Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyent

Telegram kanalining logotibi abituriyent_dtmuzb_dtm_uz — Abituriyent A
Telegram kanalining logotibi abituriyent_dtmuzb_dtm_uz — Abituriyent
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24
Kanalning ta’rifi

@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
- Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.
📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot
📬 Reklama: https://t.me/ SwAo-YikrkZzu9el

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-06-15 23:09:42 RASMAN: endi qabul 20 iyundan boshlanadi

Prezidentning tegishli qaroriga asosan, davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali har yili 20 iyundan 20 iyulga qadar (20 iyul kuni ham), chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha esa 10 iyulga qadar (10 iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
26.9K viewsedited  20:09
Ochish/sharhlash
2022-06-15 23:09:42 Qabul kvotalari tasdiqlandi

Prezidentning tegishli farmoyishiga asosan, 2022/2023 oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari quyidagicha tasdiqlandi:

a) bakalavrlar tayyorlash boʻyicha:

kunduzgi taʼlim shakliga77 477 nafar;

sirtqi taʼlim shakliga 26 095 nafar;

kechki taʼlim shakliga3 725 nafar;

masofaviy taʼlim shakliga3 410 nafar;

b) magistrlar tayyorlash boʻyicha 10 688 nafar.

Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat OTMlarining kuzatuv kengashlariga hamda qabul parametrlarini Vasiylik kengashi qarori bilan tasdiqlash vakolati berilgan oliy taʼlim tashkilotlariga tegishli qabul parametrlarini 2022-yil 20-iyunga qadar tasdiqlash tavsiya etildi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
27.1K viewsedited  20:09
Ochish/sharhlash
2022-06-15 13:05:25Rasman: Diniy taʼlim muassasalariga 20-iyundan hujjat qabul qilinadi

2022-2023-oʻquv yili uchun Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va oʻrta-maxsus diniy taʼlim muassasalariga abituriyentlarning hujjatlari offlayn shaklda taʼlim muassasasi qabul hayʼati tomonidan qabul qilinadi.

Oʻrta-maxsus islom taʼlim muassasalariga hujjatlar 20-iyundan 10-iyulgacha (shu kuni ham soat 18:00 gacha) qabul qilinadi.

Talab qilinadigan hujjatlar: 

taʼlim muassasasi rahbari nomiga ariza;
pasport yoki ID karta nusxasi (asli koʻrsatiladi);
maʼlumoti toʻgʻrisida attestat yoki diplom (asl nusxasi);
3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (oxirgi uch oyda olingan va orqa foni oq rangda boʻlishi kerak);
chet tili bilishi toʻgʻrisidagi sertifikat (maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatda koʻrsatilgan chet tilidan boshqa xorijiy til boʻyicha test topshiruvchilar uchun) asl nusxasi.

 
Oliy diniy ta'lim muasasalariga:

Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasiga 20-iyundan 20-iyulgacha (shu kuni ham soat 18:00 gacha) hujjatlar qabul qilish davom etadi.

Hadis ilmi maktabiga 20-iyundan 10-iyulgacha (shu kuni ham soat 18:00 gacha) hujjatlar qabul qilinadi.

Talab qilinadigan hujjatlar:

taʼlim muassasasi rektori nomiga ariza;
pasport yoki ID karta nusxasi (asli koʻrsatiladi);
oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasini tamomlagani toʻgʻrisidagi hujjat (diplom) asl nusxasi;
3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (soʻnggi uch oyda olingan hamda orqa foni oq rangda boʻlishi talab etiladi);
“Yagona olimpiada” tanlovi diplomi (tanlovda 1-, 2- va 3-oʻrinni egallagan ishtirokchilar uchun).


Manba: Oʻzbekiston musulmonlari idorasi
Taʼlim va ilmiy-tadqiqot boʻlimi



Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
33.1K viewsedited  10:05
Ochish/sharhlash
2022-06-09 16:30:50
Endi oʻqishni koʻchirishga faqat 2 toifadagi talabalarga ruxsat beriladi

Vazirning xabar berishicha, joriy yildan faqatgina 2 ta shart bilan oʻqishni koʻchirishga ruxsat beriladi, yaʼni talaba yoki boshqa hududga turmushga chiqsa yoki davlat xizmatchisining ishi boshqa joyga oʻtsa. Boshqa toifalardagi talabalarga hech qaysi holatda oʻqishini koʻchirishga ruxsat berilmaydi.

Shuningdek, oʻqishni koʻchirishda vazir xati talab etiladi.

Oʻqishni koʻchirish oʻrniga akademik mobillikni qoʻllash tatbiq etiladi.

Vazirning aytishicha, joriy yilda 150 ming talaba oʻqishni koʻchirish uchun ariza berishi kutilmoqda. Bu salkam bir yillik kvotalarga teng. Talabalar kirish birmuncha osonroq yoʻnalishlarni tanlab, 2-kursdan talab yuqoriroq yoʻnalishlarga koʻchirib olishni reja qilmoqda. Endi bunga chek qoʻyiladi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
23.1K views13:30
Ochish/sharhlash
2022-06-09 16:02:33
"O’zbekistonning qishloq joylarida ishga joylashish ko’nikmalarini rivojlantirish” loyihasi natijasida ayollar va erkaklar barqaror va zamonaviylashtirilgan qishloq xoʼjaligida yuqori mahsuldorlikka erishishlari uchun tegishli koʼnikmalarga ega boʼlishlari orqali qishloq hududlarida turmush darajasi yaxshilanishiga hissa qo’shish ko’zda tutilgan.

Batafsil: https://t.me/tvetuz
23.7K views13:02
Ochish/sharhlash
2022-06-03 13:02:56
Maqsadli qabul qanday amalga oshirilishini bilasizmi?

Maqsadli qabulni tanlagan abituriyent mazkur taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha ham maqsadli (abituriyentning doimiy yashash hududi uchun maqsadli qabul parametrlari ajratilgan bo‘lsa), ham umumiy tanlovda ishtirok etadi.

Maqsadli qabulni tanlamagan abituriyent esa mazkur taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha umumiy tanlovda ishtirok etadi.

Eslatma: maqsadli qabul asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasini tamomlagandan so‘ng tegishli hududda 5 yil ishlab berish majburiyati yuklanadi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
31.8K viewsedited  10:02
Ochish/sharhlash
2022-06-03 12:00:09 ​​Abituriyentlar diqqatiga! Ham o'qib, ham daromad topish imkoniyatini taqdim qiluvchi Japan Digital University'da 2022-2023 o'quv yili uchun 5-qabul jarayonlari davom etmoqda

O'zbekistondagi Ilk Yaponiya raqamli universiteti—Japan Digital University'ning afzalliklari qanday?

—Bir vaqtning o’zida 3 ta diplomga ega bo’lish imkoniyati. Diplomlar O’zbekiston va Yaponiyada tan olinishi;
—Universitetda o’qib turib, o’qish davomida ishlash va bu orqali daromad topish (6$ dan-10$ gacha coworking orqali);
—O’qishni tamomlagandan so’ng Yaponiya kompaniyalariga ishga ketish;
Xalqaro darajadagi IT muhandis bo'lib yetishish kabi afzalliklarni o'zida mujassam etgan universitet sanaladi.

Shuningdek, talabalar 4-semestrdan boshlab co-working orqali 6$dan 10$gacha daromad topishadi. Qolaversa, Japan Digital University'ga o'qishga kirish uchun yapon tilini bilish talab etilmaydi.

Eslatma! JDU'ga 18 va 21 yosh oralig‘idagi maktab bitiruvchilari hamda abituriyentlar topshira oladilar.

Ro'yxatdan o'tish uchun link: https://www.jdu.uz/enrollee

Telegram kanal: @jduniversity_uz

+998712000595
33.0K views09:00
Ochish/sharhlash
2022-06-02 16:50:32 ​​ Rasman: 1-sinfga qabul 20-iyundan boshlanadi

Umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlari 20 iyundan boshlanadi.

Maktablarga biriktirilgan mikrohudud boʻyicha qabul jarayonlari joriy yilning 20-iyunidan 31-iyuliga qadar amalga oshiriladi.

Umumtaʼlim maktablarining oʻquvchi oʻrni, malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlanganligi, sinf xonalarining oʻquv mebellari bilan jihozlanganligidan kelib chiqib, umumtaʼlim maktablarining boʻsh oʻrinlariga mikrohududdan tashqari qoʻshimcha qabul jarayonlari 2022 yilning 1-15-avgust kunlari amalga oshiriladi.

Shuningdek, ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning markazidagi umumtaʼlim maktablarida 1-sinfga qabul jarayonlari ELEKTRON ShAKLDA amalga oshiriladi.

Qolgan hududlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning boshqa tuman (shahar)laridagi umumtaʼlim maktablarida 1-sinfga qabul anʼanaviy shaklda, yaʼni bevosita maktabda amalga oshiriladi.

Shu oʻrinda yana bir bor eslatib oʻtamiz! Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga bolalar 7 yoshga toʻladigan yilda qabul qilinadi.

Yaʼni, yangi 2022-2023 oʻquv yilida 2015-yilning 1-yanvaridan 31-dekabriga qadar tugʻilgan bolalar 1-sinfga qabul qilinadi.

Qabul jarayonlari haqida qoʻshimcha maʼlumot olish uchun maktab maʼmuriyatiga murojaat qilishingiz mumkin.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
24.0K views13:50
Ochish/sharhlash
2022-06-01 10:31:12
Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga oliy taʼlim muassasalari kirishda davlat granti asosidagi qabul doirasidagi tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma beriladi.

Tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi

kam taʼminlangan oilalardagi xotin-qizlar;
toʻliqsiz oilada tarbiyalanayotgan, yaʼni otasi yoki onasi va ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;
turmush oʻrtogʻi vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolgʻiz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;
nogiron farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;
2 va undan ortiq farzand tarbiyalayotgan, qarindoshlaridan alohida yashayotgan yolgʻiz ayollarning qiz farzandlari:
ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham I yoki II guruh nogironi boʻlgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

Tavsiyanoma olish uchun tuman, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlariga elektron shaklda murojaat qilinadi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
32.3K views07:31
Ochish/sharhlash
2022-06-01 10:01:27
Xalqaro Raqamli Universiteti (IDU) abituriyentlar uchun 100 grant o'rni ajratmoqda

— 11-iyun kuni Toshkent, Farg‘ona va Buxoro shaharlarida IDU - Xalqaro Raqamli Universitetiga kirish imtihoni bo‘lib o‘tadi.

Universitet tomonidan abituriyentlar uchun 100 grant o'rni ajratilmoqda

Imtihonda ishtirok etib oliy ma'lumotga va daromadli kasb egasi bo'ling

— IDU universiteti Buyuk Britaniya standartlariga muvofiq yuqori sifatli bilim bergan holda IT-mutaxassislarini tayyorlaydi.

Imtihonga ro'yxatdan o'tish
32.8K views07:01
Ochish/sharhlash