Get Mystery Box with random crypto!

Futbolchilar

Telegram kanalining logotibi uzfutbolchilar — Futbolchilar F
Telegram kanalining logotibi uzfutbolchilar — Futbolchilar
Kanal manzili: @uzfutbolchilar
Toifalar: Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 165
Kanalning ta’rifi

Futbol olami gurusi ⚽️
Katta yangiliklar, kutilmagan transferlar, jahon futboli yulduzlari va birgina kanalda barcha top klublar!

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

3

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2022-11-12 18:10:52
Superliga. Kunning barcha o‘yinlari yakunlandi (+jadval)

O‘zbekiston Superligasida bugun, 12 noyabr kuni so‘nggi 26-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Unda "Olimpik" Toshkentda "Nasaf"ni yengdi - 2:0, "Qo‘qon-1912" "Dinamo" maydonida yutqazib qo‘ydi - 0:2, "Navbahor" AGMKni qabul qilib, ishonchli 3:1 hisobida g‘alabaga erishdi.
Shuningdek, "Neftchi" "Surxon"ni (3:0), "Qizilqum" "So‘g‘diyona"ni (2:0), "Lokomotiv" "Metallurg"ni mag‘lubiyatga uchratdi (3:1).
Superliga, 26-tur
Olimpik - Nasaf - 2:0
Gollar: 24 - Otabek Jo‘raqo‘ziyev (1:0), 71 - Otabek Jo‘raqo‘ziyev (2:0).
Dinamo - Qo‘qon-1912 - 2:0
Gollar: 34 - Elguja Grigalashvili (1:0), 79 - Islom Sharipov (2:0)
Navbahor - AGMK - 3:1
Gollar: 11 - Jamshid Iskanderov (1:0 - penaltidan), 53 - Doniyor Abdumannopov (2:0), 77 - Yovan Jokich (3:0), 82 - Mirjahon Mirahmadov (3:1).
Neftchi - Surxon - 3:0
Gollar: 12 - Shahzod Ubaydullayev (1:0), 51 - Lutfulla To‘rayev (2:0 - penaltidan), 77 - Izzatilla Abdullayev (3:0 - penaltidan).
Qiz-
3 views15:10
Ochish/sharhlash
2022-11-12 16:10:43 ton Tursunov, 88. Shahzod AzmiddinovZaxiradagilar: 35. Sanjar Quvvatov, 3. Hojiakbar Alijonov, 6. Ikrom Aliboyev, 13. Ilya Martinovich, 26. Behzod Ne’matov, 28. Diyor Xolmatov, 32. Behruz Asqarov, 46. Shahriyor Jabborov, 66. Rustam TurdimurodovBosh murabbiy: Maksim Shaskix."DINAMO" - "QO‘QON-1912"“Dinamo”: 1.Farhod Rahmatov, 5.Mixaylo Yovanovich, 6.Ibrohim Yo‘ldoshev, 7.SHohruxbek Abdurahmonov, 15.Jo‘rabek Mannonov, 16.Bobur Mamadaminov, 19.Islom Sharipov, 22.Abdujamol Isroilov, 27.Marat Bikmayev, 70.Oybek Nurmatov, 78.Elguja Grigalashvili.Zaxirada: 12.Miloye  Prekovich, 4.Doston Foteev, 8.Azim Mirzayev, 13.Javlonbek Malikov, 18.Mehriddin Musurmonov, 21.SHohruh Mahmudhojiyev, 77.Vohidjon Oqbo‘tayev, 88.Evgeniy Chumak,97.Faxriddin Alimov."Qo‘qon-1912": 21. Islomjon Abdullayev ,  4. Ilxomjon Vaxobov, 5. Slavko Lukich  7.Jamshid Hasanov, 8. San’at Shixov, 9. Andrey Sidorov 7.  11. Shoxnazar Norbekov, 14. Avaz Mamatxo‘jayev, 15. Oybek Rustamov,  22.Sardor Yetovqo‘ziyev, 23.Aleksandr Merzly
2 views13:10
Ochish/sharhlash
2022-11-12 16:10:41
Superliga. 26-tur. Barcha o‘yinlarning tarkiblari

O‘zbekiston chempionatining 26-turidan o‘rin olgan barcha uchrashuvlar bir vaqtda boshlanadi. Bugun bahslarda ishtirok etadigan futbolchilar ro‘yxati bilan tanishtirib o‘tamiz.Superliga. 26-tur. 17:00"BUNYODKOR" - "PAXTAKOR" «Bunyodkor»: 32. Suhrob Sultonov, 3. Mahmud Mahamadjonov, 4. Davronjon Ergashev (sardor), 6. Avazbek O‘lmasaliyev, 8. Fransis Narx, 11. Dmitriye Pobulich, 15. Jasur Hakimov, 18. Pavel Mogileves, 29. Muzaffar Olimjonov, 33. Umarali Rahmonaliyev, 88. Jahongir O‘rozovZaxiradagilar: 71. Sarvar Karimov, 5. Jasur Yoqubov, 10. Rasul Yo‘ldoshev, 22. Usmonali Ismonaliyev, 30. Ollobergan Karimov, 34. Suhrob Izzatov, 45. Farhod O‘tkirov, 62. Abdulloh OmonaliyevBosh murabbiy: Ivan Boshkovich.«Paxtakor»: 33. Eldor Suyunov, 5. Oleksandr Nosonov, 7. Odil Hamrobekov, 8. Aziz Turg‘unboyev, 10. Dragan Cheran (sardor), 17. Doston Hamdamov, 27. Sardor Sobirxo‘jayev, 34. Farrux Sayfiyev, 42. Abbos Fayzullayev, 77. Dos-
3 views13:10
Ochish/sharhlash
2022-11-12 14:12:35 va Andreas Kristensendan keyin faqat beshinchi variant bo‘ldi.

Xavi Pikening faoliyatini yakunlashiga katta hissa qo‘shganini tan oldi. Jerar kam o‘ynadi va ko‘pincha hatto o‘z muxlislari tomonidan ham tanqid qilindi. Ispaniyalik futbolchi vaziyat yomonlashib borayotganini ko‘rdi va uning ketishi, ehtimol, shu sharoitda eng yaxshi qaror bo‘lishini tushundi. Har bir yuqori darajadagi futbolchi rotasiya o‘yinchisi rolini qabul qilmaydi.
“Barselona”ning moliyaviy holati
Mish-mishlarga ko‘ra, Pike undan qutulmoqchi bo‘lgan Kataloniya klubi rahbariyati a’zolari bilan yaxshi munosabatda bo‘lmagan. Qolaversa, OAVda ispaniyalikga bosim kuchaygan.
Barcha qiyinchiliklarga qaramay, Pike "Barselona"ga katta yordam berdi. Hech kimga sir emaski, kataloniyaliklar o‘tgan yozda tarkibni jiddiy ravishda kuchaytira olgan bo‘lsa-da, og‘ir moliyaviy ahvolda qolmoqda. Jerar avvalroq maoshni kamaytirishga rozi bo‘lib, "Barselona"ga yordam bergan edi, ammo bu safar u klubga katta xayrixohlik qildi.
Pike Lio
4 views11:12
Ochish/sharhlash
2022-11-12 14:12:34
Pike faoliyatini yakunlaganining 4 sababi ma’lum bo‘ldi

Barcha muhim qarorlar o‘z vaqtida qabul qilinishi kerak. Jerar Pike faoliyatini mavsumning birinchi yarmida yakunlashi kerak degan qarorga keldi. Bir tomondan, 35 yoshli markaziy himoyachining qarori kutilmagan bo‘ldi, garchi u nafaqaga chiqish uchun mos yoshda bo‘lsa ham. Bir vaqtning o‘zida bir nechta omillar ispaniyalikning butsasini mixga ilish qaroriga olib keldi.
O‘yin vaqtining ozligi
“Albatta, yoshim ulg‘ayyapti va avvalgidek muhim emasligimni ko‘rganimda, ketaman. Faoliyatimni "Barsa"da yakunlayman. Bu aniq. Men zaxira futbolchisi sifatidagi faoliyatim tugashini qabul qila olmayman. Yo‘q, bu men uchun emas".
Bu Pikening 2021 yil oktyabr oyidagi so‘zlari. 13 oy o‘tgach, u nafaqaga chiqdi. Jerar ikkala va’dasini ham bajardi: u boshqa klubga o‘tmadi va murabbiy unga ishonishmayotganini ko‘rgan zahoti ketdi. Bu mavsumda u "Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes uchun Ronald Arauxo, Erik Garsiya, Jyul Kunde-
4 views11:12
Ochish/sharhlash
2022-11-12 14:12:14
Pedri: "Agar biz turnirda g‘alaba qozona olmasak, unda Leo buni qilsin""

Kataloniyaning «Barselona» klubi va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Pedri JCH-2022 boshlanishi arafasida OAV bilan suhbatlashdi.
“Ispaniyaning g‘alaba qozonish imkoniyati bormi? Biror narsani oldindan bashorat qilish qiyin. Buni yo‘l davomida tomosha qilishingiz kerak.
Bizda g‘alaba uchun kurasha oladigan ajoyib jamoa bor. Yana kim muvaffaqiyatga erishishi mumkin? Argentina va Braziliya terma jamoalari bor.
Lionel Messi uzoq vaqtdan beri jahon chempionatida g‘alaba qozonishga loyiq edi. Agar biz turnirda g‘alaba qozona olmasak, unda Leo buni qilsin", - deydi Pedri.
Jahon chempionati guruh bosqichida «qizil furiya» Germaniya, Yaponiya va Kosta-Rika terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
-
4 views11:12
Ochish/sharhlash
2022-11-12 14:11:53 eal” yoki “Barselona”ga o‘tishi mumkin bo‘lgani va nima uchun B seriyaga qaytishga qaror qilgani haqida gapirib berdi:
“Faoliyatimda ikkinchi marta B Seriyaga qaytyapman. Men u yerga 28 yoshimda, dunyoning eng yaxshi darvozaboni bo‘lganimda borganman. Nega men buni 43 yoshda qilmasligim kerak? 2006 yilda men “Yuventus”ni tanladim, endi esa “Parma”ni. Men havaskorlar ligasida ham o‘ynashim mumkin edi. Mening qadriyatlarim o‘zgarmas edi".

2021/2022 yilgi mavsumda Buffon "Parma" bilan shartnomasini 2024 yilning yoziga qadar uzaytirdi. “Bugun men va oilam uchun juda yaxshi kun. “Parma” bilan shartnomamni 2024 yilgacha uzaytirdim. Bir necha oy oldin men shaharga va odamlarga bo‘lgan kuchli mehrim tufayli bu yerga qaytib keldim. Endi bu aloqa yanada mustahkamlandi. Umid qilamanki, muxlislar va butun shahar men va farzandlarim kabi baxtlidir", – deb yozdi Buffon ijtimoiy tarmoqlarda.
Afsonaviy darvozabonning agenti mijozi bilan shartnoma imzolangandan so‘ng Buffon nima uchun haligacha sovuqq
3 views11:11
Ochish/sharhlash
2022-11-12 14:11:52
Afsona qayerga yo‘qolib ketdi?

2021 yilning yozida Janluiji Buffon “Yuventus”ni tark etdi. 20 yildan so‘ng afsonaviy darvozabon Italiya kubogi, Superkubogi, shuningdek, UYEFA kubogini qo‘lga kiritgan “Parma”ga qaytdi. Buffon B seriya jamoasi bilan shartnoma imzolashdan oldin bir vaqtning o‘zida bir nechta yirik klublarni rad etdi - "Atalanta", "Barselona", "Roma", "Flamengo" va boshqalar. Janluiji faoliyatini "Parma"da yakunlashni orzu qilgan va so‘nggi bir yarim yildan beri o‘z uyida o‘ynayapti. Bugun buyuk darvozabon nimalar qilyotgani haqida gaplashamiz.
Buffonning "Parma"ga qaytganidan keyingi birinchi mavsumi
2021/2022 yilgi mavsumda Janluiji 26 ta o‘yin o‘tkazdi. Ularda darvozabon 27 ta gol o‘tkazib yubordi va sakkizta o‘yinni "nolga" o‘tkazdi. Buffon sardorlik bog‘ichi bilan maydonga tushdi va "Parma"ning yettita g‘alabasiga hissa qo‘shdi. Darvozabon jonajon klubidan ketganidan 7339 kun o‘tgach, o‘zining klubi uchun birinchi o‘yinni o‘tkazdi.
U qanday qilib “R-
2 views11:11
Ochish/sharhlash
2022-11-12 14:11:32
Gvardiola «Arsenal»ni o‘ziga raqib biladimi?

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola «Arsenal» bilan APLdagi chempionlik poygasi haqida gapirdi.
«Biz bu mavsumni ajoyib o‘tkazmoqdamiz, raqiblar buni yanada yaxshi qilishmoqda. Biz ularga imkon qadar yaqin bo‘lishni xohlaymiz, ammo mavsum juda uzoq.
Ko‘p narsa bo‘lishi mumkin, bizni juda qiyin o‘yinlar kutmoqda. Keling, keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz.
«Arsenal» bizga raqibmi? O‘tgan mavsum bilan solishtirganda buni aniq aytish mumkin. Ular biz bilan raqobatlashadi. O‘tgan mavsumda ularni chempionlikka da’vogar deb atash mumkin emasdi, ammo hozir hammasi boshqacha», deydi Pep.
-
3 views11:11
Ochish/sharhlash
2022-11-12 14:11:12
Arteta: "Gvardiolaning fikriga izoh berishni xohlamayman"

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning chempionlik poygasi haqidagi so‘zlariga javob qaytardi.
"Birinchi navbatda o‘yinimizni kundan-kunga yaxshilashni istaymiz. Muvaffaqiyatga erishsak, chempionlik uchun imkoniyatimiz sezilarli darajada oshadi.
Har kuni biz yaxshiroq bo‘lishni xohlaymiz, biz bosqichma-bosqich yetib kelamiz. O‘yinimiz barqarorroq bo‘ldi, lekin har kuni buning ustida ishlashimiz kerak.
Gvardiolaning fikri? Men bu masalaga izoh berishni xohlamayman. Men xohlagan yagona narsa - ligada iloji boricha yuqori o‘rinlarni egallash va jamoaning imkon qadar yaxshi o‘ynashi", — deydi Arteta.
-
3 views11:11
Ochish/sharhlash