Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyent

Telegram kanalining logotibi abituriyent_dtmuzb_dtm_uz — Abituriyent A
Telegram kanalining logotibi abituriyent_dtmuzb_dtm_uz — Abituriyent
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24
Kanalning ta’rifi

@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
- Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.
📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot
📬 Reklama: https://t.me/ SwAo-YikrkZzu9el

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 43

2021-05-04 08:42:04
Oʻzbekistondagi toʻlov-kontrakt narxi eng qimmat OTM qaysi?

Oʻzbekistonda Moskva xalqaro aloqalar instituti (MGIMO) Toshkent filiali ochilgan. Ushbu otm filialida talabalar 2 ta taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tahsil olishlari mumkin. Toʻlov-kontrakt summasi esa Oʻzbekistondagi eng qimmat narxlar sirasiga kiradi. Keling, ushbu oliygohning mavjud bakalavriat yoʻnalishi fakultetlari va kontrakt narxlari bilan tanishamiz

Yurisprudensiya: Xalqaro hususiy huquq fakulteti:

Taʼlim shakli: kunduzgi
Taʼlim vaqti: 4 yil
Taʼlim narxi: 1 yil/6,400$ (jami: 25,600$)
Kvotalar soni: 50
Grant oʻrin talar: 0

Biznes informatika: Ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish va modellashtirish fakulteti

Taʼlim shakli: kunduzgi
Taʼlim vaqti: 4 yil
Taʼlim narxi: 1 yil/6,400$ (jami: 25,600$)
Kvotalar soni: 50 ta
Grant oʻrinlar: 0

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
19.5K views05:42
Ochish/sharhlash
2021-05-03 12:42:24 ​​ @ABITURIYENT SAVOLLARIGA JAVOB BERAMIZ.

QABUL–2021: Abituriyentlarni qanday yangiliklar kutyapti? Eng kerakli ma'lumotlar bilan tanishib chiqing:

Bu yilgi test sinovlarida abituriyetlar orasida nazoratchilar yurmaydi !
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5680

Hozir Oʻzbekistonda koʻplab xususiy universitetlar ochilyapti. Ularning diplomi ham davlat OTMlariniki bilan bir xil kuchga egami?
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5692

Davlat test markazi 2021-yilgi namunaviy test savollarini eʼlon qildi !
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5693

Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga o‘qishga nomzodlarni saralab olish tartibi belgilandi !
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5694

Xorijiy OTMlarda onlayn taʼlim orqali olingan diplomlar Oʻzbekistonda tan olinadimi?
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5696

Oʻzbek diplomlari chet davlatlarda tan olinadimi ?
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5697

Bu yilgi testlarda savollar oʻtgan yilgidek oson boʻlmaydi!
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5666

Andijonda "COLLEGIUM HUMANUM" Varshava menejment Universitetining filiali tashkil etish!
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5661

Kirish imtihonlarida javoblar varaqasi bilan ishlashni bilasizmi?
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5655

2020-2021 oʻquv yilidagi oʻtish ballari bilishni xohlaysizmi?
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5652

Kvota-2021: davlat granti 25 foizga oshirilishi mumkin!
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5626

Oʻqishni koʻchirish haqida qisqacha maʼlumot!
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5616

Milliy test tizimi bo'yicha savollarga javoblar.
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5568

Davlat komissiyasi tomonidan bu yilgi kirish imtihonlarida savollar tushadigan fanlar majmuasi va ularni baholash mezonlari tasdiqlandi.
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5572

5ta fandan test boʻlishga oid tartib, faqat davlat OTMlariga taalluqli.
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5580

Abituriyentlarni qanday yangiliklar kutyapti?
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5499

Qanday holda imtiyozli ta'lim krediti beriladi?
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5524

Kimlarni imtihon harajatlari qoplab beriladi?
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5530

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
22.4K views09:42
Ochish/sharhlash
2021-05-02 07:11:14
O‘zbekistonda Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash maktabi ochiladi !

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (PQ-5100, 30.04.2021 y.)ga asosan Fransiya Fuqaro aviatsiyasi milliy maktabi (ENAC) bilan birgalikda Toshkent davlat transport universiteti tarkibida Fuqaro aviasiyasi uchuvchilarini tayyorlash maktabi tashkil etiladi.

Maktab bitiruvchilariga Fransiyaning Fuqaro aviatsiyasi milliy maktabining belgilangan namunadagi diplomi beriladi va u O‘zbekistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladi.

Bu maktabda ta’lim faoliyati 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi hamda dastlab, qo‘shma ta’lim dasturlari (double degree) asosida “Havo kemalarining parvoz eyespluatasiyasi” bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
23.8K views04:11
Ochish/sharhlash
2021-05-01 13:42:20
O‘zbek diplomlari chet davlatlarda tan olinadimi ?

O‘zbekiston diplomlari ham xorijda tan olinadi, deb Xpress.uz'ga ma'lum qildi Ta’lim inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i Nizomjon Ishanqulov.

"Har bir mamlakatning xorijda olingan diplomlarni tan olish tartibi bor. Mana shu tartibda diplomlar boshqa davlatlarda tan olinishiga erishish mumkin.

Rossiya, Belarus davlatlari bilan esa hukumatlararo bitim imzolangan. Bu davlatlarda O‘zbekiston diplomlari to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinadi", – dedi Ishanqulov.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
22.8K views10:42
Ochish/sharhlash
2021-05-01 12:40:39
Xorijiy OTMlarda onlayn taʼlim orqali olingan diplomlar Oʻzbekistonda tan olinadimi?

“Hozircha yoʻq. Lekin ”Taʼlim toʻgʻrisida“gi qonunga masofaviy taʼlim shakli ham kiritildi.

Endi masofaviy taʼlim olishning toʻliq huquqiy mexanizmi ishlab chiqilishi kerak. Shundan soʻng xorijda masofaviy taʼlim olgan shaxslarning diplomlari Oʻzbekistonda tan olina boshlanadi”. — Taʼlim inspeksiyasi boʻlim boshligʻi Nizomjon Ishanqulov

Batafsil malumot youtube kanalimizda:





Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
22.7K viewsedited  09:40
Ochish/sharhlash
2021-04-30 08:10:00
Davlat test markazining interaktiv xizmatlar portalida test natijalarini ko‘rish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyat yaratiladi.

Endilikda test sinovida ishtirok etgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingandan so‘ng my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetlariga kirmagan holda ham o‘z natijalarini bilishlari mumkin bo‘ladi.

Buning uchun mazkur saytdagi “Natijani ko‘rish” bo‘limiga test topshiriqlari kitobi raqami va sahifada keltirilgan arifmetik ifodaning qiymatini kiritish kifoya.

Unda quyidagi ma’lumotlar aks etadi:

Test topshirilgan fanlar
Har bir fan bo‘yicha test topshiriqlari soni
Har bir fan bo‘yicha to‘g‘ri javoblar soni
Har bir fan bo‘yicha umumiy to‘plangan ball
Har bir test topshirig‘iga to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javob berilganligi.


Ma’lumot uchun, diagnostik test sinovida ishtirok etgan talabgorlar ham o‘z natijalarini shu yerdan bilishlari mumkin.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
24.6K viewsedited  05:10
Ochish/sharhlash
2021-04-30 06:10:00 ​​ Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga o‘qishga nomzodlarni saralab olish tartibi belgilandi !

Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi tayanch oliy harbiy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanib, Davlat xavfsizlik xizmati va Prezident davlat xavfsizlik xizmati faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha ofitser kadrlarni tayyorlaydi.

Akademiyaga bakalavriat taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi taʼlim shaklida o‘qishga Qurolli kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional taʼlim muassasalarining bitiruvchilari bo‘lgan erkaklar – O‘zbekiston fuqarolari qabul qilinadi.

O‘qishga nomzodlar quyidagi bosqichlarda tanlovlardan o‘tadi:

Dastlabki saralab olish
Maxsus kasbiy tanlash
Test sinovlari

Sport ustasi unvoni yoki sport ustasiga nomzodlik to‘g‘risidagi tegishli hujjatni taqdim etgan nomzodlar jismoniy tayyorgarlik sinovlaridan ozod etiladi.

Akademiyaga bakalavriat taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi taʼlim shakliga o‘qishga qabul qilingan nomzodlarga kursant maqomi beriladi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
22.4K views03:10
Ochish/sharhlash
2021-04-29 13:42:30
Davlat test markazi 2021-yilgi namunaviy test savollarini eʼlon qildi !

Quydagi havolalar orqali barcha namunaviy test savollarini oʻzbek hamda rus tillarida koʻrishingiz mumkin

P.s: Tanlangan fan haqida maʼlumotga ega boʻlish uchun avval @Abituriyentfayl kanalimizga a'zo bolishingiz kerak !

Fanlar kesimi

Matematika
Matematika (rus tili)
Kimyo
Kimyo (rus tili)
Biologiya
Biologiya (rus tili)
Fizika
Fizika (rus tili)
Geografiya
Geografiya (rus tili)
Ingiliz tili
Nemis tili
Rus tili va adabiyoti
Fransuz tili
Ona tili va adabiyot
Qoraqolpoq tili
Tarix
Tarix (rus tili)

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
26.2K views10:42
Ochish/sharhlash
2021-04-29 09:10:00
Hozir Oʻzbekistonda koʻplab xususiy universitetlar ochilyapti. Ularning diplomi ham davlat OTMlariniki bilan bir xil kuchga egami?

OTMlarga hujat topshirish vaqti yaqinlashayotgani sabab Xpress.uz abituriyentlar uchun bu savolga Taʼlim inspeksiyasi boʻlim boshligʻi Sardor Maqsudovdan javob oldi.

“Litsenziya asosida ishlayotgan xususiy OTMning diplomi Oʻzbekistonda tan olinadigan taʼlim hujjati boʻla oladi”, deb javob berdi Sardor Maqsudov.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
23.8K views06:10
Ochish/sharhlash
2021-04-28 08:42:06
Xalqaro imtihon topshirish xarajati qanday talablarga asosan kompensatsiya qilinadi ?

Imtihon topshirish xarajati quyidagi talablarga javob berganda kompensatsiya qilinadi.

Sinovlarning biri yoki bir nechtasi bo‘yicha imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinishi uchun to‘planishi lozim bo‘lgan yuqori ball (daraja)ning minimal ko‘rsatkichi yoki undan yuqori natija qayd etilganda

Maxsus sertifikat berilgan sanadan boshlab 180 kalendar kun o‘tmasdan kompensatsiya to‘lashni so‘rab murojaat qilganda

Maxsus sertifikatda ko‘rsatilgan imtihon natijasining haqiqiyligi va to‘g‘riligi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tasdiqlanganda

SMS-xabar orqali ijobiy javob olganidan so‘ng, ariza beruvchi kompensatsiyani olish uchun o‘zi tanlagan Xalq bankining filialiga murojaat etishi kerak

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
25.2K views05:42
Ochish/sharhlash