Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyent

Telegram kanalining logotibi abituriyent_dtmuzb_dtm_uz — Abituriyent A
Telegram kanalining logotibi abituriyent_dtmuzb_dtm_uz — Abituriyent
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24
Kanalning ta’rifi

@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
- Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.
📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot
📬 Reklama: https://t.me/ SwAo-YikrkZzu9el

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-06-23 12:57:01
#Tezkor
DTM: IELTS sertifikatga ega boʻlgan abituriyentlarga maksimal ball beriladi va ular test sinovini yechishdan ozod qilinadi

Vazirlar Mahkamasining qarorida barcha tillar uchun tegishli boʻlgan sertifikatlar roʻyxati koʻrsatib oʻtilgan. Besh yarim va undan yuqori boʻlgan sertifikatga ega boʻlgan abituriyentlarga topshiradigan imtihonida chet tili fani boʻlsa, maksimal ball beriladi. Oʻsha fandan test sinovini yechishdan ozod qilinadi.

Bu haqda DTM maʼlum qildi

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
32.5K views09:57
Ochish/sharhlash
2022-06-22 12:39:12Rasman: Diniy taʼlim muassasalariga 20-iyundan hujjat qabul qilish boshlandi

2022-2023-oʻquv yili uchun Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va oʻrta-maxsus diniy taʼlim muassasalariga abituriyentlarning hujjatlari offlayn shaklda taʼlim muassasasi qabul hayʼati tomonidan qabul qilinadi.

Oʻrta-maxsus islom taʼlim muassasalariga hujjatlar 20-iyundan 10-iyulgacha (shu kuni ham soat 18:00 gacha) qabul qilinadi.

Talab qilinadigan hujjatlar: 

taʼlim muassasasi rahbari nomiga ariza;
pasport yoki ID karta nusxasi (asli koʻrsatiladi);
maʼlumoti toʻgʻrisida attestat yoki diplom (asl nusxasi);
3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (oxirgi uch oyda olingan va orqa foni oq rangda boʻlishi kerak);
chet tili bilishi toʻgʻrisidagi sertifikat (maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatda koʻrsatilgan chet tilidan boshqa xorijiy til boʻyicha test topshiruvchilar uchun) asl nusxasi.

 
Oliy diniy ta'lim muasasalariga:

Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasiga 20-iyundan 20-iyulgacha (shu kuni ham soat 18:00 gacha) hujjatlar qabul qilish davom etadi.

Hadis ilmi maktabiga 20-iyundan 10-iyulgacha (shu kuni ham soat 18:00 gacha) hujjatlar qabul qilinadi.

Talab qilinadigan hujjatlar:

taʼlim muassasasi rektori nomiga ariza;
pasport yoki ID karta nusxasi (asli koʻrsatiladi);
oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasini tamomlagani toʻgʻrisidagi hujjat (diplom) asl nusxasi;
3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (soʻnggi uch oyda olingan hamda orqa foni oq rangda boʻlishi talab etiladi);
“Yagona olimpiada” tanlovi diplomi (tanlovda 1-, 2- va 3-oʻrinni egallagan ishtirokchilar uchun).


Manba: Oʻzbekiston musulmonlari idorasi
Taʼlim va ilmiy-tadqiqot boʻlimi


Batafsil maʼlumot
https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A
32.8K views09:39
Ochish/sharhlash
2022-06-22 12:03:17
Rasman: Toshkentda PDP University ochildi. Qabul shu yildan boshlanadi.

2022-yil 7-iyun kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan litsenziya asosida talabalarga IT sohasida oliy taʼlim berish huquqiga ega boʻldi.

Fakultetlar:
- Maʼlumotlar tahlili;
- Sunʼiy intellekt yechimlari va ilovalari;
- Biznes tahlili va oʻzgarishlarni boshqarish;
- Dasturiy taʼminotni ishlab chiqish va dasturlash.

Nima uchun PDP University?

2-kursdan keyin ishga joylashish imkoniyati bor ekan.

Maktab yoki litseyni tamomlagan, 16 yoshdan kattalar qabul qilinadi.

Hujjat topshirish

Murojaat uchun:
+998787774747 | @PDPSupportBot

Telegram
32.9K views09:03
Ochish/sharhlash
2022-06-20 11:10:09
#Qabul2022
Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma (rus tilida)

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

- - -

Видеопособие по онлайн-регистрации для поступления в высшие образовательные учреждения (на русском языке)

Просмотр на YouTube (в формате HD)

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
33.8K viewsedited  08:10
Ochish/sharhlash
2022-06-20 11:10:08
#Qabul2022
Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish tartibi

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
32.4K viewsedited  08:10
Ochish/sharhlash
2022-06-20 11:10:08
#Qabul2022
Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)


Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
33.6K viewsedited  08:10
Ochish/sharhlash
2022-06-20 11:08:28 ​​​ Rasman: qabul uchun roʻyxatdan oʻtish boshlandi ammo yoʻnalish tanlay olmaysiz!
DTM ayibdor emas!

Qabul kvotalari toʻliq tasdiqlanmagan boʻlsada DTM doimgidek qabulni boshladi.

Bugundan abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

DTM xabar berishicha, abituriyentlar taʼlim yoʻnalishlarini qabul parametrlarining taʼlim tillari boʻyicha taqsimoti tasdiqlanganidan soʻng tanlash mumkin boʻladi.

Qayerdan roʻyxatdan oʻtiladi?

Abituriyentlarni roʻyxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn amalga oshiriladi.

Qachongacha davom etadi?

Roʻyxatga olish 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham) davom etadi. Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga onlayn roʻyxatga olish esa 10-iyulga qadar (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Kim ayibdor ?

Davlat qabul komissiyasi hali kvotalarni tillar kesimida tasdiqlamadi, bundan tashqari moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlarning kontrakt kvotalari ham tasdiqlangani yoʻq. Yaʼni garchi Prezident qarorida umumiy kvotalar tasdiqlangan boʻlsa-da, lekin oʻzbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillarga nechta joy berilishi aniq emas, busiz abituriyentlar yoʻnalish tanlay olmaydi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
33.4K viewsedited  08:08
Ochish/sharhlash
2022-06-18 12:30:58 «Perevod» bo'yicha kengroq tushuntirish

Quyidagi tushuntirishlarimiz Prezident qaroriga asoslangan, ya'ni rasmiy kuchga ega.

Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o'qishni ko'chirish

Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi:

1) talaba oila qursa va turmush o'rtog'i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko'chmoqchi bo'lsa;

2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko'chsa va turmush o'rtog'i yoki voyaga yetmagan farzandining o'qishini o'sha hududga ko'chirmoqchi bo'lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida).

Boshqa holda “ichki perevod”ga ruxsat yo'q. Boshqa hududga ham, o'z hududidagi boshqa OTMga ham.

Xorijdan o'qishni ko'chirish

Bunda o'tgan yilgi tartib saqlanib qolgan:

1) mos va turdosh yo'nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o'tish balini to'plash talab etiladi;

2) o'tish balini to'play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o'qishini ko'chirishga ruxsat beriladi;

3) xorijdan mos va turdosh bo'lmagan yo'nalishga o'qishni ko'chirishga ruxsat berilmaydi.

O'zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o'qishni ko'chirish

Bunda ham o'tgan yilgi eskicha tartib saqlanib qolgan:

1) mos va turdosh yo'nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o'tish balini to'plash talab etiladi;

2) o'tish balini to'play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o'qishini ko'chirishga ruxsat beriladi;

3) mos va turdosh bo'lmagan yo'nalish uchun esa bir martalik "super-kontrakt" to'lab ko'chirishi mumkin.

Davlat OTMdan nodavlat OTMga o'qishni ko'chirish

Buni davlat nazorat qilmaydi, buning tartibini nodavlat OTMlarning o'zi mustaqil belgilaydi. Nodavlat OTMga o'qishni ko'chirish mumkin yoki mumkin emasligini o'sha OTMning o'zidan aniqlashtiring.

Nodavlat OTMdan nodavlat OTMga o'qishni ko'chirish

Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko'chirmoqchi bo'linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.

Xorijdan nodavlat OTMga o'qishni ko'chirish

Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko'chirmoqchi bo'linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.
@xushnudbek

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
33.3K views09:30
Ochish/sharhlash
2022-06-16 18:50:39 2022/2023 o‘quv yili uchun qabul parametrlari taqsimoti tasdiqlandi

2022/2023 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy ta’lim shakllari bo‘yicha hamda oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlari:

kunduzgi — yuklab olish;

sirtqi — yuklab olish;

kechki — yuklab olish;

masofaviy — yuklab olish;

magistratura — yuklab olish.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
21.1K viewsedited  15:50
Ochish/sharhlash
2022-06-16 04:30:49 Joriy yil ham 5 tagacha yoʻnalish tanlash mumkin, faqat endilikda abituriyent turli taʼlim shaklini (kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy) tanlashiga ham ruxsat beriladi.

Prezident qaroriga koʻra, abituriyentlarga:

test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil boʻlgan beshtagacha bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini hamda bir vaqtning oʻzida barcha taʼlim shakllarini tanlash huquqi beriladi;

roʻyxatdan oʻtish jarayonida tanlangan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari ustuvorligiga qarab dastlab davlat granti, keyinchalik toʻlov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etish imkoniyati beriladi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
17.4K viewsedited  01:30
Ochish/sharhlash