Get Mystery Box with random crypto!

​​ Rasman: 1-sinfga qabul 20-iyundan boshlanadi Umumtaʼlim ma | Abituriyent

​​ Rasman: 1-sinfga qabul 20-iyundan boshlanadi

Umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlari 20 iyundan boshlanadi.

Maktablarga biriktirilgan mikrohudud boʻyicha qabul jarayonlari joriy yilning 20-iyunidan 31-iyuliga qadar amalga oshiriladi.

Umumtaʼlim maktablarining oʻquvchi oʻrni, malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlanganligi, sinf xonalarining oʻquv mebellari bilan jihozlanganligidan kelib chiqib, umumtaʼlim maktablarining boʻsh oʻrinlariga mikrohududdan tashqari qoʻshimcha qabul jarayonlari 2022 yilning 1-15-avgust kunlari amalga oshiriladi.

Shuningdek, ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning markazidagi umumtaʼlim maktablarida 1-sinfga qabul jarayonlari ELEKTRON ShAKLDA amalga oshiriladi.

Qolgan hududlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning boshqa tuman (shahar)laridagi umumtaʼlim maktablarida 1-sinfga qabul anʼanaviy shaklda, yaʼni bevosita maktabda amalga oshiriladi.

Shu oʻrinda yana bir bor eslatib oʻtamiz! Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga bolalar 7 yoshga toʻladigan yilda qabul qilinadi.

Yaʼni, yangi 2022-2023 oʻquv yilida 2015-yilning 1-yanvaridan 31-dekabriga qadar tugʻilgan bolalar 1-sinfga qabul qilinadi.

Qabul jarayonlari haqida qoʻshimcha maʼlumot olish uchun maktab maʼmuriyatiga murojaat qilishingiz mumkin.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube