatlar portali (my.dtm.uz sayti) orqali shaxsiy kabinetidan bilib olishlari mumkin.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
27.5K views11:10
Ochish/sharhlash
2021-04-20 16:10:00
Bu yilgi test sinovlarida abituriyetlar orasida nazoratchilar yurmaydi !

DTM masʼulining xabar berishicha, tashkilotning hududlarda binolarini qurish, ularni zamonaviy AKT jihozlari bilan taʼminlash choralari koʻrilmoqda.

Kelgusida abituriyent oʻziga biriktirgan kompyuterda test topshiradi. Kompyuterdagi maxsus kamera abituriyentning xatti-harakatini nazorat qiladi. Agar u yon-atrofidagilardan yordam olmoqchi boʻlsa yoki boshqa qoʻllanmalardan foydalanishga harakat qilsa, test avtomatik bloklanadi va bu haqda masʼullarga xabar beriladi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
33.6K views13:10
Ochish/sharhlash
2021-04-20 08:40:00
Ichki ishlar va Milliy gvardiya bilim yurtlarida sirtqi ta’lim shakli ochiladi!

Prezident qaroriga ko‘ra, IIV akademiyasida kunduzgi bo‘limga 700 nafar, sirtqi bo‘limga 300 nafar talaba qabul qilinadi. Ular hozirgidek 1-kurs oxirida emas, o‘qishga kirishlari bilanoq mutaxassisliklarga taqsimlanadi. Keyingi yil Nukusda akademiya filiali ochiladi.

Endi IIV akademiyasi magistraturasini tugatmaganlar rahbarlik lavozimiga (masalan, tuman IIB boshlig‘i) tayinlana olmaydi. Polkovnik unvonini olish uchun ham akademiya magistraturasini tugatish kerak. Katta serjant, kapitan, mayor va podpolkovnik unvonlarini olish uchun esa IIV Malaka oshirish institutida kurslardan o‘tish kerak.

Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti etib qayta tashkil etilmoqda. Kunduzgi shaklga 300 nafar, sirtqi shaklga 100 nafar xodim qabul qilinadi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
25.9K views05:40
Ochish/sharhlash
2021-04-19 12:10:00 ​​ Samarqand viloyatining Narpay va Payariq tumanlarida Samarqand davlat chet tillar institutining fakultetlari ochiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi davomida mamlakatning bir qancha sohalarini rivojlantirish bilan bir qatorda viloyat oliy taʼlim tizimida ham muhim o‘zgarishlar bo‘lishini maʼlum qildi.

Jumladan, davlat rahbari topshirig‘iga binoan endilikda Samarqand viloyatining Narpay tumanidagi xizmat ko‘rsatish texnikumi hamda Payariq tumanidagi iqtisodiyot va servis kasb-hunar kollejlarida Samarqand davlat chet tillar institutining “Maktabgacha va boshlang‘ich taʼlimda xorijiy til (ingliz tili)” va “Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili” fakultetlari ochiladi.

Kecha, 17 aprel kuni masʼul rahbarlar joylarga borishdi va taʼlim sifati, o‘quv binosini taʼmirlash, talabalarning zamonaviy taʼlim olishlari uchun zarur imkoniyatlarni yaratish va boshqa amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan vazifalarni belgilab olishdi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
25.4K views09:10
Ochish/sharhlash
2021-04-18 16:10:00 ​​ DTM oʻtgan yilgi test sinovlari uchun qancha mablagʻ sarflagan?

DTM maʼlumotlariga koʻra, sarflangan mablagʻlar quyidagicha taqsimlangan:

Test sinovlariga jalb qilinadigan bino rahbarlari va guruh nazoratchilarining ish haqi 11 mlrd 578 million 830 ming 120 soʻmni tashkil etgan.

Ochiq maydonlar ijarasi uchun Botanika bogʻi, Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi va Paxtakor sport majmuasiga 127 million 592 ming soʻm toʻlangan.

1 517 305 dona ichimlik suvi uchun 1 mlrd 365 million 574 ming 500 soʻmlik shartnoma imzolangan.

3 034 610 dona tibbiy qoʻlqop uchun 2 mlrd 124 million 227 ming soʻmlik shartnoma imzolangan.

1 517 305 dona tibbiy niqob uchun 1 mlrd 365 million 574 ming 500 soʻmlik shartnoma imzolangan.

1 517 305 dona ruchka uchun 500 million 710 ming 650 soʻmlik shartnoma imzolangan.

Kepka boʻyicha jami imzolangan shartnomalarning umumiy miqdori 1 mlrd 698 ming 320 ming 550 soʻmni tashkil etgan

Guruh nazoratchilari hamda ushbu jarayonga jalb etiladigan xodimlarni tushligi boʻyicha tuzilgan shartnomalarning umumiy miqdori 1 mlrd 459 million 587 ming 423 soʻmni tashkil etgan.

Yuqorida keltirilgan xarajatlarning umumiy summasi 20 mlrd 220 million soʻmdan ortiqroqni tashkil etmoqda. Maʼlum boʻlishicha, oʻtgan yilda abituriyentlardan 80 mlrd soʻmdan ortiq pul toʻplangan.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
26.4K views13:10
Ochish/sharhlash
2021-04-17 15:12:21 ​​ @ABITURIYENT SAVOLLARIGA JAVOB BERAMIZ.

QABUL–2021: Abituriyentlarni qanday yangiliklar kutyapti? Eng kerakli ma'lumotlar bilan tanishib chiqing:

Bu yilgi testlarda savollar oʻtgan yilgidek oson boʻlmaydi!
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5666

Andijonda "COLLEGIUM HUMANUM" Varshava menejment Universitetining filiali tashkil etish!
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5661

Kirish imtihonlarida javoblar varaqasi bilan ishlashni bilasizmi?
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5655

2020-2021 oʻquv yilidagi oʻtish ballari bilishni xohlaysizmi?
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5652

Andijon va Buxoro davlat universitetlarida Pedagogika institutlari tashkil etiladi!
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5650

Kvota-2021: davlat granti 25 foizga oshirilishi mumkin!
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5626

Oʻqishni koʻchirish haqida qisqacha maʼlumot!
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5616

Qirgʻizistonning qaysi oliygohlaridan oʻqishni Oʻzbekistonga koʻchirish mumkin?
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5584

Milliy test tizimi bo'yicha savollarga javoblar.
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5568

16 yoshga toʻlgan maktab bitiruvchilari oʻz vaqtida ID karta olishlari lozim.
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5564

Davlat komissiyasi tomonidan bu yilgi kirish imtihonlarida savollar tushadigan fanlar majmuasi va ularni baholash mezonlari tasdiqlandi.
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5572

5ta fandan test boʻlishga oid tartib, faqat davlat OTMlariga taalluqli.
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5580

Abituriyentlarni qanday yangiliklar kutyapti?
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5499

Prezidentning PF-61 55 sonli farmoni 200 ta grant qanday beriladi?
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5520

Kontraktga eng past o'tish ballari qancha?
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5522

Qanday holda imtiyozli ta'lim krediti beriladi?
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5524

Kimlarni imtihon harajatlari qoplab beriladi?
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5530

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
25.9K views12:12
Ochish/sharhlash