Get Mystery Box with random crypto!

Futbolchilar

Telegram kanalining logotibi uzfutbolchilar — Futbolchilar F
Telegram kanalining logotibi uzfutbolchilar — Futbolchilar
Kanal manzili: @uzfutbolchilar
Toifalar: Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 165
Kanalning ta’rifi

Futbol olami gurusi ⚽️
Katta yangiliklar, kutilmagan transferlar, jahon futboli yulduzlari va birgina kanalda barcha top klublar!

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

3

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 12

2022-11-11 10:15:31
Karrager: "Ronaldu hozir MLSga o‘tishdan manfaatdor emas"

Jeymi Karrager Krishtianu Ronalduning faoliyati haqida gapirdi. "Liverpul" sobiq himoyachisining fikricha, portugaliyalik qishda Premyer-ligani MLSga o‘zgartirmasligi kerak.
«Menimcha, Ten Xag o‘zi va Ronaldu o‘rtasida yuzaga kelgan vaziyatdan chiqishning mukammal yo‘lini topdi. Murabbiy o‘z ta’sirini ko‘rsatib, avvaliga qoidabuzar futbolchini tarkibdan chetlatib, keyin uni yana tarkibga qaytardi.
Ronaldu qishda shunchaki klubni tark etadi deb o‘ylamayman. Ha, u yozda ketmoqchi edi, lekin hozir u MLSga o‘tishdan aniq manfaatdor emas», - deydi Karrager.
-
1 view07:15
Ochish/sharhlash
2022-11-11 10:13:09
"Nyukasl"ga yana investisiya kiritildi

Saudiya Arabistoni kompaniyasi "Nyukasl"ga yana 80,8 million yevro investisiya kiritdi, deya xabar berdi klub rasmiy sayti.
Qayd etilishicha, bugungi kunda egalar guruhining "Nyukasl"ga jami sarmoyasi 510 million yevrodan oshadi.
“Biz Angliya va Yevropada doimiy ravishda eng yuqori saviyalarda raqobatlasha oladigan klub qurish bo‘yicha uzoq muddatli rejaning boshida turibmiz. Biz jamoa va loyihani rivojlantirishimiz kerak. Biz buni moliyaviy feyr-pley qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirishimiz kerak. Ushbu qo‘shimcha sarmoya bizga biznes rejamizni davom ettirishga imkon beradi", dedi klub bosh direktori Darren Ilz.
"Nyukasl" 14 turdan keyin 27 ochko bilan APLda uchinchi o‘rinda bormoqda.
-
1 view07:13
Ochish/sharhlash
2022-11-09 10:16:16 ujum qilishda davom etdik va yana gollar urdik. Ishtiyoq ham yetarli edi. Yigitlar gol urishni istayotgan edi va shunga erishdik.
- So‘nggi turda poytaxt derbisi kutmoqda va o‘sha o‘yinda chempionlik masalasi hal bo‘ladi. Jamoada kayfiyat a’lo darajada, lekin oxirgi o‘yin oson kechmasligi aniq.
- Albatta, chempionatni yakunlab beruvchi bahs oldinda bizni kutmoqda. Derbi oson bo‘lmaydi, lekin barchasi o‘z qo‘limizda va qanday natijaga qayd etishimiz o‘zimizga bog‘liq. Jamoa chempionlikni maqsad qilgan. Chempionlikka erishish uchun qo‘limizdan kelgan barcha imkoniyatlarni ishga solamiz" - dedi Hamdamov.
1 view07:16
Ochish/sharhlash
2022-11-09 10:15:55 ag‘lub etdi. Biroq Jud Bellingemning goli jamoani sharmandalikdan qutqarib, 1/8 finalga olib chiqdi.

"H" guruhida haqiqiy drama yuzaga keldi: Portugaliya va Koreya pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi, Gana va Urugvay uchinchi o‘rin uchun kurashdi. Shiddatli qarama-qarshilikda Afrika jamoasi 4:3 hisobida zafar quchdi.
1/8 final
Pley-off bosqichi Angliya jamoasining top-jamoalar bilan o‘yinlarga to‘liq tayyor emasligini ko‘rsatdi - ular Niderlandiyaga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. Bunga parallel ravishda Argentina terma jamoasi Daniyani, Fransiya Polshani mag‘lub etdi, Braziliya Koreya qarshiligini sezmadi, Portugaliya esa Shveysariya bilan kurashdi.
Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar Senegalni 2:1 hisobida mag‘lub etib, 2002 yildan beri ilk bor chorak finalga chiqdi. Xorvatiya kutilmaganda xuddi shunday hisobda Ispaniyani mag‘lub etdi. Belgiya gol urdi va butun uchrashuv davomida Germaniya bilan o‘yinda ustunlik qildi, biroq Xans-Diter Flik shogirdlari so‘nggi daqiqalarda o‘yinni o‘
1 view07:15
Ochish/sharhlash
2022-11-09 10:13:54
Levandovski uchta o‘yinga diskvalifikasiya qilinishi mumkin

Kataloniyaning “Barselona” hujumchisi Robert Levandovski "Osasuna"ga qarshi kechgan La Liga o‘yinida (2:1) sportga xos bo‘lmagan harakati uchun diskvalifikasiya qilinishi mumkin, deb xabar bermoqda El Parttidazo de Cope nashri.
Polshalik to‘purar birinchi bo‘lim o‘rtalarida ikkinchi sariq kartochkadan so‘ng maydondan chetlatildi. Uchrashuv protokolida qayd etilganidek, hujumchi maydonni tark etar ekan, hakamga nisbatan ishora qildi. Shu sababli, Robertni uchta o‘yinga diskvalifikasiya qilishim mumkin.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida hujumchi 14 ta jangda qatnashib, 13 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
-
1 view07:13
Ochish/sharhlash
2022-11-08 10:16:21
Eldor qishda qaysi jamoaga o‘tishi mumkin?

"Roma" hujumchisi Eldor Shomurodov qishki transfer oynasida hozirgi klubini tark etishi mumkin, deb xabar bermoqda Metaratings.
Manbaga ko‘ra, o‘zbekistonlik forvardga "Bolonya" va "Torino" klublari qiziqish bildirmoqda. Katta ehtimol bilan 27 yoshli futbolchi joriy mavsum oxirigacha ijara asosida yangi klubiga o‘tadi va klublar yozda to‘liq transfer masalasini muhokama qilishadi.
Eslatib o‘tamiz, Shomurodov o‘tgan yozda "Jenoa"dan 18 million yevro evaziga "Roma"ga o‘tgan edi. Joriy mavsumda hujumchi rimliklar bilan 7 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan. Transfermarkt portali O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisini 8 million yevroga baholamoqda.
-
2 views07:16
Ochish/sharhlash
2022-11-08 10:16:01 ist mavjud.
Kevin De Bryuyne (13)
De Bryuyneni APL tarixidagi eng yaxshi yarim himoyachi desak, xato bo‘lmaydi. Belgiyalik yulduz har hafta yakunida o‘z hisobini to‘ldirib boradi. Uning Erling Xoland bilan maydondagi til topishuvi, e’tirofga molik jihatlardan biridir.
Kilian Mbappe (13)
Ushbu ro‘yxatdan joy olishi kutilgan nomlardan biri Kilian Mbappedir. U bu mavsumda 11 gol va 2 ta assistga mualliflik qilishga ulgurdi. Shu yo‘sinda Mbappe navbatdagi mavsumda ham Fransiya chempioni bo‘la oladi.
Jamal Musiala (13)
19 yoshli futbolchi Londonda topmagan qadrini Myunxenda tikladi. Musiala 12 ta Bundesliga o‘yinida 8 ta gol va 5 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Musialaning sa’y-harakatlari bilan "Bavariya" bu mavsumda ham chempionlikni tantana qilishi mumkin.
Xvicha (13)
Barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganimizda gruziyalik hujumchining hisobida jami 20 ta gol mavjud. U shulardan 6 tasini A seriyada urgan. Xvicha Kvarasxeliyada, shuningdek, ichki chempionatda 7 ta assist ham m
2 views07:16
Ochish/sharhlash
2022-11-08 10:16:00
Yevropaning eng sermahsul futbolchilari bilan tanishing!

Mavsumning o‘rtasiga ham yetganimiz yo‘q. Shunga qaramay, bugun Yevropadagi kuchli beshlik chempionatlarining eng sermahsul hujumkor futbolchilari ro‘yxatini tuzib chiqmoqchimiz. Quyida "Transfermarkt" portali bergan ma’lumotlarga asoslanib, futbolchilarning gol va assist tizimidagi umumiy natijalari e’lon qilinadi.
Jonatan Devid (11)
Yevropaning gigant jamoalari Devidni "Lill"dan sotib olmaganiga hayron bo‘lsangiz arziydi. Kanadalik hujumchi bu mavsumda o‘z hisobiga 9 ta gol va 3 ta assistni yozdirib qo‘ya oldi. Devid keyingi yozda kattaroq klubga o‘tsa kerak. Harxolda, uning natijalari shunga ishora qilmoqda.
Xarri Keyn (12)
Angliya terma jamoasida borgan sari jarohatlar bilan bog‘liq muammolar ko‘zga tashlanmoqda. Ammo Sautgeyt markaziy hujumdan xavotir olmasa ham bo‘ladi. Keyn ayni damda sport formasida va APLni yondirishni davom ettirmoqda. "Shporlar" yetakchisining hisobida hozirga qadar 11 ta va 1 ta ass-
1 view07:16
Ochish/sharhlash
2022-11-08 10:15:39
Avstraliya terma jamoasi ham Jahon chempionatiga boradigan tarkibni e’lon qildi

Avstraliya terma jamoasi Qatarga boragidan futbolchilar ro‘yxatini ma’lum qildi. To‘liq qaydnoma bilan quyida tanishing.

-
1 view07:15
Ochish/sharhlash
2022-11-08 10:15:19
Shupo-Moting: "Agar YECHLda g‘alaba qozonishni istasangiz, kimga qarshi o‘ynashingiz muhim emas"

"Bavariya" hujumchisi Erik-Maksim Shupo-Moting Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichiga qur’a tashlash natijalari haqida fikr bildirdi. Myunxenliklarning raqibi "PSJ" edi.
"Agar siz Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishni istasangiz, kimga qarshi o‘ynashingiz muhim emas.
Albatta, bunday gaplar uchun hali erta, juda qiyin o‘yin bo‘ladi. Biz buni bilamiz, biz ularni bilamiz, ularda juda yaxshi jamoa va individual futbolchilar bor.
Kichkina xatoga yo‘l qo‘ysangiz, ular o‘zlarining shaxsiy yutuqlari tufayli sizni darhol jazolaydilar.
Bunday jamoani mag‘lub etish uchun top jamoa o‘yinini ko‘rsatishimiz kerak", - deya iqtibos keltiradi Shupo-Moting klub rasmiy saytiga.
Ma’lumot uchun, birinchi o‘yin 2023 yilning 14 fevralida Fransiyada, javob o‘yini 8-mart kuni Germaniyada bo‘lib o‘tadi.
-
1 view07:15
Ochish/sharhlash