Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyent

Telegram kanalining logotibi abituriyent_dtmuzb_dtm_uz — Abituriyent A
Telegram kanalining logotibi abituriyent_dtmuzb_dtm_uz — Abituriyent
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24
Kanalning ta’rifi

@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
- Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.
📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot
📬 Reklama: https://t.me/ SwAo-YikrkZzu9el

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2022-01-25 17:25:31
Japan Digital University(JDU) ga 2022-2023 o'quv yili uchun 2-qabul boshlandi !!!

Nima uchun JDU ni tanlashingiz kerak ?

Yuqori sifatli ta'lim (Yaponiya tizimi);
Diplom O'zbekiston va Yaponiyada 100 % tan olinadi;
O'quv to'lovini to'lash uchun boshqa hech qayerda yo'q qulayliklar;
Barcha talabalar uchun daromadli amaliyot darslari (kovorking) bo'lib o'tadi;
Bitiruvchilar Yaponiyaning nufuzli korxonalarida ish bilan ta'minlanadi;
Chet elda ishlash imkoniyati;
Yuqori maosh;
Grantlar va qulay to'lov tizimi;
Imtihonlarda qatnashish uchun hech qanday chet tili talab etilmaydi;
______
Kontrakt 12.600.000 so’mdan boshlanadi.
______
Hoziroq ro'yxatdan o'ting
https://www.jdu.uz/enrollee

Murojaat uchun :
71-200-05-95 @jdu_support

Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
26.9K viewsedited  14:25
Ochish/sharhlash
2022-01-25 09:40:04 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi taʼlim bakalavriatiga respublikamizning barcha hududlaridagi o‘rta umumtaʼlim maktablari bitiruvchilari hamda o‘rta maxsus maʼlumotga ega talabgorlar qabul qilinadi !

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-27-son farmoniga binoan, nomzodlarni qabul qilishda umumiy kvotaning 10 foizi o‘rta umumtaʼlim maktablari bitiruvchilari hamda o‘rta maxsus maʼlumotga ega fuqarolarga, 90 foizi idoraviy akademik litseylar, harbiy akademik litseylar bitiruvchilari, ichki ishlar organlari xodimlari hamda profilaktika (katta) inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilariga, ajratiladi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, nomzodlarning yoshi 17 dan kichik boʻlmasligi va 25 dan katta bo‘lmasligi, yigitlarning bo‘y-basti 165 santimetrdan, qizlarlarniki 160 sm.dan past bo‘lmasligi shart.


IIV Akademiyasiga o‘qish istagida bo‘lgan yoshlar doimiy yashash joyidagi hududiy ichki ishlar organlariga murojaat qilishlari mumkin. Meʼyoriy hujjatlar talablari asosida arizalarni qabul qilish joriy 2022 yilning 15 fevraliga qadar davom etadi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
32.7K views06:40
Ochish/sharhlash
2022-01-25 09:10:08
Oʻzbekiston universitetlariga yangi oʻquv yilining ilk qabuli boshlandi.

Grand Study Service Consulting bilan
Profi university in Tashkent va
Al-Buxoriy institutlari talabasi boʻling.

Bundan tashqari:
Tojikiston
Qirg'iziston
davlatlaridagi universitetlarga ham imtihonsiz talaba bo'lish imkonini qo'lga kiriting.

Yoʻnalishlar:
- Iqtisod va Moliya
- Ingliz tili va Rus tili
- Pedagogika va Psixalogiya
- Boshlang'ich ta'lim va maktabgacha ta'lim
yoʻnalishi boʻyicha va boshqa yoʻnalishlarga qabul davom etmoqda.

Fursatni qoʻldan boy bermang, hoziroq aloqaga chiqing

Murojaat uchun:
+998971901200 | @GrandStudy1
+998950941500 | @Operator_Grand
+998971901300 | @Grandstudy2
+998973423713 | @Operator_Grand

Manzil: Toshkent sh, Chilonzor 16-kvartal, 24-uy

Telegram kanal @gss_uz
32.5K views06:10
Ochish/sharhlash
2022-01-24 11:40:06 Endi "Zakovat" oʻyinlarning respublika bosqichida gʻolib va sovrindor boʻlgan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari hamda OTM talabalari taʼlimning keyingi bosqichiga bazaviy toʻlov-kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi !

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab intellektual oʻyinlarning respublika bosqichida gʻolib boʻlgan oʻquvchi yoshlar va talabalar uchun yil davomida har oyda beriladigan “Zakovat” stipendiyasi joriy etiladi;

2022-yildan boshlab, bosqichma-bosqich umumiy oʻrta, Prezident, oʻrta maxsus va professional hamda oliy taʼlim muassasalarida “Zakovat” intellektual klublari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi hamda hududlardagi Yoshlar markazlarida intellektual oʻyinlar jamoalari uchun alohida xonalar tashkil etiladi;

2022-yildan boshlab har yili talabalar oʻrtasida Intellektual olimpiada tashkil qilinadi. Unda umumjamoa hisobida dastlabki uchta oʻrinni qoʻlga kiritgan oliy taʼlim muassasasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovgʻasi topshiriladi;


Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
33.2K views08:40
Ochish/sharhlash
2022-01-21 16:10:08 Abituriyentlar diqqatiga joriy yildan boshlab oltita OTMda chet tilidan ijodiy imtihonlar boʻladi !

Hukumatning tegishli qaroriga (№34, 19.01.2022-y.) koʻra, 2022/2023 oʻquv yili qabulidan boshlab xorijiy tillar boʻyicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan OTMlarga kirish imtihonlarida fanlar majmuasidagi chet tili fanidan tinglab tushunish, oʻqish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladi.

Fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida.

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti;
Samarqand davlat chet tillar instituti;
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.

Xorijiy tillar boʻyicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida.

Toshkent davlat pedagogika universiteti
Qoʻqon davlat pedagogika instituti;
Nukus davlat pedagogika instituti.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlarda chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisidagi tegishli milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʻlgan abituriyentlarga beriladigan imtiyozlar saqlab qolinadi.

Chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) kirish imtihonlari Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi.


Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
32.1K views13:10
Ochish/sharhlash
2022-01-21 15:41:21
Biz bilan O'zbekistonda bugunoq talaba bo'ling

Al-Buxoriy Universiteti
Stars Xalqaro Universiteti
Samarqand-Koreya Xalqaro Universiteti
Profi Universiteti

Kontrakt summasi esa 9.000.000 so'm dan 22.000.000 so’m gacha

Tarix
Turizm
Iqtisodiyot
Boshlang'ich ta'lim
Pedagogika
Psixalogiya
Moliya
IT Sohasi

Kunduzgi va sirtqi ta'lim turlari mavjud

Hoziroq bu imkoniyatdan foydalanib qoling!
SHOSHILING JOYLAR SONI OZ QOLDI!
Online murojaat:
@Operator_10

MA'LUMOT UCHUN:
940271611
983600712
901256005
32.4K views12:41
Ochish/sharhlash
2022-01-20 19:52:42 #Tezkor

Qoʻshimcha maʼlumot

Sogʻliqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining taklifiga asosan koronavirus infeksiyasining yangi shtammi bolalar va yoshlar oʻrtasida tarqalishi yuqoriligini eʼtiborga olgan holda barcha oliy (davlat, nodavlat, xususiy hamda xorijiy filiallar) va professional taʼlim muassasalari, akademik litseylarda (barcha taʼlim shakllari va turlari boʻyicha) joriy yilning 24-yanvaridan boshlab, bir oy muddat davomida taʼlim olish tizimi masofaviy (onlayn) shaklda olib boriladi.

Bunda tajribadan kelib chiqqan holda onlayn taʼlim jarayoni sifatli tarzda tashkil etilib, barcha zarur resurslar safarbar etiladi.

Temiryoʻl chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirmalarini saqlab qolinadi va 2022-yil 24-fevralga qadar avia va temiryoʻl chiptalari bepul tarzda boshqa muddatga almashtirib beriladi.

Mazkur masalalarni muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlikda Maxsus shtab tashkil etilgan boʻlib, 21-yanvar soat 9:30 dan barcha tashkiliy masalalar yuzasidan quyidagi ishonch telefonlariga (10-06, 71-246-97-45, 71-246-28-63) murojaat qilishingiz mumkin!

Shu oʻrinda bugungi murakkab vaziyatdan chiqib ketishning yagona yoʻli bu vaksinatsiya, shu bois sizlardan oʻzingiz va yaqinlaringiz salomatligini himoya qilish uchun vaksinatsiya jarayonlarida faol qatnashishingizni soʻrab qolamiz.


Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, sizdan yoʻl chiptalarini almashtirishni bir oylik muddat davomida qaytish sanasi aniq boʻlgandan keyin shoshmasdan amalga oshirishingizni soʻraymiz!

Manba : @eduuz

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
24.2K views16:52
Ochish/sharhlash
2022-01-20 19:46:24 #Tezkor

24-yanvardan boshlab maktablar bir oy davomida “Onlayn” faoliyat olib boradi !

Koronavirus infeksiyasining yangi shtammi bolalar va yoshlar oʻrtasida tarqalish xavfini oldini olish hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining takliflaridan kelib chiqib 24-yanvardan boshlab maktablardagi taʼlim jarayoni bir oy muddat davomida “onlayn” shaklda olib boriladi.

Masofaviy shaklda oʻquvchilarning sifatli taʼlim olishi uchun Milliy teleradiokompaniyaning telekanallari hamda “Onlayn maktab” telegram kanali orqali berib boriladi. “Onlayn maktab” loyihasi doirasida beriladigan darslar jadvali kunlik ravishda “Onlayn maktab” telegram kanali orqali eʼlon qilib boriladi.

Fursatdan foydalanib, Xalq taʼlimi vazirligi ota-onalardan farzandlarini uydagi xavfsizligi va sogʻligini taʼminlagan holda “Onlayn maktab” loyihasi doirasida efirga uzatiladigan darslarni kuzatib borishlarida amaliy yordam berishlarini soʻraydi.


Shu oʻrinda bugungi murakkab vaziyatdan chiqib ketishning yagona yoʻli bu vaksinatsiya, shu bois sizlardan oʻzingiz va yaqinlaringiz salomatligini himoya qilish uchun vaksinatsiya jarayonlarida faol qatnashishingizni soʻrab qolamiz.

Manba: @uzedu

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
24.0K views16:46
Ochish/sharhlash
2022-01-20 12:46:42
24 январдан талабалар ва ўқувчилар учун қишки таътил тугаб, ўқув жараёнлари бошланади.

Бу бўйича сизнинг фикрингиз?
Anonymous Poll
35%
Таълим сифатини ўйлаб, карантин қоидалари назоратини кучайтириб, ўқишларни анъанавий бошлаш керак
55%
Касалланишлар сони кўпаётганини ҳисобга олиб, ўқишларни онлайн (масофавий) қилиш керак
6%
Ўтган йилда бўлганидек, гибрид (ҳам оффлайн, ҳам онлайн) усул қўллаш керак
4%
Менга бу мавзу унча қизиқ эмас, фарқи йўқ
240.6K voters32.5K views09:46
Ochish/sharhlash
2022-01-18 15:20:02 Toshkent kimyo-texnologiya instituti kelgusi o‘quv yilidan boshlab «super-kontrakt»dan voz kechmoqchi !

Qayd etilishicha, Bu haqda Toshkent kimyo texnologiya instituti rektori Botir Usmonov ma’lum qildi.

«Institutga moliyaviy mustaqillik berildi.Bu bo‘yicha qaror — 2022-2023-o‘quv yili uchun qabul qilinadi.

Biz keyingi yillardan boshlab super-kontraktga talaba qabul qilishdan voz kechishga harakat qilamiz. Chunki biz ta’lim sifatiga asoslangan «brend» yaratishni maqsad qilganmiz. Shu bois faqat iqtidorli va ishlab chiqaruvchilarga ma’qul keladigan nomzodlarni talabalikka qabul qilamiz», — deya ta’kidladi rektor.


Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
32.1K views12:20
Ochish/sharhlash