Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyent

Telegram kanalining logotibi abituriyent_dtmuzb_dtm_uz — Abituriyent A
Telegram kanalining logotibi abituriyent_dtmuzb_dtm_uz — Abituriyent
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24
Kanalning ta’rifi

@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
- Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.
📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot
📬 Reklama: https://t.me/ SwAo-YikrkZzu9el

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2022-03-29 08:40:26 O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarining to‘liq ro‘yxati e’lon qilindi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ma’lum qilishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda 159 ta, shu jumladan, Toshkent shahrida 72 ta, hududlarda 87 ta oliy ta’lim muassasasi mavjud. Shundan:

• Universitet — 28 ta;
• Institut — 47 ta;
• Akademiya — 3 ta;
• Konservatoriya — 1 ta;
• Filial — 26 ta;
• Xorijiy OTM va uning filiallari — 30 ta;
• Nodavlat OTM — 24 ta.

Davlat oliy ta’lim muassasalari tegishliligi bo‘yicha vazirlik va idoralar tasarrufiga biriktirilgan:

• Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi — 53 ta;
• Qishloq xo‘jaligi vazirligi — 5 ta;
• Sog‘liqni saqlash vazirligi — 11 ta;
• Madaniyat vazirligi — 9 ta;
• Badiiy akademiya — 1 ta;
• Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi — 7 ta;
• Adliya vazirligi — 2 ta;
• Transport vazirligi — 1 ta;
• Navoiy kon-metallurgiya kombinati — 2 ta;
• Tashqi ishlar vazirligi — 1 ta;
• Din ishlari bo‘yicha qo‘mita — 1 ta;
• Qurilish vazirligi — 2 ta;
• Turizm va sport vazirligi — 4 ta;
• Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi — 3 ta;
• Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi — 1 ta;
• Davlat soliq qo‘mitasi — 1 ta;
• Prezident ta’lim muassasalari agentligi — 1 ta.

Ushbu ro‘yxatga harbiy va diniy oliy ta’lim muassasalari, jumladan, magistratura mutaxassisliklari tashkil etilgan tashkilotlar kiritilmagan.


Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
24.8K viewsedited  05:40
Ochish/sharhlash
2022-03-19 18:30:47 Prezident qarori bilan oʻqishga kirish uchun yangi imtiyoz turi yaratildi.

“Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi. Mudofaa vazirligi huzurida “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati tashkil etildi.

Oʻqishga kirishda imtiyoz

Qarorga koʻra, Qarorga koʻra, maktablarda chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchisi rahbarligida 10-11-sinf oʻquvchilaridan (tarkibi 20 nafar) iborat “Vatan tayanchi” otryadlari tuziladi. Oʻquvchilar unga ixtiyoriy aʼzo boʻladi.

2022/2023 oʻquv yilidan “Vatan tayanchi” harakatining faoliyatida faol ishtirok etgan hamda maktabni aʼlo baholarga tamomlagan har bir “Vatan tayanchi” otryadining bir nafar aʼzosiga Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadigan tanlab olish tartibiga muvofiq oliy harbiy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi.

Tavsiyanomaga egalar respublika oliy harbiy taʼlim muassasalarining tegishli taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga kirishda test sinovlari natijalariga koʻra toʻplagan ballarining 5 foizi miqdorida qoʻshimcha ball shaklida imtiyozga ega boʻladi.

Tavsiyanomalar berilgan sanadan boshlab 3 yil mobaynida amal qiladi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
31.5K viewsedited  15:30
Ochish/sharhlash
2022-03-18 14:31:09 Tibbiyot oliygohlari talabalariga shifokor bo‘lib ishlashiga ruxsat beriladi

Shavkat Mirziyoyev:

«Tibbiyot oliygohlarining magistratura bosqichida va bakalavriatning 5–6-kurslarida o‘qiyotgan talabalarga, yo‘llanma asosida, birlamchi va tez yordam tizimida shifokor bo‘lib ishlashga ruxsat beriladi.

Bu orqali har yili 7 mingga yaqin talaba munosib ish haqi olib, ta’limni amaliyot bilan birga olib borish imkoniga ega bo‘ladi.

Amaliyot davrida yo‘nalishini o‘zgartirishga qaror qilgan talabalarga o‘qishni boshqa turdosh mutaxassisliklar bo‘yicha davom ettirishga ruxsat beriladi».

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
28.1K viewsedited  11:31
Ochish/sharhlash
2022-03-02 19:01:31 Yangi o‘quv yilidan boshlab oliygoh, texnikum va kollejlarda o‘qiyotgan qizlarga ta’lim kontraktlarini to‘lash uchun, ilk marotaba, 7 yil muddatga foizsiz kredit berish joriy qilinadi — Prezident

Yangi o‘quv yilidan boshlab magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt pullari to‘liq budjetdan qoplab beriladi (23 ming nafar qizlarga 200 milliard so‘m) — Prezident

Yosh farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy o‘qishga sharoit yaratiladi — Prezident

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
24.1K viewsedited  16:01
Ochish/sharhlash
2022-03-02 18:25:50 ​​ Toshkent amaliy fanlar universitetidan xushxabar!

Afsuski, Universitetga (binosida, call-centr, telegram-botga) bugungi kunga kelib ham ko'plab abiturient va ota-onalardan qabul jarayonida elektr-ta'minot, mobil aloqa, yoki boshqa bir texnik nosozliklar kuzatilganligi va shu tufayli yana bir imkoniyat berilishini so'ralayabdi.

Shu bois, Universitetda bo'sh o'qish o'rinlari deyarli tugaganligiga qaramay, Qabul Komissiya tomonidan Iqtisodiyot fakultenining Kunduzgi va Sirtqi-masofaviy shakliga abituriyentlar uchun yana bir imkoniyat berilishi va imtihon o'tkazilishi qaror qilindi.

Iqtisodiyot fakultetining birinchi kursi umumta’limdir va sentabrgacha (yozda ham o’qib) davom etadi. Talabalar shu tariqa oktabrda ikkinchi kursga o’tishlari mumkin va quyidagi yo’nalishlardan biriga ixtisoslashishadi:
- Iqtisodiyot;
- Moliya;
- Buxgalteriya hisobi va audit;
- Bank ishi.


Narxlar: bir semestr - 7,4 mln. so‘m (bir o'quv yili 2 semestrdan iborat).

Imtihonga arizani quyidagi havola orqali yuborishingiz mumkin:
https://bit.ly/3Hzsolw

Imtihon 8-Mart kuni soat 17:00 da ONLAYN (IQ-test) bo'lib o'tadi.
Javoblar 9-Mart kuni soat 18:00 gacha SMS tarzida jo'natiladi.

Onlayn imtihon uchun sizga kompyuter, uzluksiz internet va atrofdagilardan xoli tinch xona kerak bo'ladi. Imtihonga kirish uchun link (havola), login va parol mobil raqamingizga 8-mart kuni soat 15:00 gacha SMS tarzida jo'natiladi.

Imtihon nimadan iborat va qanday bo'ladi?:
https://t.me/utasuz/24

Imtihon topshirish haqida video:
https://t.me/utasuz/27

Universitet Davlat litsenziyasiga ega va diplom O'zbekistonda tan olinadi. Quyidagi havola orqali Taʼlim inspeksiyasidan litsenziya olgan nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari roʻyxati bilan tanishish mumkin (Ro'yxatda universitet nomi 30-o'rinda ingliz tilida - University of Tashkent for Applied Sciences - deb keltirilgan):

https://tdi.uz/uz/page/nodavlat-oliy-ta-lim-tashkilotlari

Universitet haqida video:
https://t.me/utasuz/50

Bot uchun havola: @utasqabulbot

Toshkent shahar, Chilonzor, Gavxar ko'chasi, 1-uy

Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
24.1K views15:25
Ochish/sharhlash
2022-03-01 14:40:53
Oliy ma’lumot olish uchun 3 yil o‘qiladigan yo‘nalishlar borligini bilasizmi?

Ushbu rasmda ko‘rsatilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qish muddati 3 yil etib belgilangan.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
32.1K viewsedited  11:40
Ochish/sharhlash
2022-03-01 14:11:46
TALABA BO'LISH VAQTI KELDI!

Talaba bo'lish istagida bo'lgan yoshlar uchun Student-Study Group imtiyozlar eshigini ochadi!

Yo’nalishlar:
Iqtisodiyot
Buxgalteriya hisobi va audit
Axborot texnologiyalari
Jismoniy madaniyat
Ingliz tili va adabiyoti
Rus tili va adabiyoti
Pedagogika-psixologiya
Ta'lim menejmenti
Boshlang'ich ta'lim metodikasi
Maktabgacha ta'lim

Kunduzgi va sirtqi ta'lim turlari mavjud

Shoshilib qoling joylar soni chegaralangan

foiz qonuniy shartnoma asosida

Batafsil ma'lumot uchun:
+998997661655 | Manager1
+998975213332 | Manager2
+998998061060 | Manager3
+998972481717 | Manager4
+998997201060 | Manager5
+998991353400 | Manager6
+998903179190 | Manager7

Manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Samara to'yxonasi

Telegram || Instagram
32.2K views11:11
Ochish/sharhlash
2022-02-25 08:40:02 Chet tili imtihoni sanalari belgilandi !

Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash bo‘yicha fevral oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari belgilandi.

Unga ko‘ra, test sinovining yozma qismi 2022-yil 28-fevral va 1 mart kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 7-, 9-11- va 14-mart kunlari o‘tkaziladi.

Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon (yozma va gapirish ko‘nikmasi) joyi, kuni va vaqtini my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilib olishlari mumkin.


Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so‘raladi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
32.3K views05:40
Ochish/sharhlash
2022-02-25 08:10:22 ​​Diqqat! Talabalik uchun bu so'nggi imkoniyatingiz bo'lishi mumkin

Kunduzgi va Kunduzgi 3-smena (kechki) ta'lim shakli uchun Vakant (bo’sh) o’qish o’rinlari uchun imtihon!

Hurmatli abituriyentlar,

Siz Toshkent amaliy fanlar universitetida hali ham o'qishni xohlasangiz yuzaga kelgan bo'sh o'rinlarga o'qishga ariza topshirishingiz mumkin. Arizani Kunduzgi va Kunduzgi 3-smena (kechki) ta'lim shakli uchun mavjud fakultetlarning ikkalasidan biriga (Iqtisodiyot; Pedagogika va psixologiya) topshirishingiz mumkin.

Arizalar 25-fevral (juma) kuni soat 21:00 gacha qabul qilinadi.

Imtihon 26-fevral (shanba) kuni soat 17:00 da bo'lib o'tadi. Javoblar bo’sh joylarga qarab sizga SMS tarzida yakshanba kuni yuboriladi

Qabulga murojaat uchun arizani quyidagi Google so’rov orqali yuborishingiz mumkin: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSddhiwld3yEwRC6V5RQYZDtASVcZiDot1ex5rLukNocPcDH6w/viewform?usp=sf_link

Imtihon vaqti va imtihonga kirish uchun havola sizga SMS orqali yuboriladi.

Imtihon savollari namunalari: IQ test

Bot uchun havola: @utasunibot

Toshkent shahar, Chilonzor, Gavxar ko'chasi, 1-uy
32.2K views05:10
Ochish/sharhlash
2022-02-23 09:10:03 2022/2023 oʻquv yili qabulidan boshlab qator OTMlarga kirishda chet tili fanidan tinglab tushunish, oʻqish, yozish va gapirish boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladi !

2022/2023 oʻquv yili qabulidan boshlab xorijiy tillar boʻyicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan :

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti.

Samarqand davlat chet tillar instituti.

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari.

Shuningdek :

Toshkent davlat pedagogika universiteti.

Qoʻqon davlat pedagogika va Nukus davlat pedagogika institutlarining xorijiy tillar boʻyicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlarida fanlar majmuasidagi chet tili fanidan tinglab tushunish, oʻqish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladi.


Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
32.4K views06:10
Ochish/sharhlash