Get Mystery Box with random crypto!

Futbolchilar

Telegram kanalining logotibi uzfutbolchilar — Futbolchilar F
Telegram kanalining logotibi uzfutbolchilar — Futbolchilar
Kanal manzili: @uzfutbolchilar
Toifalar: Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 165
Kanalning ta’rifi

Futbol olami gurusi ⚽️
Katta yangiliklar, kutilmagan transferlar, jahon futboli yulduzlari va birgina kanalda barcha top klublar!

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

3

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 16

2022-11-07 08:36:42
Ikardi to‘pni soatiga 124 km tezlikda "Beshiktosh" darvozasiga yo‘lladi

Turkiya chempionatining so‘nggi turida “Galatasaroy” Istanbul derbisida “Beshiktosh"ni mag‘lub etdi. Argentinalik hujumchi Mauro Ikardi esa ikkita gol urdi.
Ayniqsa, Ikardining birinchi goli ajoyib chiqdi. Milot Rashisa ajoyib uzatmani amalga oshirdi, Baris Yilmaz boshi bilan Mauro Ikardiga to‘pni yetkazib berdi, argentinalik hujumchi esa to‘pga birinchi tegishidayoq uni "to‘qqizlik"ga joylab qo‘ydi.
Turkiya Superligasi statistik ma’lumotlariga ko‘ra, Ikardining zarbasidan so‘ng to‘p 124 km/soat tezlikka yetgan!
Mauro Ikardi o‘tgan yozda Turkiyaga ko‘chib o‘tgan edi, u avvalroq "PSJ"da o‘ynagan edi.
-
1 view05:36
Ochish/sharhlash
2022-11-07 08:34:01 o‘z darvozasidan 24 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.
Eslatib o‘tamiz, “Metallurg” – “Navbahor” uchrashuvi bugun Bekoboddagi “Metallurg” stadionida soat 18:30 da start oladi.
2 views05:34
Ochish/sharhlash
2022-11-07 08:34:00
"Metallurg" - "Navbahor". Prevyu

O‘zbekiston Superligasining 25-turidan o‘rin olgan bahsda "Navbahor" Bekobodda “Metallurg” mehmoni bo‘ladi.
Milliy chempionatlarimiz tarixida ushbu jamoalar shu kungacha jami 51 marta bir-birlariga ro‘baro‘ kelishgan.
Ustunlik “Navbahor” tomonida – 22 ta g‘alaba. Bekobodliklar 13 ta o‘yinda zafar quchishgan bo‘lsa, 16 ta uchrashuvda durang natija qayd etilgan.
To‘plar nisbatidagi ustunlik “lochinlar” tomonida: 72-51.
Namanganliklar o‘zaro o‘yinlarda 82, bekobodliklar esa esa 55 ochkoni qo‘lga kiritishgan.
“Navbahor”ning “Metallurg” ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi 7:0 ga teng bo‘lsa, bekobodliklarning namanganliklar ustidan erishgan eng yirik g‘alabasi – 5:1.
Mazkur klublarning shu kunga qadar Bekobodda o‘tkazilgan 25 ta o‘yinning 12 tasida “ma’danchilar” g‘alaba qozonishgan, 9 ta bahsda durang qayd etilgan,
4 ta bahsda esa “lochinlar” zafar quchishgan.
“Metallurg” o‘z maydonidagi o‘yinlarda “Navbahor” darvozasiga 39 ta gol urib, -
2 views05:34
Ochish/sharhlash
2022-11-07 08:31:19
"Arsenal" - "Chelsi"ni safarda 10 marta mag‘lubiyatga uchratgan birinchi jamoaga aylandi

Angliya Premyer-ligasining 15-turida "Arsenal" "Chelsi" ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi va Mikel Arteta shogirdlariga Angliya chempionati turnir jadvalida peshqadamlikni o‘z qo‘liga oldi.
Ma’lum bo‘lishicha, bu "Arsenal"ning Angliya Premyer-ligasi mavjud bo‘lgan vaqt ichida, ya’ni so‘nggi 30 yil ichida "Chelsi" ustidan mehmondagi o‘ninchi g‘alabasi bo‘ldi. "Arsenal" bu natijani qayd etgan ilk jamoaga aylandi.
-
1 view05:31
Ochish/sharhlash
2022-11-07 08:28:39
APL. «Tottenxem» - «Liverpul» - 1:2. O‘yin statistikasi va videosharhi

Angliya chempionatining 15-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Tottenxem» va «Liverpul» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv statistikasi va videosharhi bilan tanishtirib o‘tamiz.«Tottenxem» - «Liverpul» - 1:2To‘p nazorati: 47% — 53%Zarbalar: 14 — 13Aniq zarbalar: 5 — 6Noaniq zarbalar: 6 — 3To‘silgan zarbalar: 3 — 4Jarima zarbalari: 9 — 11Burchak zarbalari: 5 — 3Ofsaydlar: 1 — 2To‘pni yon chiziqdan tashlab berish: 21 — 14Seyvlar: 4 — 4Qoidabuzarliklar: 10 — 8Uzatmalar: 518 — 616Aniq uzatmalar: 428 — 515To‘pni raqibdan olib qo‘yish: 15 — 14Hujumlar: 120 — 122Xavfli hujumlar: 75 — 37

-
2 views05:28
Ochish/sharhlash
2022-11-03 17:51:45 “Real Sosyedad” – “Manchester Yunayted” uchun bugungi kun bashorati 3.11.22
“Manchester Yunayted” va “Real Sosyedad” Yevropa ligasi guruhining so’nggi turiga o’tish bahsida ishtirok etmay, 1/8 “pley-off”ga to’g’ridan-to’g’ri chiqish uchun kurashadi. Inglizlarning zich taqvimiga ko’ra, qo’shimcha o’yin ortiqchalik qilishi mumkin. Shu o’rinda, basklar taniqli favoritga yutqazmaslik uchun g’ayrat bilan kurashishadi, bu esa birinchi qator himoyasi uchun yetarli. Bunday quvvatlanish “Sosyedad”ning muvaffaqiyatsiz hujumlaridan so’ng allaqachon kuchayib borayotgan muammolarni qo’zg’ab yuborishi mumkin. Mezbonlarga esa biroz qiyin bo’ladi, chunki “MYu” oldida oson yo’l ochilmoqda, bu esa britaniyaliklarga g’alaba qozonishdek olamshumul holatni yaratish imkonini beradi.


4 viewsedited  14:51
Ochish/sharhlash
2022-11-03 16:50:33
YECHL. Haftaning eng chiroyli goli aniqlandi

Kilian Mbappening "Yuventus" darvozasiga urgan goli Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshisi deb tan olindi.
"PSJ" hujumchisi "Yuventus"ga qarshi bahsda (2:1) hisobni ochdi. Lionel Messidan to‘pni qabul qilib olgan Mbappe “Yuventus”ning ikki himoyachisini ortda qoldirdi va 21 metrdan pastki o‘ng burchakka aniq zarba berdi.
Shuningdek, Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi goli unvoni uchun "Benfika" yarim himoyachisi Joau Mariuning "Makkabi"ga (6:1), "Bavariya" hujumchisi Erik-Maksim Choupo-Motinganing "Inter" bilan o‘yinda (2:0) va "Seltik" yarim himoyachisi Jota Nevesning "Real"ga qarshi (1:5) o‘yinda kiritgan gollari ham bor edi.
-
5 views13:50
Ochish/sharhlash
2022-11-03 14:45:31
Maunt: "Menga bu pozisiyada o‘ynash yoqyapti"

"Chelsi" yarim himoyachisi Meyson Maunt UYEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining 6-turida Zagrebning "Dinamo" jamoasiga qarshi o‘yinning eng yaxshi o‘yinchisi uchun beriladigan mukofotni olish haqida gapirdi. "Ko‘klar" "Stemford Bridj"da 2:1 hisobidagi g‘alabani nishonlashdi.
"Ushbu o‘yinda biz maydondagi odatiy tartibni biroz o‘zgartirdik. Bu menga manyovr qilish va yarim himoyani jalb qilish, shuningdek, oldinga yugurish imkonini berdi. Menga bu pozisiyada o‘ynash yoqdi.
Denis Zakariya ajoyib o‘yin o‘tkazdi. O‘ylaymanki, u bu mukofotga mendan ko‘ra ko‘proq loyiq edi”, — dedi Maunt “ko‘klar” matbuot xizmatiga.
-
6 views11:45
Ochish/sharhlash
2022-11-02 19:32:42
Faoliyatini yakunlagan Iguain "Inter Mayami"da mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Gonsalo Iguain "Inter Mayami"da mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. Iguain uchun oxirgisi bo‘lgan MLS-2022 mavsumida argentinalik hujumchi 16 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Iguain besh marta haftaning eng yaxshi jamoasiga kirdi (shu jumladan ketma-ket uch marta) va uning gollaridan biri MLSda yilning eng yaxshi goli uchun nomzod bo‘ldi.
Umuman olganda, hujumchi “Inter Mayami” safida ikki yarim mavsum davomida 68 ta o‘yin o‘tkazib, 29 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
-
6 views16:32
Ochish/sharhlash
2022-11-02 19:32:32
"Real Sosyedad" "MYU"ni mag‘lub etmoqchi

"Real Sosyedad" yarim himoyachisi Mikel Merino jamoasi Yevropa ligasi guruh bosqichida "Manchester Yunayted"ni mag‘lub etishga qaror qilganini aytdi.
“Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, biz jasur jamoa, g‘alaba qozonishni xohlaydigan jamoa bo‘lishimiz kerak. Siz durang yoki eng kam mag‘lubiyatni hisobga olgan holda sozlagan har qanday o‘yin mag‘lubiyatga olib keladi. Siz mening g‘alaba uchun o‘ynashimni ko‘rmaysiz", - deya Merino so‘zlarini keltiradi Marca.
"Real Sosyedad" 3 noyabr kuni "Manchester Yunayted" bilan o‘ynaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22.45 da boshlanadi.
Ayni damda ispan klubi 15 ochko bilan o‘z guruhida peshqadamlik qilmoqda. Angliya klubi 12 ochko bilan bir pog‘ona pastda joylashgan.
-
6 views16:32
Ochish/sharhlash