Get Mystery Box with random crypto!

Premyer-liganing top klublari skautlari Gakponi kuzatishyapti | Futbolchilar

Premyer-liganing top klublari skautlari Gakponi kuzatishyapti

PSV hujumchisi Kodi Gakpoga Angliya Premyer-ligasi klublari orasida talab katta. Bu haqda 90min portali jurnalistlari xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko‘ra, yaqinda bo‘lib o‘tgan PSV - "Ayaks" uchrashuvida Angliya chempionatining bir qancha top-klublari vakillari ishtirok etishgan. Skautlar o‘yinga 23 yoshli hujumchining o‘yinini kuzatish uchun kelgan.
Gakpo joriy mavsumning birinchi qismida juda sermahsul bo‘lib turibdi. Forvard eyndxovenliklar jamoasi safida 23 ta o‘yinda qatnashib, 13 ta gol va 17 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Avvalroq PSV Kodini 50 million yevroga baholagani xabar qilingandi.
-