Get Mystery Box with random crypto!

​ Rasman: Diniy taʼlim muassasalariga 20-iyundan hujjat qabul | Abituriyent

Rasman: Diniy taʼlim muassasalariga 20-iyundan hujjat qabul qilish boshlandi

2022-2023-oʻquv yili uchun Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va oʻrta-maxsus diniy taʼlim muassasalariga abituriyentlarning hujjatlari offlayn shaklda taʼlim muassasasi qabul hayʼati tomonidan qabul qilinadi.

Oʻrta-maxsus islom taʼlim muassasalariga hujjatlar 20-iyundan 10-iyulgacha (shu kuni ham soat 18:00 gacha) qabul qilinadi.

Talab qilinadigan hujjatlar: 

taʼlim muassasasi rahbari nomiga ariza;
pasport yoki ID karta nusxasi (asli koʻrsatiladi);
maʼlumoti toʻgʻrisida attestat yoki diplom (asl nusxasi);
3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (oxirgi uch oyda olingan va orqa foni oq rangda boʻlishi kerak);
chet tili bilishi toʻgʻrisidagi sertifikat (maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatda koʻrsatilgan chet tilidan boshqa xorijiy til boʻyicha test topshiruvchilar uchun) asl nusxasi.

 
Oliy diniy ta'lim muasasalariga:

Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasiga 20-iyundan 20-iyulgacha (shu kuni ham soat 18:00 gacha) hujjatlar qabul qilish davom etadi.

Hadis ilmi maktabiga 20-iyundan 10-iyulgacha (shu kuni ham soat 18:00 gacha) hujjatlar qabul qilinadi.

Talab qilinadigan hujjatlar:

taʼlim muassasasi rektori nomiga ariza;
pasport yoki ID karta nusxasi (asli koʻrsatiladi);
oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasini tamomlagani toʻgʻrisidagi hujjat (diplom) asl nusxasi;
3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (soʻnggi uch oyda olingan hamda orqa foni oq rangda boʻlishi talab etiladi);
“Yagona olimpiada” tanlovi diplomi (tanlovda 1-, 2- va 3-oʻrinni egallagan ishtirokchilar uchun).


Manba: Oʻzbekiston musulmonlari idorasi
Taʼlim va ilmiy-tadqiqot boʻlimi


Batafsil maʼlumot
https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A