Get Mystery Box with random crypto!

Futbolchilar

Telegram kanalining logotibi uzfutbolchilar — Futbolchilar F
Telegram kanalining logotibi uzfutbolchilar — Futbolchilar
Kanal manzili: @uzfutbolchilar
Toifalar: Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 165
Kanalning ta’rifi

Futbol olami gurusi ⚽️
Katta yangiliklar, kutilmagan transferlar, jahon futboli yulduzlari va birgina kanalda barcha top klublar!

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

3

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2022-11-19 02:10:33
Van der Sar "Manchester Yunayted"ga qaytishi haqidagi mish-mishlarga javob berdi

Amsterdamning "Ayaks" klubi bosh direktori Edvin van der Sar "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkinligi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Yaqinda "Ayaks" bilan shartnomamni uch yilga uzaytirdim. O‘n yildan beri shu yerdaman va menga hamma narsa yoqadi, klubdagi faoliyatimdan mamnunman. Kelajakda nima bo‘lishini ko‘ramiz", dedi van der Sar intervyusida.
-
1 view23:10
Ochish/sharhlash
2022-11-19 00:14:37
Korrea juda xafa

Argentinalik futbolchi Xoakin Korrea jarohatidan so‘ng o‘z his-tuyg‘ulari haqida gapirdi.
Korreaning jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi tasdiqlangach, 28 yoshli futbolchi o‘z his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi. "Inter" va Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi ijtimoiy tarmoqda "So‘z bilan tushuntirib bo‘lmaydigan qayg‘u", deb post qoldirgan..
Dastlab Korrea Argentina terma jamoasiga jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish uchun jalb qilingan edi. Ammo uning tovonidagi jarohat Qatarga borishiga imkon bermadi.
-
1 view21:14
Ochish/sharhlash
2022-11-19 00:14:17
Rabio: "Pogba mendan JCH-2022da xuddi "Yuventus"dagi kabi o‘ynashimni so‘radi"

Fransiya terma jamoasi va “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Adryen Rabio Pol Pogbaning jahon chempionati oldidan bergan ko‘rsatmalari haqida gapirdi.
"Pogba barchamizni ruhlantirdi va shaxsan mendan "Yuventus"dagi kabi o‘zimni terma jamoada ko‘rsatishimni so‘radi. Bunday muhim turnirda yetakchi bo‘lish imkoniyatim bor. Balki bu burilish nuqtasi bo‘lar", - deya 27 yoshli yarim himoyachining so‘zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Alfredo Pedulla.
Adryen Rabio Fransiya terma jamoasi safida 29 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urgan. Futbolchi “Yuventus” tarkibida joriy mavsumda 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi.
-
1 view21:14
Ochish/sharhlash
2022-11-19 00:13:56
Pochettino: "PSJ"da hech kim ishingizni qadrlamaydi"

"PSJ"ning sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino o‘ziga nisbatan adolatsiz munosabatda bo‘lishganini aytdi.
"PSJ"ga murabbiylik qilishingiz qadrlanadimi? Mutlaqo, yo‘q! Sizning yutuqlaringiz doimo qadrsizlanadi. Bizning g‘alabalarimiz har doim o‘yinchilarning individual mahorati bilan bog‘liq bo‘lgan, ammo barcha mag‘lubiyatlar faqat mening aybimdir", - dedi Pochettino Marca radiosiga bergan intervyusida.
-
1 view21:13
Ochish/sharhlash
2022-11-18 00:13:03
Ishkal! Qatar Ekvador futbolchilariga pora berdimi?

Qatar Ekvador terma jamoasiga pora bergan bo‘lishi mumkin.
Bu haqda jurnalist, siyosiy tahlilchi va Britaniya Yaqin Sharq tadqiqotlari markazining mintaqaviy rahbari Amjad Taha ma’lum qildi.
“Qatar o‘yinda mag‘lub bo‘lishlari uchun ekvadorlik 8 ta futbolchiga 7,4 million dollar pora berdi (0:1, 2-taymda gol). Buni Qatar va Ekvadordan besh nafar insayder tasdiqladi.
Umid qilamizki, bu yolg‘on xabar. Ushbu ma’lumotlarning tarqalishi natijaga ta’sir qiladi deb umid qilamiz. Dunyo FIFA korrupsiyasiga qarshi turishi kerak”, - deb yozdi Taha tvitterda.
Eslatib o‘tamiz, JCH-2022 Qatarda bo‘lib o‘tadi. Turnir 20 noyabrdan kuni Qatar – Ekvador uchrashuvi bilan ochiladi.
-
2 views21:13
Ochish/sharhlash
2022-11-18 00:11:52
Bellingem uchun poygada "Liverpul" yetakchi

“Liverpul” ayni damda Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem uchun favorit hisoblanadi.
ESPN xabariga ko‘ra, “qizillar” futbolchi uchun kurashda “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted”, “Chelsi” va “Real”dan o‘zib ketgan.
Gap shundaki, “Liverpul” futbolchining muhiti bilan yaxshi munosabatlarni shakllantira oldi.
Eslatib o‘tamiz, nemis klubi futbolchi uchun 150 million yevro olishni kutmoqda.
Bellingem joriy mavsumda 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
-
1 view21:11
Ochish/sharhlash
2022-11-18 00:11:32 hi joriy mavsumda APLning 6 o‘yinida 3 ta gol urdi.
1 view21:11
Ochish/sharhlash
2022-11-18 00:11:31
Antoni yoqtirgan futbolchilari haqida gapirdi

"Manchester Yunayted"ning braziliyalik hujumchisi Antoni bolaligida o‘zi havas qilgan futbolchilarni aytdi va Braziliyadagi hayot haqida gapirdi.
“Men afsonalardan turli fintlarni o‘rgandim. Ronaldinyo, Neymar, Krishtianu Ronaldu. Toniolo amakim tufayli YouTube'da ularning o‘yinini ko‘rdim. U mening haqiqiy amakim emas, balki bizning qo‘shnimiz edi, lekin menga oila a’zosidek munosabatda bo‘ldi. Kichkinaligimda u menga Wi-Fi-dan foydalanishga ruxsat berdi, shunda men YouTube-ga kirib, yangi narsalarni o‘rgandim. U menga hatto birinchi video o‘yinimni ham berdi. Tonioloda ikkita non bo‘lsa, bittasini oilamga berdi. Bu faveladagi hayotni hamma ham tushunavermaydigan narsa. Har bir yomon odam uchun ikkita yaxshi odam bor ", - dedi Antoni.
22 yoshli xavbek 2022 yilning avgustida "Manchester Yunayted" klubi futbolchisiga aylandi, klub futbolchi uchun Amsterdamning "Ayaks" klubiga 95 million yevro to‘lagan. Braziliyalik futbolc-
1 view21:11
Ochish/sharhlash
2022-11-18 00:10:30
Jiru: "Bunday salomlashish har doim yoqimli"

Olivye Jiru jamoa Qatarga kelganida hindistonlik muxlislar Fransiyani qo‘llab-quvvatlaganliklarini qayd etdi.
«Bunday salomlashish har doim yoqimli. Hindistonliklar Fransiya termasini bunchalik qo‘llab-quvvatlashlarini bilmagandim. Hindiston aholisining milliard kishi ekanligini hisobga olsak, bu jiddiy masala.
2022 yilgi jahon chempionatidagi qiyinchilik men uchun faxrdir. Ehtiyoj tug‘ilishi bilanoq yordam berishga harakat qilaman.
Biz Pogbani, shuningdek, Kante va Kimpembeni sog‘inamiz. Lekin ishonchim komilki, bizda yangi yosh yetakchilar paydo bo‘ladi. Men ham o‘z rolimni – katta aka rolini o‘ynayman.
Bu mening so‘nggi turnirim bo‘lishi mumkin, lekin men hech narsa e’lon qilishni xohlamayman.
-
2 views21:10
Ochish/sharhlash
2022-11-17 20:17:05
Nemis klubi yetakchisi bilan yangi shartnoma imzolamoqchi

"Volfsburg" klubi hujumchi Omar Marmush bilan shartnomani uzaytirmoqchi, deya xabar beradi GFFN.
Manbaning xabariga ko‘ra, klub rahbariyati futbolchi bilan Rojdestvo bayrami arafasida muzokaralarni boshlaydi.
23 yoshli misrlik 2020 yildan buyon "Volfsburg"da o‘ynab kelmoqda. Hujumchining amaldagi shartnomasi 2023 yilning 30 iyunida yakuniga yetadi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 6 million yevroga baholamoqda.
Marmush joriy mavsumda “Volfsburg” safida barcha turnirlar doirasida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.
-
4 views17:17
Ochish/sharhlash