Get Mystery Box with random crypto!

Futbolchilar

Telegram kanalining logotibi uzfutbolchilar — Futbolchilar F
Telegram kanalining logotibi uzfutbolchilar — Futbolchilar
Kanal manzili: @uzfutbolchilar
Toifalar: Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 165
Kanalning ta’rifi

Futbol olami gurusi ⚽️
Katta yangiliklar, kutilmagan transferlar, jahon futboli yulduzlari va birgina kanalda barcha top klublar!

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

3

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 13

2022-11-08 10:14:58
Mendi: "Men Bred Pitt emasligimni bilaman"

"Manchester Siti"ning sakkizta zo‘rlash, bitta jinsiy zo‘ravonlik va bitta zo‘rlashga urinishda ayblangan fransiyalik himoyachisi Benjamin Mendi dushanba kuni Chester Krovn sudida birinchi marta guvohlik berdi.
28 yoshli futbolchi jabrlanuvchilar bilan ularning roziligisiz jinsiy aloqada bo‘lmagani, uning uyiga qizlarning o‘zlari kelganini aytdi. Bundan tashqari, Fransiya terma jamoasi bilan JCH-2018da g‘olib chiqqan Mendi ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab xabarlar ola boshlaganini va bu uning uchun yangilik bo‘lganini tan oldi.
Mendi qizlar bilan "to‘g‘ridan-to‘g‘ri" gaplashgani va "Manchester Siti" bilan shartnoma imzolaganidan keyin qizlar u bilan 10 marta tez-tez bog‘lana boshlaganini tushuntirdi. "Men Bred Pitt emasligimni bilaman va qizlar menga tashqi ko‘rinishim uchun xat yozishmaganini bilaman", - deydi futbolchi.
Mendi 2021 yil avgustida hibsga olingan. U 2018 yildan 2021 yilgacha sodir etilgan jinoyatlarda ayblanmoqda.-
1 view07:14
Ochish/sharhlash
2022-11-08 10:14:37
Premyer-liganing top klublari skautlari Gakponi kuzatishyapti

PSV hujumchisi Kodi Gakpoga Angliya Premyer-ligasi klublari orasida talab katta. Bu haqda 90min portali jurnalistlari xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko‘ra, yaqinda bo‘lib o‘tgan PSV - "Ayaks" uchrashuvida Angliya chempionatining bir qancha top-klublari vakillari ishtirok etishgan. Skautlar o‘yinga 23 yoshli hujumchining o‘yinini kuzatish uchun kelgan.
Gakpo joriy mavsumning birinchi qismida juda sermahsul bo‘lib turibdi. Forvard eyndxovenliklar jamoasi safida 23 ta o‘yinda qatnashib, 13 ta gol va 17 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Avvalroq PSV Kodini 50 million yevroga baholagani xabar qilingandi.
-
1 view07:14
Ochish/sharhlash
2022-11-08 10:14:17
Vaskes hakam ishidan norozi bo‘ldi

Madridning “Real” klubi himoyachisi Lukas Vaskes “Rayo Valyekano”ga qarshi (2:3) uchrashuvdagi hakam ishidan norozi.
Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida bosh hakam Xuan Martines darvozabonning chiziqdan erta chiqib ketganini ko‘rib, "Real" darvozaboni Tibo Kurtuaning seyvidan keyin "Rayo"ga penalti tepish imkoniyatini berdi.
«Bu Kurtua haqidami yoki maydoncha ichiga yugurib kelgan kimdir haqidami, bilmayman. Lekin shunga o‘xshash narsa har bir o‘yinda sodir bo‘ladi. Va bu holda yondashuv hamma uchun bir xil darajada qat’iy bo‘lishi kerak.
Uchrashuv qiyin kechdi. Raqib hisobni erta ochdi, biz o‘yinni o‘zgartira oldik, ammo bizda bor-yo‘g‘i besh daqiqa ustunlik bo‘ldi. Penaltidan keyin hisobni tenglashtirish biz uchun qiyin bo‘ldi.
Bizga o‘z futbolimizni o‘ynash qiyin edi. "Rayo" qiyin raqib, u juda yaxshi o‘ynadi", - deydi Vaskes.
-
1 view07:14
Ochish/sharhlash
2022-11-08 10:13:57
Indzagi YECHLdagi maqsadlarini aytdi

“Inter” murabbiyi Simone Indzagi YECHL 1/8 final bosqichiga qur’a tashlash natijalari haqida gapirdi. Pley-offning birinchi bosqichida “neradzurrilar” “Portu”ga qarshi maydonga tushadi.
“Biz yana Chempionlar ligasining pley-off bosqichida ishtirok etamiz. “Inter” biz olgan raqibga hurmat qiladi.
"Portu" Chempionlar ligasining eski klublaridan biridir, ular bu turnirda yaxshi natijalar ko‘rsatishmoqda.
Maqsadimizga kelsak, chorak finalga chiqish niyatidamiz. Biz bu bosqichda anchadan beri o‘ynamadik.
Bu oson bo‘lmaydi, lekin futbolchilar topshiriqni bajarish uchun bor kuchlarini ishga solishadi", - deya murabbiyning so‘zlaridan iqtibos keltirdi klub matbuot xizmati.
-
1 view07:13
Ochish/sharhlash
2022-11-08 10:13:37
Ten Xag nima uchun Ronaldu so‘nggi o‘yinda "Manchester Yunayted" sardori bo‘lganini tushuntirdi

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag nega portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu "Aston Villa"ga qarshi o‘yinda sardor bo‘lganini tushuntirdi.
“Jamoa sardori bo‘lgan Maguayr zaxirada o‘ynadi. Shuning uchun, David de Xea va Kazemiro o‘rtasida tanlov bor edi. Ammo darvozabon maydon o‘yinchilaridan uzoqda, Kazemiro esa ingliz tilini bilmaydi. Shu munosabat bilan qo‘l bog‘ichini Krishtianuga ishonib topshirishga qaror qilindi", - deydi murabbiy.
-
1 view07:13
Ochish/sharhlash
2022-11-08 10:13:16
Noyer: "Agar Qatarda jahon chempioni bo‘lsak, terma jamoadagi faoliyatimni yakunlash haqida o‘ylayman"

"Bavariya" va Germaniya terma jamoasi darvozaboni Manuyel Noyer terma jamoadagi kelgusi faoliyati haqida gapirdi.
"O‘ylaymanki, Qatardagi jahon chempionati mening uchun oxirgisi bo‘ladi. Ochig‘i, bu turnir natijasiga bog‘liq bo‘ladi. Agar jahon chempioni bo‘lsak, terma jamoa bilan xayrlashish haqida o‘ylayman.
Qatardagi turnirda g‘alaba qozonishni xohlaymiz, deyishdan qo‘rqmayman. Ammo biz bilamizki, ko‘plab kuchli jamoalar bizga to‘qnash keladi", - deya Noyerning so‘zlarini keltiradi Bild.
Jahon chempionati 20 noyabrdan 18 dekabrga qadar Qatarda bo‘lib o‘tadi. Germaniya terma jamoasi "E" guruhida Ispaniya, Yaponiya va Kosta-Rika bilan o‘ynaydi.
-
1 view07:13
Ochish/sharhlash
2022-11-08 10:12:56 on qilinishi kutilmoqda.
"Arsenal" 14 dekabrda Londonga qaytadi. Boksing deydan avval jamoani "Emirates" o‘yingohida yana bir o‘rtoqlik bahsi kutib turibdi. Uchinchi o‘yin ispan klublaridan biriga qarshi o‘tkazilishi aytilgan. Ichki chempionatlar qaytganida, "Arsenal"ning ilk raqibi "Vest Xem Yunayted" bo‘ladi. Garchand Arteta shogirdlarining ayrimlari Qatardagi mundialga ketsa ham, ko‘pchilik jamoa bazasida qoladi. Ular ichida Kiran Tirni, Oleksandr Zinchenko, Gabriel, Sedrik, Martin Edegor, Fabiu Viyeyra kabi nomlar mavjud.
 
 
ISMATOV J.
1 view07:12
Ochish/sharhlash
2022-11-08 10:12:55
"Arsenal" qishki ta’tilni qanday o‘tkazadi?

Mikel Arteta boshchilik qilayotgan "Arsenal" Jahon chempionati davomida maxsus rejalarni amalga oshiradi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, "to‘pchilar" qishni Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o‘tkazadi. Jamoa APLda so‘nggi o‘yinida "Vulverxempton"ga qarshi chiqadi . Shundan keyin, jamoaga o‘n kun davomida dam olish imkoni taqdim etiladi.
Klub futbolchilarining bir qismi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun yo‘l oladi. Qolganlari bilan Arteta Dubayga uchadi. Ushbu sayohatning boshlanishi 4 dekabrga mo‘ljallangan. Yaqin Sharqning iliq havosida "Arsenal"ni "Milan" hamda "Lion" klublariga qarshi o‘rtoqlik bahslari kutib turibdi. Xususan, 8 dekabr kuni londonliklar "Lill" bilan kuch sinashadi. Oradan besh kun o‘tib esa, Italiya chempionlari bilan ӯynaydi. Xabarda "Liverpul"ning ham Dubayda bo‘lishi aytilgan. Ammo Klopp jamoasi "Arsenal" bilan to‘qnash kelmaydi. Yuqoridagi ma’lumotlar keyingi haftada rasman e’l-
1 view07:12
Ochish/sharhlash
2022-11-08 10:12:35
Futzal. Tojikiston - Rossiya uchrashuvini o‘zbekistonlik hakamlar boshqarishdi

Futzal bo‘yicha Tojikiston va Rossiya terma jamoalari o‘rtasidagi ikkita xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvini hamyurtlarimiz FIFA hakamlari — Anatoliy Rubakov va Nikita Afinogenov boshqarib borishmoqda. Ularga zaxira hakamlari sifatida tojikistonlik FIFA referilari — Bexruz Murtazoyev va Suhrob Sattorovlar ishlaydi.Eslatib o‘tamiz, futzal bo‘yicha Tojikiston va Rossiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvlari kecha va bugun o‘tkaziladi. Kechagi bahsda qo‘shnilarimiz rossiyalik futzalchilarni 10:7 hisobida mag‘lubiyatga uchratishgan. Bugungi bahs Dushanbedagi ko‘p funksiyali sport majmuasi – Tennis va suv sporti saroyida Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanadi.
-
1 view07:12
Ochish/sharhlash
2022-11-08 10:12:15
Vinisius JCH-2022 haqida: "Braziliya oltinchi chempionlik uchun kurashadi"

Braziliyalik yulduz Vinisus Junior yaqinlashib kelayotgan JCH-2022da o‘z terma jamoasi bilan g‘oliblik uchun kurashmoqchi.
“Men jahon chempionati muhitini allaqachon his qila boshladim. Bu juda yoqimli daqiqalar. Biz Braziliya terma jamoasi uchun oltinchi chempionlikni qo‘lga kiritish uchun borish niyatidamiz. Biz xalqimizga baxt olib kelmoqchimiz", - deya xabar qoldirdi forvard ijtimoiy tarmoqlarida.
Jahon chempionati Qatarda 20 noyabr kuni boshlanib, 18 dekabrda yakunlanadi. Jahon chempionatining guruh bosqichida Braziliya terma jamoasi Kamerun, Serbiya va Shveysariya terma jamoalari bilan uchrashadi.
-
1 view07:12
Ochish/sharhlash