Get Mystery Box with random crypto!

Bugundan boshlab jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi | Xushnudbek.uz

Bugundan boshlab jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi binosida Baxti Tashkentskiy nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev va boshqalarga (jami 37 kishi) oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlandi.

Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga ko‘ra sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 104, 109, 138, 165, 168, 228, 242, 243, 273, 276 va 277-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Hozirda 36 nafar sudlanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish” va 1 nafariga “garov“ tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilgan.

Tasdiqlangan ayblov xulosasiga ko‘ra mazkur jinoyat ishi doirasida 46 nafar jabrlanuvchi va 70 nafar guvoh aniqlangan.


@xushnudbek