Get Mystery Box with random crypto!

«Perevod» bo'yicha kengroq tushuntirish Quyidagi tushuntirish | Abituriyent

«Perevod» bo'yicha kengroq tushuntirish

Quyidagi tushuntirishlarimiz Prezident qaroriga asoslangan, ya'ni rasmiy kuchga ega.

Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o'qishni ko'chirish

Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi:

1) talaba oila qursa va turmush o'rtog'i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko'chmoqchi bo'lsa;

2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko'chsa va turmush o'rtog'i yoki voyaga yetmagan farzandining o'qishini o'sha hududga ko'chirmoqchi bo'lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida).

Boshqa holda “ichki perevod”ga ruxsat yo'q. Boshqa hududga ham, o'z hududidagi boshqa OTMga ham.

Xorijdan o'qishni ko'chirish

Bunda o'tgan yilgi tartib saqlanib qolgan:

1) mos va turdosh yo'nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o'tish balini to'plash talab etiladi;

2) o'tish balini to'play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o'qishini ko'chirishga ruxsat beriladi;

3) xorijdan mos va turdosh bo'lmagan yo'nalishga o'qishni ko'chirishga ruxsat berilmaydi.

O'zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o'qishni ko'chirish

Bunda ham o'tgan yilgi eskicha tartib saqlanib qolgan:

1) mos va turdosh yo'nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o'tish balini to'plash talab etiladi;

2) o'tish balini to'play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o'qishini ko'chirishga ruxsat beriladi;

3) mos va turdosh bo'lmagan yo'nalish uchun esa bir martalik "super-kontrakt" to'lab ko'chirishi mumkin.

Davlat OTMdan nodavlat OTMga o'qishni ko'chirish

Buni davlat nazorat qilmaydi, buning tartibini nodavlat OTMlarning o'zi mustaqil belgilaydi. Nodavlat OTMga o'qishni ko'chirish mumkin yoki mumkin emasligini o'sha OTMning o'zidan aniqlashtiring.

Nodavlat OTMdan nodavlat OTMga o'qishni ko'chirish

Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko'chirmoqchi bo'linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.

Xorijdan nodavlat OTMga o'qishni ko'chirish

Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko'chirmoqchi bo'linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.
@xushnudbek

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube