Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyent

Telegram kanalining logotibi abituriyent_dtmuzb_dtm_uz — Abituriyent A
Telegram kanalining logotibi abituriyent_dtmuzb_dtm_uz — Abituriyent
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24
Kanalning ta’rifi

@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
- Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.
📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot
📬 Reklama: https://t.me/ SwAo-YikrkZzu9el

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2022-05-19 10:00:18 Abituriyentlarga ta’lim yo‘nalishlarini turli ta’lim shakllari doirasida tanlash imkoniyati yaratilishi mumkin

“2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” qaror loyihasida abituriyentlarga bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim shakllarini tanlash imkoniyati yaratish ko‘zda tutilmoqda.

Qaror loyihasida belgilanishicha, 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab:

moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarining to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari oliy ta’lim muassasalari Kuzatuv kengashlari tomonidan mustaqil belgilanadi;

davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura bosqichida tahsil oluvchi xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt pullari to‘liq Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi;

abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish 15-iyunidan 15-iyuliga qadar (15-iyul kuni ham) bo‘lgan muddatda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi;

bunda, chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga onlayn ro‘yxatdan o‘tish 15-iyunidan 5-iyuliga qadar (5-iyul kuni ham) amalga oshiriladi;

test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini hamda bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim shakllarini tanlash imkoniyati yaratiladi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
8.8K viewsedited  07:00
Ochish/sharhlash
2022-05-19 09:30:01
Avgustni kutmang, bugunoq talaba bo’ling!

Bitta QOʻNGʻIROQ va siz TALABAsiz

Hech qanday Imtihonlarsiz!!!

O'zbekistondagi va Turkiyadagi birinchi PREMIUM TOIFADAGI UNIVERSITETLAR ga qabul boshlandi !

Xorijda ta'lim olayotgan talabalar uchun "PEREVOD" bor!

Avgustni kutmang, bakalavr diplomiga ega bo'ling.

Yo'nalishlar:
Iqtisod
Inglis tili
Rus tili
Boshlang'ich ta'lim
Maktabgacha ta'lim
Ped psixologiya
Ta'lim menejmenti
Tarix
Jismoniy tarbiya
Turizm
Moliya
Bank ishi
Bug'alteriya

Hoziroq biz bilan bog'laning:

+998900434490
| Nilufar

Bizga murojaat qiling va tezda talaba bo'ling
10.2K views06:30
Ochish/sharhlash
2022-05-17 17:23:43
2022-2023-o‘quv yili uchun OTMga qabul kvotalari soni e’lon qilindi

Prezidentning «2022/2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, 2022-2023-o‘quv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlari:

bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:

kunduzgi ta’lim shakliga —76 728 nafar;
sirtqi ta’lim shakliga — 27 365 nafar;
kechki ta’lim shakliga — 2 575 nafar;
masofaviy ta’lim shakliga — 3 610 nafar;

magistrlar tayyorlash bo‘yicha — 11 082 nafar.

Kvotalar bilan OTMlar kesimida tanishish uchun: https://regulation.gov.uz/uz/d/61078

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
23.0K views14:23
Ochish/sharhlash
2022-05-09 14:10:34
Nodavlat oliy ta'lim muassalari diplomlari O'zbekistonda tan olinadimi

Turin, Inha, Yodju, Webster va MDIS kabi STARS Internetional University, ISFT Instituti hamda PROFY university kabi nodavlat ta'lim muassasi bo'lib, diplomlari O'zbekistonda tan olinadimi?

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
24.5K views11:10
Ochish/sharhlash
2022-04-28 12:30:01
#matbuot_anjumani
Bu yilgi qabulda magistraturaga chet tili sertifikatisiz qabul amalga oshiriladimi?

Magistraturaga kirish imtihonlaridagi mutaxassislik fanlaridan imtihonlar bekor qilindimi?

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
25.8K viewsedited  09:30
Ochish/sharhlash
2022-04-28 09:59:24 DIQQAT! MUHIM

Texnikum bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalarining 2-bosqichidan o‘qishni davom ettirishi mumkin bo‘lgan o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi.

Ushbu ro‘yxat orqali texnikum bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalarining qaysi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qishni davom ettirishlari mumkinligini bilish mumkin.

Ma’lumot uchun, 2022/2023 o‘quv yili qabulidan boshlab texnikumlarda o‘rta maxsus professional ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-bosqichdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
25.2K views06:59
Ochish/sharhlash
2022-04-25 12:47:13 Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi !!!

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 13-son bayoni bilan 2022-2023-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bilan yuqoridagi pdf faylda tanishishingiz mumkin.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
26.4K views09:47
Ochish/sharhlash
2022-04-25 12:30:59
Ba'zi abituriyentlar testga kirishdagi to'lovdan ozod etildi

Prezidentning tegishli farmoniga ( PF-113-son 20.04.2022.yil) ko'ra, quyidagi 2 toifa abituriyentlar OTMlarga o'qishga qabul qilishda kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun undiriladigan to'lovlardan ozod etildi:

Ijtimoiy ximoya yagona reestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan jismoniy shaxslar va ularning farzandlari;

- “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
25.4K views09:30
Ochish/sharhlash
2022-04-22 13:00:37
TEZKOR MUHIM!!!

Ukrainadan qaytgan talabalar o‘qishini soddalashgan tartibda ko‘chirishga ruxsat etildi

O‘zbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan Ukrainadan qaytib, respublika oliy taʼlim muassasalariga o‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan fuqarolarning arizalariga muvofiq ularning o‘qishini soddalashtirilgan tartibda ko‘chirishga ruxsat berildi.

Shu munosabat bilan ariza topshirgan talabalar joriy yil 26 apreldan o‘qishni ko‘chirish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasiga murojaat qilishlari so‘raladi.

Bunda, o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berilgan fuqarolarning hujjatlarini rasmiylashtirishda avvalgi yillarda tahsil olib, so‘nggi yillarda talabalar safidan chetlatilgan yoki akademik taʼtilda bo‘lgan fuqarolarning o‘qishini ko‘chirishga rad javobi beriladi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
25.3K views10:00
Ochish/sharhlash
2022-04-22 08:40:35
​​ Namanganda xalqaro universitet tashkil etiladi. Qabul shu yildan amalga oshadi!

Namanganda Pokistonning Lahor universiteti bilan hamkorlikda xalqaro universitet tashkil etiladi.

Mazkur oliy o‘quv yurti Yangi Namangan tumanidagi 2-tibbiyot kolleji hamda sobiq diagnostika markazida joylashishi va ushbu loyihaga 10 million dollar investitsiya kiritilishi ko‘zda tutilgan.

Universitetda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha fakultetlar tashkil etilishi belgilangan:

Tibbiyot
Stomatologiya
Farmatsevtika
IT (information technology)
Xalqaro huquq
Biznes


Loyiha doirasida 2022—2023-o‘quv yili 500 nafar talaba qabul qilish, 2024-yilga kelib esa ularning sonini ikki baravar oshirish rejalashtirilmoqda.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
24.2K views05:40
Ochish/sharhlash