Get Mystery Box with random crypto!

Qatar oʻzbekistonliklarni ishga taklif qilmoqda Kambagʻallik | Xushnudbek.uz

Qatar oʻzbekistonliklarni ishga taklif qilmoqda

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligida Qatar mehnat vaziri Ali bin Samih al-Marri boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Oʻzbekistondan Qatarga ishchi kuchi jalb qilish va ularni tayyorlash masalasi muhokama qilindi. Qatar mehnat vaziri ayni vaqtda ushbu mamlakatda tibbiyot, taʼlim, IT, mahsulotlarni sanoat usulida qayta ishlash, mehmonxona xizmati va OAV sohalarida xorijlik kadrlarga talab yuqori ekanligi taʼkidladi.

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev Qatarda ishlash istagida boʻlganlarni qiynayotgan eng katta masala – til toʻsigʻi muammosini yechish boʻyicha qator takliflarni ilgari surdi.

Endilikda ikki mamlakat vazirliklari oʻrtasida qoʻshma komissiya tuzilib, uning navbatdagi yigʻilishi Qatarda oʻtkaziladi.

@xushnudbek