Get Mystery Box with random crypto!

Vinisius JCH-2022 haqida: 'Braziliya oltinchi chempionlik uchu | Futbolchilar

Vinisius JCH-2022 haqida: "Braziliya oltinchi chempionlik uchun kurashadi"

Braziliyalik yulduz Vinisus Junior yaqinlashib kelayotgan JCH-2022da o‘z terma jamoasi bilan g‘oliblik uchun kurashmoqchi.
“Men jahon chempionati muhitini allaqachon his qila boshladim. Bu juda yoqimli daqiqalar. Biz Braziliya terma jamoasi uchun oltinchi chempionlikni qo‘lga kiritish uchun borish niyatidamiz. Biz xalqimizga baxt olib kelmoqchimiz", - deya xabar qoldirdi forvard ijtimoiy tarmoqlarida.
Jahon chempionati Qatarda 20 noyabr kuni boshlanib, 18 dekabrda yakunlanadi. Jahon chempionatining guruh bosqichida Braziliya terma jamoasi Kamerun, Serbiya va Shveysariya terma jamoalari bilan uchrashadi.
-