Get Mystery Box with random crypto!

​​​ Rasman: qabul uchun roʻyxatdan oʻtish boshlandi ammo yoʻna | Abituriyent

​​​ Rasman: qabul uchun roʻyxatdan oʻtish boshlandi ammo yoʻnalish tanlay olmaysiz!
DTM ayibdor emas!

Qabul kvotalari toʻliq tasdiqlanmagan boʻlsada DTM doimgidek qabulni boshladi.

Bugundan abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

DTM xabar berishicha, abituriyentlar taʼlim yoʻnalishlarini qabul parametrlarining taʼlim tillari boʻyicha taqsimoti tasdiqlanganidan soʻng tanlash mumkin boʻladi.

Qayerdan roʻyxatdan oʻtiladi?

Abituriyentlarni roʻyxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn amalga oshiriladi.

Qachongacha davom etadi?

Roʻyxatga olish 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham) davom etadi. Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga onlayn roʻyxatga olish esa 10-iyulga qadar (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Kim ayibdor ?

Davlat qabul komissiyasi hali kvotalarni tillar kesimida tasdiqlamadi, bundan tashqari moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlarning kontrakt kvotalari ham tasdiqlangani yoʻq. Yaʼni garchi Prezident qarorida umumiy kvotalar tasdiqlangan boʻlsa-da, lekin oʻzbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillarga nechta joy berilishi aniq emas, busiz abituriyentlar yoʻnalish tanlay olmaydi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube