Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga! Joriy yilda | Abituriyent

Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

Joriy yilda maktabni tamomlab, oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirishni rejalashtirgan 16 yoshga toʻlgan maktab bitiruvchilari oʻz vaqtida fuqarolik pasporti, yaʼni ID karta olishlari shart.

XTV maʼlumotiga koʻra, ayni paytda 16 yoshga toʻlgan 122 mingdan ortiq bitiruvchilar ID karta olmagan.

OTMlarga abituriyentlarning hujjatlari Davlat test markazining dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi. Onlayn hujjat topshirishda abituriyentlar yoki biometrik pasport, yoki ID karta maʼlumotlarini kiritish talab etiladi.

Shu bois, 16 yoshga toʻlgan (oʻquv yili oxiriga qadar toʻladigan) bitiruvchilar oʻz vaqtida, yana ham aniqrogʻi OTMga qabul jarayonlari boshlangunga qadar ID karta olish harakatida (hozir biometrik pasport bermayapti, faqat ID karta beriladi) boʻlishlarini tavsiya etamiz.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube