Get Mystery Box with random crypto!

Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga oliy taʼlim muassasalar | Abituriyent

Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga oliy taʼlim muassasalari kirishda davlat granti asosidagi qabul doirasidagi tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma beriladi.

Tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi

kam taʼminlangan oilalardagi xotin-qizlar;
toʻliqsiz oilada tarbiyalanayotgan, yaʼni otasi yoki onasi va ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;
turmush oʻrtogʻi vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolgʻiz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;
nogiron farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;
2 va undan ortiq farzand tarbiyalayotgan, qarindoshlaridan alohida yashayotgan yolgʻiz ayollarning qiz farzandlari:
ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham I yoki II guruh nogironi boʻlgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

Tavsiyanoma olish uchun tuman, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlariga elektron shaklda murojaat qilinadi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube