Get Mystery Box with random crypto!

Qabul kvotalari tasdiqlandi Prezidentning tegishli farmoyishi | Abituriyent

Qabul kvotalari tasdiqlandi

Prezidentning tegishli farmoyishiga asosan, 2022/2023 oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari quyidagicha tasdiqlandi:

a) bakalavrlar tayyorlash boʻyicha:

kunduzgi taʼlim shakliga77 477 nafar;

sirtqi taʼlim shakliga 26 095 nafar;

kechki taʼlim shakliga3 725 nafar;

masofaviy taʼlim shakliga3 410 nafar;

b) magistrlar tayyorlash boʻyicha 10 688 nafar.

Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat OTMlarining kuzatuv kengashlariga hamda qabul parametrlarini Vasiylik kengashi qarori bilan tasdiqlash vakolati berilgan oliy taʼlim tashkilotlariga tegishli qabul parametrlarini 2022-yil 20-iyunga qadar tasdiqlash tavsiya etildi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube