Get Mystery Box with random crypto!

Endi oʻqishni koʻchirishga faqat 2 toifadagi talabalarga ruxsa | Abituriyent

Endi oʻqishni koʻchirishga faqat 2 toifadagi talabalarga ruxsat beriladi

Vazirning xabar berishicha, joriy yildan faqatgina 2 ta shart bilan oʻqishni koʻchirishga ruxsat beriladi, yaʼni talaba yoki boshqa hududga turmushga chiqsa yoki davlat xizmatchisining ishi boshqa joyga oʻtsa. Boshqa toifalardagi talabalarga hech qaysi holatda oʻqishini koʻchirishga ruxsat berilmaydi.

Shuningdek, oʻqishni koʻchirishda vazir xati talab etiladi.

Oʻqishni koʻchirish oʻrniga akademik mobillikni qoʻllash tatbiq etiladi.

Vazirning aytishicha, joriy yilda 150 ming talaba oʻqishni koʻchirish uchun ariza berishi kutilmoqda. Bu salkam bir yillik kvotalarga teng. Talabalar kirish birmuncha osonroq yoʻnalishlarni tanlab, 2-kursdan talab yuqoriroq yoʻnalishlarga koʻchirib olishni reja qilmoqda. Endi bunga chek qoʻyiladi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube