Get Mystery Box with random crypto!

Indzagi YECHLdagi maqsadlarini aytdi “Inter | Futbolchilar

Indzagi YECHLdagi maqsadlarini aytdi

“Inter” murabbiyi Simone Indzagi YECHL 1/8 final bosqichiga qur’a tashlash natijalari haqida gapirdi. Pley-offning birinchi bosqichida “neradzurrilar” “Portu”ga qarshi maydonga tushadi.
“Biz yana Chempionlar ligasining pley-off bosqichida ishtirok etamiz. “Inter” biz olgan raqibga hurmat qiladi.
"Portu" Chempionlar ligasining eski klublaridan biridir, ular bu turnirda yaxshi natijalar ko‘rsatishmoqda.
Maqsadimizga kelsak, chorak finalga chiqish niyatidamiz. Biz bu bosqichda anchadan beri o‘ynamadik.
Bu oson bo‘lmaydi, lekin futbolchilar topshiriqni bajarish uchun bor kuchlarini ishga solishadi", - deya murabbiyning so‘zlaridan iqtibos keltirdi klub matbuot xizmati.
-