Get Mystery Box with random crypto!

Futzal. Tojikiston - Rossiya uchrashuvini o‘zbekistonlik hakam | Futbolchilar

Futzal. Tojikiston - Rossiya uchrashuvini o‘zbekistonlik hakamlar boshqarishdi

Futzal bo‘yicha Tojikiston va Rossiya terma jamoalari o‘rtasidagi ikkita xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvini hamyurtlarimiz FIFA hakamlari — Anatoliy Rubakov va Nikita Afinogenov boshqarib borishmoqda. Ularga zaxira hakamlari sifatida tojikistonlik FIFA referilari — Bexruz Murtazoyev va Suhrob Sattorovlar ishlaydi.Eslatib o‘tamiz, futzal bo‘yicha Tojikiston va Rossiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvlari kecha va bugun o‘tkaziladi. Kechagi bahsda qo‘shnilarimiz rossiyalik futzalchilarni 10:7 hisobida mag‘lubiyatga uchratishgan. Bugungi bahs Dushanbedagi ko‘p funksiyali sport majmuasi – Tennis va suv sporti saroyida Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanadi.
-